Savollar
1. Qaysi matnda hissiyot kuchli?
2. Qaysi matnda fikrlar aniq va isbotlar bilan berilgan?
3. Har ikkala matndagi axborot deyarli bir xilmi?
4. Ikki matnni qiyoslab, ular orasidagi asosiy farq nimada ekanligini ayta olasizmi?
Bilib oling. Ma’lumotnoma matnida bo’lib o’tgan voqea-hodisa yoki mavjud holat haqida oddiy axborot beriladi.
Bunday matnda so’zlarning ko’chma ma’nolaridan, tilning badiiy-tasviriy vositalaridan deyarli foydalanilmaydi, voqea-hodisa oddiy va aniq bayon qilinadi.
Ijodiy-tavsifiy matn so’zlovchi yoki yozuvchi tomonidan ijodiy ravishda bayon etilgan voqea-hodisa, narsa yoki shaxsning tasviri yoki xabar, ma’lumotning ijodiy-tavsifiy bayonidir.
Ma’lum voqea-hodisalarga, narsa va shaxslarga oid fikr-mulohaza bildirish, ularni badiiy-tasviriy vositalar, dalillar bilan ta’riflash, izohlash ijodiy-tavsifiy matnga xos xususiyatlardandir.
Ilmiy, publitsistik va badiiy uslublar, shuningdek, insho ham ijodiy-tavsifiy matnning ko’rinishlaridir.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.
Savol va topshiriqlar
1. Ma’lumotnoma matni qanday tuziladi, unda nimalarga e’tibor qaratiladi?
2. Ijodiy-tavsifiy matnning asosiy belgilari haqida gapiring.
3. Insho matnning qaysi turiga kiradi?
V. Uyga vazifa 27-mashq
VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.
«Ona tili» 8-sinflar uchun
8-« » «_____________» 8-« » «_____________»
IJODIY MATN. INSHO VA UNING TURLARI
11-dars INSHO - IJODIY ISH
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, estetik ong, ona tiliga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.
Do'stlaringiz bilan baham: |