120-mashq. Quyida berilganlar ichidan yuqoridagi matnning umumiy xulosasini toping.
1. Tilingni avayla, omondir boshing. (Yusuf Хos Hojib)
2. Aytilgan so`z – otilgan o`q. (Maqol)
3. Noo`rin so`z boshga balo ketirar.
4. So`zingni o`ylab so`zla, Qayg`u-alam kelmaydi. (Yusuf Xos Hojib)
5. Podsho oldida uch toifadin guzir yo`qdir: birinchisi – olimi boamal, ikkinchisi – vaziri sohibra’y uchinchisi – munshiyi rostnavis. (Gulxaniy )
101-topshiriq. Matnni o`qing. Gaplarning kesimini aniqlang hamda ot kesim va fe’l kesim kabi turlarga ajrating.
Farobiy shunday yozadi: “Agar saltanat har qanday talabga javob bersa-yu, ammo uni donishmandlik tark etsa, mamlakat hukumatsiz qoldi, deyavering. Bu mamlakatni boshqaruvchi hukmdor ham o‘z mavqeyini butkul yo‘qotadi. Mamlakat esa halokatga yuz tutadi”.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob
1. Ot kesim va fe’l kesimni farqlang.
2. Qaysi hollarda ot kesim va ega orasida tire qo`yiladi?
3. Qaysi matnda tilga e’tiborli bo`lish haqida fikr berilgan?
4. Bahrom Go`r nega hakimni o`ziga vazir etib tayinlamadi?
Uyga vazifa
103-topshiriq. Maqollardagi bo‘sh o‘rinlarni quyidagi so‘zlardan tanlab to‘ldiring: bog`, haqiqat, adolat, tog`, xalq, olomon, daraxt, buta, qozi, boy, odil.
1… kishi oyday, oqib turgan soyday. 2. …ning yuzi yorug`, qo`li uzun. 3. Haq ishni … qo`llar. 4. Yolg`iz … o`rmon bo`lmas. 5. Ko`p biriksa, … qular.
- Uyga vazifa 99-topshiriq.
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari
«Ona tili» 8-sinflar uchun
8-« » «_____________» 8-« » «_____________»
56-57-dars -NAZORAT ISHI
INSHO VA UNING TAHLILI
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, estetik ong, ona tiliga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.
Do'stlaringiz bilan baham: |