I. Darsning borishi:
a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu
184-topshiriq. Berilgan gaplarda ajratilgan so‘zlar qanday vazifa bajarib kelayotgani, qanday ma’no ifodalashi va qaysi turkumga mansubligini aniqlang. 1. Asli qiyofangni ko‘rsatishdan qo‘rqishing, demak, o‘zingdan nafratlanishingni bildiradi. (J.Massiyon) 2. Ko‘pdan ko‘p baxtsizliklarning ildizi shundaki, yoshlikdanoq bolani o‘z xohishlarini tizginlashga, bu ishni qilish mumkin, bunisini, albatta, qilish kerak, buni qilish esa mumkin emas, degan tushunchalarga to‘g‘ri yondashishga o‘rgatilmaydi. (V.Suxomlinskiy) 3. Mehnat ijodga aylangan joyda, tabiiyki, o‘lim dahshati hatto fiziologik jihatdan ham yo‘q bo‘lib ketadi. (A.Tolstoy) 4. Sernuqsonlik, shubhasiz, yomon, ammo undan ham yomonrog‘i, o‘zingda ularni tan olmaslik istagi, bunda mazkur nuqsonlarga o‘z-o‘zini aldash ham qo‘shiladi. (Paskal) 5. Izzattalablik o‘z holicha, ehtimol, nuqsondir, biroq u ko‘p hollarda qadr-qimmat manbayidir. (Kvintilian) 6. Safsata va quruq gap, haqiqatan ham, nafratga loyiq. Gapdan ko‘ra ish qilish kerak. (V.Suxomlinskiy)
176-mashq. Berilgan gaplardagi tushirib qoldirilgan tinish belgilarini o‘rniga qo‘yib ko‘chiring.
1. Aqlli bo‘lsang, johil va nodondan hazar qil. Aqalli biroz bilimi bor kishi ulardan, albatta, yuz chaqirim uzoqlashadi. (Majididdin Xavofiy) 2. Aqalli bir mushukka bo‘lsang mehribon, Demak salomatdir sendagi iymon. (Xusrav Dehlaviy) 3. Qo‘y tamani, bor esa senda tamiz, Shubhasiz el ichra bo‘lg‘aysan aziz. (Farididdin Attor) 4. Agar adolat himoya qilinmasa, zaif va kuchli odamlar yo‘qolib ketadi. Modomiki zaiflar qirilib ketar ekan, kuchlilar ham omon qolmaydi. (Husayn Voiz Koshifiy) 5. Birovga sog‘insa har kim yomonlik, Nihoyat ul o‘zi topmas omonlik. (Abulqosim Firdavsiy)
Do'stlaringiz bilan baham: |