III. Yangi mavzu bayoni.
O‘qituvchi egalik qo‘shimchalari haqida savol- javob qiladi. So‘ngra xulosa qiladi.
-m, -im, -ng, -ing, -si, -i, -miz, -imiz, -ngiz, -ingiz, -(lar) i — egalik qo‘shimchalaridir.
Egalik qo‘shimchalari shaxs va narsa-buyumlarning qaysi shaxsga qarashliligini bildiradi.
Kitobim so‘zidagi -im qo‘shimchasi kitobning qaysi shaxsga tegishliligini bildiryapti? -ing, -i qo‘shimchalari-chi?
Tilda 3 ta shaxs bor:
I shaxs — so‘zlovchi. -m, -im, -miz, -imiz
II shaxs — tinglovchi. ng, -ing, -ngiz, -ingiz
III shaxs — o‘zga. -i, -si, -(lar)i
-imiz, -miz, -ingiz, -ngiz, -(lar)i — egalik qo‘shimchalari ko‘pchilik ma’nosini bildiradi
Darslikdagi 164-mashq rasmlari kuzatiladi va rasmlar asosida Vatanimiz poytaxti Toshkent shahridagi o‘zgarishlar haqida hikoya qilinadi. “Vatanimiz poytaxti –Toshkent”mavzusida tasvir elementli matn tuzish va husnixat asosida yozish topshirig‘i beriladi.
1 -topshiriq
Videorolik namoyish etiladi. UndaToshkent shahridagi o‘zgarishlar, yangi inshootlar, binolar, avtomobil yo‘llari, piyodalar yer osti va usti o‘tishjoylari, super-marketlartasvirlanganbo‘ladi. “Vatanimiz poytaxti - Toshkent” mavzusi ekranda turadi.
Tasvirni kuzating. Tasvir asosida Vatanimiz poytaxti Toshkent shahridagi o‘zgarishlar haqida “Vatanimiz poytaxti - Toshkent” mavzusida tasvir elementli matn tuzing va yoziladi.
“Domino” (So‘z top)o‘yini. O‘qituvchi matn ichidan biron so‘z aytadi, o‘quvchilar davom ettiradilar. O‘qituvchi boshlagan shahar nomidan boshlangan so‘z qaysi harfda tugasa, o‘quvchi shu harfdan boshlangan shaharni topib aytishi kerak. Masalan: “Toshkent” o‘qituvchi Toshkent so‘zini aytsa o‘quvchilar Taxtapul – Labzak – Kitob – Balx – Xiva –Andijon-Namangan-kabi so‘zlarni topadilar.
|
|
Darslikdagi 165-mashq sharti o‘qitiladi. Nuqtalar o ‘rniga zarur egalik qo‘shimchalarini qo‘yib ko‘chirish lozimligi aytiladi.Bizning bobolar kimlar bo‘lgan? Ular qanday zotlar bo‘lishgan? kabi savollar berilib javoblar umumlashtiriladi
Otlarning qaysi shaxs-son qo‘shimchalari bilan qo‘llanganini aytiriladi. Jahon, al-Xorazmiy, jism so‘zlarining yozilishini doskada ko‘rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |