Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )
Foydalaniladigan adabiyotlar:
«Ona tili» 8-sinf uchun darslik. 8-sinf darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu
181-mashq. Berilgan gaplardagi undalmalarni aniqlang. Ularni undalmalarga xos ohang bilan o‘qing. Tinish belgilarini qo‘yib ko‘chiring.
1. − Robiya inon, men tirik bo‘lsam, senga balo-qazoni yo‘latmasmen! − Tangrim sizni ham panohida asrasin Tohir og‘a!.. Yog‘iyning ming-ming askari bor. Qaysi biriga bas kelursiz? Ana, qochqinlarga qarang!..
2. − Aya Fazliddin tog‘oyim! − dedi-yu, chopib borib darvozaning zanjirini tushirdi.
3. − Mulla tog‘a arava sizdanmi?
− Ha jiyanim. Ko‘ch-ko‘ronim bilan keldim.
4. − To‘xta nobakor! − deb mulla Fazliddin bittasining qarshisidan chiqqan edi, yuziga qora niqob tutgan ayiqday zo‘r yigit uni yelkasi bilan urib chetlatdi-da, ko‘chaga otildi.
5. Qutlug‘ Nigor xonim bolalar oldida qilingan bu kinoyadan ozorlanib:
− Qo‘ying og‘a oyi. Bu begimda ayb yo‘q! − dedi.
6. Eson Davlat begim tomoq qirib qiynalib gapirdi:
− Amirzodam adolat siz tomonda. Lekin Mahmudxonning eshik og‘asi Tilba Sulton o‘ta mug‘ambir odam-da. Xonni shu odam qo‘shin yuborishga ko‘ndirgan.
Bilib oling
Undalmalar gap boshi va oxirida kelsa, bir tomondan, gap o‘rtasida kelsa, ikki tomonidan vergul bilan ajratiladi
Savol va topshiriqlar
1.Undov, undalma so‘zlarining o‘zagini aniqlang.
2.Gapdan undalma ajratib chiqarilsa, qanday gap vujudga keladi va tinish belgisi qanday qo‘yiladi?
3.Undalmali gapda yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan asosiy xato nimada ro‘y beradi?
Do'stlaringiz bilan baham: |