15. Ergash gaplarni bosh gapga bog’lovchi vositalarni toping. 1) ergashtiruvchi bog’lovchilar;
2) nisbiy so’zlar; 3) tinish belgilari; 4) ko’makchilar; 5) deb so’zi; 6) ko’makchili qurilmalar; 7) yuklamalar
A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 1, 2, 4, 5, 6 C) 2, 3, 4, 5, 7 D) 1, 2, 5, 6, 7
16. Sabab, maqsad, qiyoslash-chog’ishtiruv ergashtiruvchi bog’lovchilari qo’shma gapning qaysi qismida ifodalanadi?
A) ergash gap boshida B) ergash gap oxirida C) bosh gap boshida D) bosh gap oxirida
17. Qaysi holda ergash gap bosh gapdan oldin keladi?
A) tarkibida sabab bog’lovchilari bo’lsa B) tarkibida maqsad bog’lovchilari bo’lsa
C) kesimi shart maylidagi fe’llar bilan ifodalansa D) tarkibida qiyoslash-chog’ishtiruv bog’lovchilari bo’lsa
18. Maqsad ergashtiruvchi bog’lovchisini toping.
A) basharti B) toki C) chunki D) mabodo
19. Bosh gapda ifodalangan mazmunning qaysi belgisini bildiruvchi ergash gaplar bosh gapga ko’makchili qurilmalar vositasida bog’lanadi?
A) maqsadini B) sababini C) shartini D) natijasini
20. Ko’makchili qurilmalar qo’shma gapning qaysi qismi tarkibida bo’ladi?
A) ergash gap tarkibida B) ergash gap va bosh gap tarkibida C) bosh gap tarkibida
D) bunday qurilmalar qo’shma gap tarkibida umuman uchramaydi
21. DEB so’zi yordamida ergashgan qo’shma gaplarda ergash gapning kesimi qaysi shaklda bo’ladi?
A) II shaxs buyruq mayli shaklida B) III shaxs maqsad mayli shaklida
C) II shaxs maqsad mayli shaklida D) III shaxs buyruq mayli shaklida
22. DEB so’zi yordamida ergashgan qo’shma gaplarda qaysi ko’makchiga ma’nodosh bo’ladi?
A) qaramay B) uchun C) yarasha D) binoan
23. Shart mayli vositasida ergashgan qo’shma gaplarda ergash gap bosh gapdan qanday tinish belgisi yordamida ajratiladi?
A) tire B) nuqtali vergul C) vergul D) ikki nuqta
24. Kesimi fe’lning shart mayli shakli bilan ifodalangan ergash gaplar qanday ma’nolarni ifodalaydi?
A) bosh gapda ifodalangan mazmunning yuzaga chiqish yoki chiqmaslik shartini
B) bosh gapda ifodalangan mazmunning yuzaga chiqish yoki chiqmaslik paytini
C) bosh gapda ifodalangan mazmunning yuzaga chiqish yoki chiqmaslik sababini hamda maqsadini D) A va B
Do'stlaringiz bilan baham: |