2) hayvonlarga qaratilgan so‘zlar;
3) jonsiz predmetlarga qaratilgan so‘zlar.
2. Bu so‘zlarning egadan farqini tushuntiring.
1. Nimalar haqida surasan xayol, So`yla, majnuntol? 2. Yoshlik! Seni kuylamagan kim? 3. Yonib yasha to tanda jon bor, Quyosh bo`lgin, azizim, quyosh! 4. Asabga so`z bermang, odamlar! 5. Ilhomimning ilk mevasini – Senga tutdim, ayb etma, o`rtoq. (E.Vohidov) 6. Ey gul, ne uchun qoshingda men xor o'ldum? (Bobur)
190-topshiriq. Berilgan gaplarga tinish belgilarini qo‘ying. Qaysi gap bo‘lagi tushirib qoldirilayotganini aniqlang va uning sababini bayon qiling. Kesimning shaxs-sonini aniqlang.
1. Xullas o‘rtoq rais aylangiz imdod, Men sizga haq gapni aytaman tikka. 2. Ey ko‘hna Sharqimizning hech so‘nmas mash’alasi Noming kabi mustahkam, poydor bo‘l hamisha. 3. Toshkentim oftobsan Sharqda nur sochgan. 4. Azizim payt keldi, ko‘nglim yoraman, Insonman, sen horsang, men ham horaman. 5. Ey g‘ofil sarkash deb meni kamsitma, G‘anim senga emas, menga pand bergan. 6. Shoshmagin ey karvon to‘xtagin biroz So‘zlayin ezgulik, shafqat otidan. (A.Oripov)
Savol va topshiriqlar
1.Undalma deb nimaga aytiladi?
2.Gapda undalma qo‘llanganda qaysi bo‘lak tushib qolishi mumkin?
3.Undalmaning ega bilan o‘xshash va farqli tomonlari nimada?
Uyga vazifa
191-topshiriq. Hurmat va ehtirom bilan qilinadigan murojaatda qo‘llanadigan “Chiroyli murojaat so‘zlari” lug‘atini tuzing. Kichraytirish, erkalash, hurmat shakllaridan unumli foydalaning.
180-mashq. “Til ofati” mavzusida og‘zaki telenutq tayyorlang va sinfda uni namoyish etishga tayyorlaning.
VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.
O’quv-tarbiya ishlari bo’yicha
direktor o’rinbosari: _______________
Ona tili» 8-sinflar uchun
8-« » «_____________» 8-« » «_____________»
93-dars UNDALMALARDA TINISH BELGILARI
Do'stlaringiz bilan baham: |