106-topshiriq. Quyidagi guruhlardan hol ishtirok etganlarini ajrating.
I. 1.Kimning qalbi hamma uchun tepayotgan bo‘lsa, u odam chinakam buyukdir. (R.Rollan) 2.Har na yaxshilik qilsang, qilki yurt uchun, O’zingdan orttir-u o‘zgaga bermak uchun. (Haydar Xorazmiy) 3.Inson nafas olganda butun olam bilan qorishib ketadi. (Budda)
II. 1.Yolg`iz boshing uchun mehnat qilsang, o`z qorni uchun o`tlagan hayvonning biri bo`lasan. (Abay) 2. Odam tabiatan ijtimoiy mavjudotdir. (Arastu) 3.Umum farovonligi uchun xizmat qilish istagi qalbning zaruriy ehtiyojiga, shaxsiy baxt shart-sharoitiga aylanishi kerak. (A.Chexov)
III. 1.Inson ijtimoiy, davlat manfaatlariga qanchalik keng naf keltirsa, u shunchalik kamolotga yetishgan bo‘ladi. (D.Mendeleyev) 2.Xalq uchun mehnat qilish − kechiktirib bo‘lmaydigan vazifa. (V.Gyugo) 3.Inson odamlar orasidagina odam bo‘la oladi. (I.Vexer)
IV. 1.Tanholik bir me’yordagi qon aylanishiga muhtoj sog‘lom organizmga muvofiq kelmaydi. (R.Rollan) 2.Ayrim kishining yoxud ayrim millatning farovonligi barcha uchun mushtarak farovonlik bilan uzviy bogliq. (A.Barbyus) 3. Aynan boshqalarning xayrixohligidan bahra topgan holdagina hayot nash’ali bo‘ladi. (I.Gyote)
V. 1.Shaxsiyatparastlik − oshkora ojizlik. (M.Prishvin) 2.Insonga baho berishda uning niyatlari majmuyini va harakatlari natijasini ko‘rib chiqish kerak. (Mo Szi) 3.Yolg‘izlik halokatga olib keladi. Zero, inson o‘ziga kerakli narsalarni faqat jamiyat yordamida qo‘lga kiritishi mumkin. (Ibn Sino)
Uyga vazifa 107-topshiriq.
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari
Ona tili» 8-sinflar uchun
8-« » «_____________» 8-« » «_____________»
59-dars MUMTOZ MATN VA LUG‘ATLAR BILAN ISHLASH
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, estetik ong, ona tiliga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.
Do'stlaringiz bilan baham: |