Ona tili 4 sinf ona tilidan dars ishlanmalari 1-dars Darsning mavzusi: 3-sinfda o‘tilganlarni takrorlash. Gap


Download 2.28 Mb.
bet94/297
Sana20.10.2023
Hajmi2.28 Mb.
#1711357
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   297
Bog'liq
ONA TILI 4 sinf Tayyor konspekt (1)

rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning egalik qo‘shimchalari qo‘shilishi bilan so‘z asosidagi o‘zgarishlar haqidagi bilimlarini rivojlantirish. She’rlarni yoddan yozish ko‘nikmasini shakllantirish. FK 2: ona tilidagi nutq tovushlarini farqlay olish, mavzuga oid yangi so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay olish.
TK 2: media vositalaridan, didaktik materiallaridan foydalanib, topshiriqlarni bajarish.
Darsning turi: yangi bilim, ko‘nikma, malakalami shakllantiruvchi dars.
Darsning metodi: suhbat metod ,amaliy , savol –javob, ta’limiy o‘yin.
Darsning jihozlari: turli mavzularni tasvirlovchi rasmlar, savolli kartochkalar, multimedia ilovasi, tarqatma materiallar.
Darsning borishi:
I.Tashkilliy qism.
II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.

H usnixat daqiqasi:
Kuch egmaganni so‘z egar.



Darslikdagi 166- mashq sharti bo‘yicha egalik qo‘shimchalarining shaxs-soni so‘raladi.Egalik qo‘shimchalarini olgan otlarning asos va qo‘shimchalari otlardagi egalik qo‘shimchalarining shaxs-sonini qavsda ko‘rsatilgan bo ‘lishi tekshiriladi.
O‘quvchilarga quyidagi savollar beriladi.
-Kim odobli ekanini siz ayta olasizmi?
-Odobli bolalar qanday bo‘ladi?
-Bobo va buvilaringizga qanday g‘amxo‘rliklar qilasiz?
Egalik qo‘shimchalari, ularning qo‘llanilishi, birlik va ko‘plikda kelishi va imlosi bo‘yicha bilimlar mustahkamlanadi.
III. Yangi mavzu bayoni: Doskaga o‘quv qurollarining (kitob, parta, qalam, chizg‘ich, daftar) rasmi ilib qo‘yiladi. Rasm diktant olinadi. O‘quvchilar rasmga qarab so‘zlarni yozadilar. Yozganlarini lug‘atchadan tekshiradilar.
— So‘zlar birgalikda nimani bildiradi? (O‘quv qurollarini bildiradi.)
— O‘quv qurollaridan kimlar foydalanadi? (O‘quvchilar foydalanadilar.)
— Daftar sizga tegishli ekanligini qanday bildirasiz? (Mening daftarim deyman.)
Daftarim so‘zidagi -im qo‘shimchasini olib tashlasak, ma’no o‘zgaradimi? (Daftar kimniki ekanligi tushunilmaydi.)
— Demak, -im qo‘shimchasi qanday ma’no anglatadi? Daftarning kimga tegishli ekanini anglatadi.)
Daftaring deyilsa-chi? (Senga tegishli ekanini anglaymiz.)
Demak, bu qo‘shimchalar daftarning kimga tegishliligini anglatadi

Download 2.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling