«Ona tili» 8-sinflar uchun 8- 8- 1-dars
Download 1.02 Mb.
|
8-sinf-ona-tili-konspekti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dars jihozi
Tashkiliy qism:
A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish; B) O’quvchilar bilan salomlashish. C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish. D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash; E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish; Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin) Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar... Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy ) Foydalaniladigan adabiyotlar: «Ona tili» 8-sinf uchun darslik. 8-sinf darsligining elektron varianti. I. Darsning borishi: a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish II. O’tgan mavzuni so’rash. a) individual - tarqatma materiallar, kartochka. b) Frontal (guruh bilan ishlash) III. Yangi mavzu 192-topshiriq. Matnni diqqat bilan o‘qib chiqing. BERUNIYNING DAM OLISH KUNLARI Beruniy yiliga ikki martagina dam olar ekan. Birinchisi – Navro`zi olam kirgan kuni, ikkinchisi – bug`doyga o`roq tushganda… Dillarni xushnud etib Navro`zi olam yetib kelgan kuni erta tongdanoq o`rinlaridan turib, yuvinib-taranib, yaxshi liboslarini kiyib, qarindosh-urug`larni, keyin yor-u birodarlarni ziyorat qilib, holidan xabar olar ekanlar, ular bilan birga bo`lib suhbatlashar, hazil-mutoyiba qilar, askiyalar aytishar ekanlar. Keyin to qosh qorayguncha qo`sh qo`hishar, yerga birinchi omoch solishda qatnashar, nihol ekisharkan… Hol-ahvol so`raganlarga: “Dam olib, hayot lazzatini totib ko`rmoqdaman”, - deb javob berar ekanlar. Boshoqqa birinchi o`roq tushgan kuni ham dehqoncha libos kiyib olib, qo`llariga o`roq tutib azondan to kechgacha bug`doy o`rar ekanlar. Olimni ko`rgan-ketganlar bilan: “Horma, bor bo`l,” – qilishsa ham: “Dam olib, rizqimni teryapman”, - deb javob berar ekanlar. Qarang-a, ulug` alloma mutolaa, kitob yozish, tajriba o`tkazishdan yiliga ikki kun vaqt ajratib azondan to kechgacha qo`sh qo`shib, shudgor qilishni, o`roq o`rishni o`zi uchun dam olish deb bilar ekan. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling