Darslik bilan ishlash.
158-mashq. O‘quvchilar mashqdagi so‘zlarning asos va qo‘shimchalarini aniqlay dilar.
1 -topshiriq.
158-mashqdagi so‘zlar ekranda beriladi. So‘zlardagi asos va qo‘shimchalarni belgilashlari uchun yarim oval va yarim to‘rtburchak beriladi. Otlarni topib, asos va qo‘shimchalari belgilanadi.
|
III. Yangi mavzuni mustahkamlash.
159-mashq. O‘quvchilar she’rni ifodali o‘qiydilar. Husnixat bilan yozadilar. Ajratilgan so‘zlarga so‘roq berib, qaysi so‘z turkumiga tegishliligini aniqlaydilar. Namunaga qarab shu so‘zlardagi qo‘shimchalarni belgilaydilar. Qo‘shimchalar qaysi shaxsga tegishliligini qo‘shsatadilar.
2 -topshiriq.
159-mashq. Ekranda 4 ta she’r matnlari navbat bilan namoyish etiladi. O‘quvchilar matndagi egalik qo‘shimchasini yarim to‘rtburchak, –lar qo‘shimchasini to‘lqinli chiziq bilan belgilashlari kerak.
|
IV. Darsga yakun yasash va baholash.
“ So‘z tuz” ta’limiy o‘yin. O‘quvchilar hosil, tizza, nahor, naqd, o‘zak, bosma, so‘zlaridagi harflarning o‘rnini almashtirib, boshqa so‘zlar hosil qilinadi va o‘qiladi: sohil, izzat, anhor, qand, ko‘za, sambo.
Ularning qaysi so‘z turkumiga kirishini aniqlaydilar.
|
O‘quvchilarning darsdagi ishtiroki va ijodkorligi, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasiga ko‘ra o‘qituvchi tomonidan baholanadi hamda rag‘batlantiriladi.
V. Uyga vazifa .
Uyga vazifa 160-mashq. O‘quvchilarga mashq sharti va matni o‘qitiladi. Quyidagi savol-javob bilan bajarish yo‘li tushuntiriladi.
1-gapning bosh bo‘laklarini toping.
Otlarga so‘roq bering.
Egalik qo‘shimchalari qo‘shilgan so‘zni aniqlang.
Nevarasi so‘zi kimga tegishli?
Bobosi nechanchi shaxsni bildiradi?
Shunday savollar asosida boshqa gaplardagi egalik qo‘shimchasini olgan otlarni aniqlashga mtanni husnixat bilan yozish vazifasi beriladi. Aniqlangan otlarning egalik qo‘shimchalarini tegishlicha belgilash, qavs ichida shaxsini qo‘rsatish vazifasi beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |