D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;
E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )
Foydalaniladigan adabiyotlar:
«Ona tili» 8-sinf uchun darslik. 8-sinf darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu
119-mashq. Matnni o`qing.
OQILONA JAVOB
Alisher Navoiy Husayn Boyqaro saroyida bosh vazirlik qilgan kezlarida podsho doim uning so`zlariga quloq solib, shoir bilan maslahatda ish tutar ekan. Kunlardan bir kun erta tongda Husayn Boyqaro saroyga kirib ketayotib Navoiyga qarabdi-yu, ko`rsatkich barmog`i bilan boshini ko`rsatibdi. Ayni shu choqda Navoiy barmog`i bilan tilini ko`rsatibdi. Husayn bosh chayqabdi, saroyga kirmay, qaytib ketibdi. Bu manzarani kuzatib turgan Navoiyning shogirdlari imo-ishoralarning sababini so`rashibdi. Shunda Navoiy:
− Qani, o`zlaring o`ylab topinglar, − debdi-da, imo-ishoralar sirini aytmabdi. Shogirdlar o`ylab-o`ylab, hech topisholmabdi. Nihoyat, ulardan biri shoirni so`zlatish maqsadida siyohdonni ag`darib yuboribdi. Shunda Navoiy:
− Abdullatif, bunchalar parishonxotir bo`lmasangiz, axir siyohdonni ag`darib yubordingiz-ku! − debdi.
− Kechirasiz, ustoz, − unga yuzlanibdi shogirdi, − haligi muammoning sababini o`ylab, xayolim qochibdi. Shunda Navoiy shogirdlariga bo`lgan voqeaning sir-asrorini aytib berishga majbur bo`libdi.
− Husayn Boyqaro mendan: “Boshga baloni nima keltiradi?” – deb so`radilar. Men esa: “Til”, − deb javob berdim.
Shogirdlar Navoiyning ziyrak va donishmandligiga yana bir marta qoyil qolishibdi.
(M.Murodov, “Allomalar ibrati”)
Do'stlaringiz bilan baham: |