«Ona tili» 8-sinflar uchun 8- 8- 1-dars


Download 1.02 Mb.
bet207/224
Sana18.11.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1784625
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   224
Bog'liq
8-sinf-ona-tili-konspekti

Tashkiliy qism:
A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;
B) O’quvchilar bilan salomlashish.
C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.
D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;
E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )
Foydalaniladigan adabiyotlar:
«Ona tili» 8-sinf uchun darslik. 8-sinf darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu


192-topshiriq. Matnni diqqat bilan o‘qib chiqing.
BERUNIYNING DAM OLISH KUNLARI
Beruniy yiliga ikki martagina dam olar ekan. Birinchisi – Navro`zi olam kirgan kuni, ikkinchisi – bug`doyga o`roq tushganda… Dillarni xushnud etib Navro`zi olam yetib kelgan kuni erta tongdanoq o`rinlaridan turib, yuvinib-taranib, yaxshi liboslarini kiyib, qarindosh-urug`larni, keyin yor-u birodarlarni ziyorat qilib, holidan xabar olar ekanlar, ular bilan birga bo`lib suhbatlashar, hazil-mutoyiba qilar, askiyalar aytishar ekanlar. Keyin to qosh qorayguncha qo`sh qo`hishar, yerga birinchi omoch solishda qatnashar, nihol ekisharkan… Hol-ahvol so`raganlarga: “Dam olib, hayot lazzatini totib ko`rmoqdaman”, - deb javob berar ekanlar. Boshoqqa birinchi o`roq tushgan kuni ham dehqoncha libos kiyib olib, qo`llariga o`roq tutib azondan to kechgacha bug`doy o`rar ekanlar. Olimni ko`rgan-ketganlar bilan: “Horma, bor bo`l,” – qilishsa ham: “Dam olib, rizqimni teryapman”, - deb javob berar ekanlar. Qarang-a, ulug` alloma mutolaa, kitob yozish, tajriba o`tkazishdan yiliga ikki kun vaqt ajratib azondan to kechgacha qo`sh qo`shib, shudgor qilishni, o`roq o`rishni o`zi uchun dam olish deb bilar ekan.

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling