4. Qaysi bandda sifatlovchi-aniqlovchili birikma berilgan?
A) maktab hovlisi B) to’garagimizning nomi C) soyning suvi D) mustaqil O’zbekiston
5. Qaysi gapda sifatlovchi-aniqlovchi olmosh bilan ifodalangan?
A) Uning ziyrak, qo’ng’ir ko’zlarida horg’inlik bor edi. B) Tepalikdagi chinor, ikki tup sadaqayrag’och, to’rt-besh kishilik talay supalarga soya solib turardi. C) Qirlardan esayotgan mayin shabada ana shu ajoyib gullarning g’unchalarini yozmoqda.
D) Uzoq-yaqin yerlardan odamlar yig’ila boshladi.
6. Qaysi gapda sifatlovchi-aniqlovchi sifatdosh bilan ifodalangan?
A) Kumush qishdan, zumrad bahordan qolishmaydi kuzning ziynati. B) Mayin esgan shabada ko’nglimizni chog’ qildi.
C) Zarur ishlarimizni bitirdik. D) Zavodning mashina bo’limidan gurs-gurs zar uzluksiz eshitilib turardi.
7. Yuzida bilinar-bilinmas chechak o’rni qolgan, keng peshanali, sochlarini o’ng tomonga silliq taragan jurnalist shoirga bir qarab qo’ydi. Ushbu gapda nechta aniqlovchi vazifasida kelgan sifatdoshli birikma bor?
A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta
8. Qaratqich aniqlovchili so’z birikmalarining asosiy belgisi …
A) hokim so’zning egalik qo’shimchalari bilan kelishi B) qaratqich va qaralmishning belgili kelishi
C) qaratqich belgisiz, qaralmish belgili kelishi D) qaratqich ba qaralmish belgili kelishi
9. Qaraqqich aniqlovchili so’z birikmalarida hokim so’z ko’pincha nechanchi shaxs egalik qo’shimchasini talab qiladi?
A) I shax birlik va ko’plik B) II shaxs ko’plik C) III shaxs ko’plik D) III shaxs birlik
10. Qaysi bandda qaratqich belgisiz, qaralmish belgili qo’llangan?
A) daraxtning bargi B) direktor xonasi C) o’rik danak D) bizning qishloq
11. Qaysi bandda qaratqich va qaralmish belgili qo’llangan?
A) daraxtning bargi B) direktor xonasi C) o’rik danak D) bizning qishloq
12. Qaysi bandda qaratqich va qaralmish belgisiz qo’llangan?
A) daraxtning bargi B) direktor xonasi C) o’rik danak D) bizning qishloq
Do'stlaringiz bilan baham: |