III. Yangi mavzu
194-topshiriq. Matnni diqqat bilan o`qing.
Mir Alisher Navoiy o`z g`azallarini zamonasining eng zo`r bilimdon va mohir xattotlariga ko`chirtirardi. Nima bo`ldi-yu, o`z xattotining tobi qochib qoldi. Bundan xabardor bo`lgan, o`zini mashhur xattotlardan deb yurgan bir olifta kishi: “Rozi bo`lsa, Navoiyning xizmatini jonim bilan bajarardim”, - debdi. Shoir uning bu gapini eshitib, she’rlarini ko`chirtirishga berdi. Bir payt katta mushoirada g`azal mulkining sultoni −Alisher Navoiyning qulog`iga: “Malikush-shuaro o`zlari nuqson-qusurga yo`l qo`yibdilarmi, boshqalardan nimani ham kutish mumkin”, - degan gap chalinibdi.
Gap nimadaligini darrov fahmlagan shoir boyagina ko`chirtirgan g`azallarini olib o`qibdi, qarasa, o`zi aytgan gap emas emish. Maqtanchoq xattot tushmagur “ko`z” so`zidagi bir nuqtani tushirib qoldirganidan bu so`z “ko`r” bo`lib qolgan va she’r ma’nosi o`zgarib, aksincha chiqib qolgan ekan. Navoiy ahli fozillarga qarab:
- Ko`zimni ko`r qilganlar ko`r bo`lsin, - debdi-da, xattotga javob berib yuboribdi.
199-topshiriq. Matnga sarlavha tanlang.
200-topshiriq. Matndan uyushiq va ajratilgan bo`laklarni aniqlang
Savol va topshiriqlar
1. Navoiy nega o`z she’rlarini begona xattotga ko`chirishga berdi?
2. Xattot qanday yo`l tutdi?
3. Xattot qaysi so`zni o`zgartirdi?
4. Nega so`zni osongina o`zgartira oldi?
5. Navoiy aytgan so`zning zohiriy va botiniy ma’nosini qanday sharhlaysiz?
Uyga vazifa
190-mashq. She’riy misralardagi ajratilgan bo`lakli gaplarni mos ohang bilan o`qishni mashq qiling hamda tinish belgilarini qo`yib ko`chiring.
1. Butoqlarga qo‘nib gul kitobini Varaqlashga tushdi bulbul g‘azalxon... 2. Samum yalab o‘tar yalang to‘shini Bunda yolg‘iz giyoh sho‘ra-yu yantoq. 3. She’r yozar chog‘idagidek yoningiz Bunda dasturxoningiz dostoningiz.
VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |