13. Qaysi bandda qaratqich belgili, qaralmish belgisiz kelgan?
A) daraxtning bargi B) direktor xonasi C) o’rik danak D) bizning qishloq
14. Qaysi javobda qaratqich-aniqlovchi otlashgan sifat bilan ifodalangan?
A) Shiftga osig’liq qirqinchi chiroqning qalpog’i uy devorlarining tepa yog’iga cho’ziq soya solgan.
B) Yaxshining yaxshiligi tegar har yerda, yomonning yomonligi tegar tor yerda.
C) Birining ko’zi qora, ikkinchisining ko’zi ko’k edi. D) Bizning eshon – kabobpazlarning biri.
15. Qaysi javobda qaratqich aniqlovchi ot bilan ifodalangan?
A) Shiftga osig’liq qirqinchi chiroqning qalpog’i uy devorlarining tepa yog’iga cho’ziq soya solgan.
B) Yaxshining yaxshiligi tegar har yerda, yomonning yomonligi tegar tor yerda.
C) Birining ko’zi qora, ikkinchisining ko’zi ko’k edi. D) Bizning eshon – kabobpazlarning biri.
16. Qaysi javobda qaratqich aniqlovchi otlashgan son bilan ifodalangan?
A) Shiftga osig’liq qirqinchi chiroqning qalpog’I uy devorlarining tepa yog’iga cho’ziq soya solgan.
B) Yaxshining yaxshiligi tegar har yerda, yomonning yomonligi tegar tor yerda.
C) Birining ko’zi qora, ikkinchisining ko’zi ko’k edi. D) Bizning eshon – kabobpazlarning biri.
17. Qaysi bandda berilgan so’roq so’zlar aniqlovchiga tegishli emas?
A) Qanday? Qaysi? B) Nechta? Nechanchi? C) Kimning? Nimaning? D) Kim bilan? nima bilan?
18. Aniqlovchi aniqlagan (bog’langan) bo’lak qanday ataladi?
A) izohlovchi B) qaratqich C) aniqlanmish D) sifatlovchi
19. Aniqlovchi qanday gap bo’laklariga bog’lanib kela oladi?
A) faqat egaga B) ega va to’ldiruvchiga C) ega, ot-kesim, to’ldiruvchi va holga D) ega, ot-kesim, fe’l-kesim, to’ldiruvchi va holga
20. Salimjon – a’lochi o’quvchi. Ushbu gapda aniqlovchi qaysi gap bo’lagiga bog’lanib kelgan?
A) bu gapda aniqlovchi mavjud emas B) ot-kesimga C) fe’l-kesimga D) egaga
21. Mehnat faxriylari bilan yangi bog’da uchrashdik Ushbu gapda aniqlovchi qaysi gap bo’lagiga bog’lanib kelgan?
A) ot-kesimga B) fe’l-kesimga C) holga D) egaga
22. Katta to’garak ikki guruhdan iborat. Birinchi guruh chevar qizlarni birlashtiradi. Unda oqila qizlarimiz tikuvchilik san’atini, bichuvchilik mahoratini, kashtado’zlik va zardo’zlik sirlarini, popopchilik kasbini o’rganadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |