7. Qismlari o’rtasida sabab-natija munosabati ifodalangan qo’shma gaplarda ikkinchi qism oldidan qaysi so’zni qo’yish mumkin bo’ladi? A) shuning uchun B) oqibatida C) natijada D) sababli
8. Qo’shma gapning payt, sabab-natija munosabatlarida bo’lgan qismlarini bog’lab keladigan vositalarni toping.
A) biriktiruv bog’lovchilari B) zidlov bog’lovchilari C) ayiruv bog’lovchilari D) nisbiy so’zlar
9. Zidlov bog’lovchilari qo’shma gapning qaysi qismida qo’llanadi va qo’shma gap qismlari qanday tinish belgisi bilan ajratiladi?
A) qo’shma gapning birinchi qismi boshida qo’llanadi. Tire bilan ajratiladi
B) qo’shma gapning birinchi qismi ohirida qo’llanadi. Vergul bilan ajratiladi
C) qo’shma gapning ikkinchi qismi boshida qo’llanadi. Vergul bilan ajratiladi
D) qo’shma gapning ikkinchi qismi oxirida qo’llanadi. Tire bilan ajratiladi
10. Qo’shma gap qismlarini bog’lash bilan birga ular o’rtasida zidlash, ketma-ketlik munosabati mavjudligini bildiradigan yuklamalarni toping
A) –mi, -chi B) –da, -ku C) –u(-yu), -da D) –a(-ya), -u(-yu)
11. Qo’shma gap qismlarida ifodalangan voqea-hodisalarning galma-gal ro’y berishini yoki ularning faqat bittasining yuzaga chiqishini ta’kidlaydigan bog’lovchilarni toping.
A) ergashtiruvchi bog’lovchilar B) biriktiruv bog’lovchilar C) zidlov bog’lovchilar D) ayiruv bog’lovchilar
12. Takror holda qo’llanganda ayiruv bog’lovchilari oldida qanday tinish belgisi qo’yiladi?
A) nuqtali vergul B) vergul C) tire D) hech qanday tinish belgisi qo’yilmaydi
13. Qaysi so’zlar qo’shma gap qismlarni bog’lash bilan birga ular o’rtasida qiyoslash va zidlash munosabati mavjudligini ifodalaydi?
A) nisbiy so’zlar B) bo’lsa, esa so’zlari C) agar, gar so’zlari D) shuning uchun, shu tufayli so’zlari
14. Ergashgan qo’shma gapni toping.
A) Jondan ortiq narsa yo’q, lekin do’stlar uchun jonimiz fido
B) Oy tunda kerak, aql esa kunda kerak C) Tilagim shuki, hamma bilan yaxshi muomilada bo’ling
D) Sarbon shundog’ dedi-da, quchog’ini ochib Abu Bakr tomon kela boshladi
Do'stlaringiz bilan baham: |