IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob
1.Sodda gaplarda ega va ot kesim orasida nega tire qo‘yiladi?
2.Ot kesim kesimlik ko‘rsatkichisiz yoki bog‘lamasiz qo‘llanganda yozuvda tire qo‘yilishiga misollar ayting. Qaysi holda tire qo‘yilmaydi?
3.Ega yoki kesim harakat nomi bilan ifodalanganda yozuvda tire qo‘yilishiga misollar keltiring. 4.Ot kesim va ega orasida ham yordamchisi bo‘lsa, tire qo‘yish kerakmi
Uyga vazifa
106-mashq. “Jismoniy va ma’naviy go’zallik” mavzusida 10-12 ta gapdan iborat matn yarating. Ular sirasida tire qo‘llanadigan va qo‘llanmaydigan ot kesimli 4 ta gap ishtirok etsin.
107-mashq. Berilgan variantlardan tire so‘zining qanday talaffuz qilinishini aniqlang va talaffuzini mashq qiling: tere, tire, teri, tiri.
VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari
Ona tili» 8-sinflar uchun
8-« » «_____________» 8-« » «_____________»
47-dars EGA
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, estetik ong, ona tiliga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.
b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish.
c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):
Berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna oladi;
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi :
– mavjud axborot manbalaridan foydalanib (internet, telefon, kompyuter, elektron pochta), ma’lumotlar topish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
– shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish, o‘z xatti-harakatini adekvat baholash, halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish.
Do'stlaringiz bilan baham: |