Shaxs va narsalarning kimga tegishliligi egalik qo‘shimchalari orqali ifodalanadi.
So‘z asosining unli yoki undosh bilan tugashiga ko‘ra egalik qo‘shimchalari farqlanadi.
Quyidagi jadvaldan egalik qo‘shimchalarining qo‘llanishini bilib oling va eslab qoling.
Shaxs
|
Birlik sonda
|
Ko‘plik sonda
|
I
|
o‘lka +m sinf +im
|
o‘lka +miz sinf +imiz
|
II
|
o‘lka +ng sinf +ing
|
o‘lka +ngiz sinf +ingiz
|
III
|
o‘lka +si sinf +i
|
o‘lka +si sinf +lari
|
167-mashqning sharti o‘quvchilarga o‘qitiladi .Egalik qo‘shimchalarini olgan otlarni asosi qaysi tovush bilan tugaganini so‘raladi.
Mashq ko‘chirtiriladi. Egalik qo‘shimchalarini tegishlicha belgilash vazifasi beriladi.Undosh tovush bilan tugagan otlarga egalik qo‘shimchalari qanday shaklda qo‘shiladi? Unli tovushlar bilan tugagan so‘zlarga-chi?
1 -topshiriq
167-mashq. Ekranda mashq matni va matn ostida asos va qo‘shimchalarni belgilash uchun yarim oval va yarim to‘rtburchak shakllari beriladi.O‘qing. Egalik qo‘shimchalarini olgan otlarning asos va qo‘shimchalarini tegishlicha belgilanadi.
|
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslikdagi 168- mashq sharti asosida ko‘chirtiriladi. Otlar aniqlanib egalik qo‘shimchasi qo‘shilgan otlarning asos va qo‘shimchalarini belgilash topshirig‘i beriladi.
2 -topshiriq
Ekranda jadval beriladi.O‘quvchilar so‘zlarga jadval ostidagi tegishli qo‘shimchalarni qo‘yishlari lozim. Jadvaldagi so‘zga qo‘shimchalar qo‘yib bo‘lingach, shu jadvalda boshqa so‘zlar: farzand, piyola, qalam, pilla, davlat, xola topshiriq sifatida chiqadi Egalik qo‘shimchalari qaysi tovush bilan tugagan otlarga qo‘shilganini aytiladi.
|
Mavzuga bog‘liq holda “Kim birinchi” didaktik o‘yin o‘tkaziladi. Unda o‘quvchilar unli va undosh tovushlar bilan tugagan ot so‘z turkumiga oid so‘zlarga berilgan qo‘shimchalarni qo‘yib, jadvalni to‘ldirishadi, kim birinchi to‘ldirsa g‘olib bo‘ladi.
|
Unli tovushlar bilan tugagan ot so‘z turkumiga oid so‘zlar
-m, -ng, -si
|
Undosh tovushlar bilan tugagan ot so‘z turkumiga oid so‘zlar
|
Do'stlaringiz bilan baham: |