Ona tili 4 sinf ona tilidan dars ishlanmalari 1-dars Darsning mavzusi: 3-sinfda o‘tilganlarni takrorlash. Gap


Darsning mavzusi: Egalik qo‘shimchalarining birlik va ko‘plik ma’nosini ifodalashi. (


Download 2.28 Mb.
bet91/297
Sana20.10.2023
Hajmi2.28 Mb.
#1711357
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   297
Bog'liq
ONA TILI 4 sinf Tayyor konspekt (1)

60

Darsning mavzusi: Egalik qo‘shimchalarining birlik va ko‘plik ma’nosini ifodalashi. (164-166-mashqlar)
Darsning maqsadi:
ta’limiy: o‘quvchilarga shaxs va narsalarning biror shaxsga qarashli bo‘lishi haqida nazariy tushuncha berish orqali egalik qo‘shimchalaridan og‘zaki va yozma nutqda savodli foydalana olish malakalarini shakllantirish.
FK1: otning egalik qo‘shimchalari bilan turlanishini bilish;
tarbiyaviy: tug‘ilib o‘sgan makonimizni sevish, qadrlashga o‘rgatish:
TK4 : o‘zining o‘quvchilik burch va huquqlarini, vazifalarini bilish va ularga rioya qilish;
rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning egalik qo‘shimchalari qo‘shilishi bilan so‘z asosidagi o‘zgarishlar haqidagi bilimlarini rivojlantirish. FK2: mavzuga oid yangi so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi; yozma nutqda tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay olish. TK2: mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, samarali foydalana olishni bilish.
Darsning turi: yangi bilim, ko‘nikma, malakani shakllantiruvchi dars.
Darsning metodi: “ Mozaika” metodi, “Domino” (So‘z top) ta’limiy o‘yini .
Darsning jihozlari: turli mavzularni tasvirlovchi rasmlar, savolli kartochkalar, tarqatma materiallar.
Darsning borishi:
I.Tashkilliy qism.
II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.



H usnixat daqiqasi:
Yaxshi xislat – go‘zal fazilat.



O‘tilgan mavzu—otlarning egalik qo‘shimchalari bilan qo‘llanishi yuzasidan o‘quvchilar bilimi savollar yordamida aniqlanadi. Uyga berilgan mashq o‘qitiladi.
163- mashq ko‘ra 4-sinf o‘qish kitobidagi maqollar mavzusidan Vatan haqidagi uch-to‘rtta maqolni ko ‘chirish va egalik qo‘shimchalarni tegishlicha belgilash vazifasi o‘qitiladi va doskada egalik qo‘shimchalarni olgan so‘zlar tegishlicha belgilatiriladi.

V atanning qadrini bilmagan


O ‘z qadrini bilmas.
Ona yurting- oltin beshiging.

Mozaika” metodi orqali o‘qituvchi poytaxtimiz Toshkent shahridagi ko‘zga ko‘ringan inshootlarni qay darajada bilishlarini sinash maqsadida o‘tkazadi. Ekrandagi yoki rangli rasm bo‘laklari yig‘iladi. Hosil bo‘lgan rasm yurtimizdagi qaysi inshoat rasmi ekanligi aniqlanadi.


Download 2.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling