Ona tili adabiyоt o‘zbek tili


-8-mavzu. Nosiriddin Rabg‘uziy. “Qisasi Rabg‘uziy” asari (2 soat, B1+:1 soat)


Download 1.41 Mb.
bet31/133
Sana20.01.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1103706
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   133
Bog'liq
1-жилд Она тили, Адабиёт, Ўзбек, Рус (ўзбек), Рус (рус),Литература, Хорижий тил-ДТС ва дастур

7-8-mavzu. Nosiriddin Rabg‘uziy. “Qisasi Rabg‘uziy” asari (2 soat, B1+:1 soat)
“Qisasi Rabg‘uziy”da avtobiografik ma’lumotlar. “Qisasi Rabg‘uziy” – o‘zbek nasrining ilk yirik yodgorligi. Asarda nasr va nazm uyg‘unligi. Uning payg‘ambarlar haqidagi qissalardan iborat ekanligi. Asarda “Qur’on” syujetlari va hadislar g‘oyalarining ijodiy davom ettirilishi. Asarga xalq og‘zaki ijodining ta’siri. Asarning mavzu qamrovi.
Asardagi qissa va hikoyatlar kompozitsiyasi (“Dovud qissasi”, “Luqmon hikoyati”, “Uzum hikoyasi”, “Namrud hikoyati”, “Sulaymonning qarinchg‘a bila so‘rashgani”, “Ilon va Qarlug‘och” hikoyati).


9-10-mavzu. Mahmud Koshg‘ariy. “Devonu lug‘otit-turk”asari. (2 soat, B1+:2 soat)
Mahmud Koshg‘ariyning hayoti va ijodi. Mahmud Koshg‘ariy haqidagi ma’lumotlarning “Devonu lug‘otit-turk”da aks etganligi.
“Devonu lug‘otit-turk” – izohli lug‘at va qomusiy asar sifatida. Unda badiiy durdonalarning o‘ziga xos tarzda ifoda etilgani, ularning yaratilishi, janri, mazmuni, badiiy xususiyatlari.
Mehnat va marosim qo‘shiqlari.
Munozara janri haqida ma’lumot. “Alp Er To‘nga” marsiyasi.
“Devon”dagi maqollar xalq donoligining ifodasi sifatida. Maqollarning mavzu qamrovi va badiiyati.


Nazorat ishi. Insho va uning tahlili (2 soat)
Mustaqil o`qilgan asarlar muhokamasi (1 soat, B1+: 1 soat)
Takrorlash (B1+: 1 soat)


11-14-mavzu. Alisher Navoiy. “Layli va Majnun” (4 soat, B1+:3 soat)
Alisher Navoiyning hayoti va ijodi. Navoiy haqida zamondoshlarining fikri. Navoiy – davlat arbobi.
Navoiyning epik asarlari. “Xamsa” – besh dostonni o‘z ichiga olgan asar. Xamsachilik an’analari rivojida Alisher Navoiyning o‘rni. “Xamsa” dostonlarining mantiqiy aloqadorligi. Ularda dunyoviy va tasavvufiy g‘oyalarning aks etishi. Dostonlarda ishq, vatan, vatanparvarlik, adolat, mehnatsevarlik g‘oyalarining ulug‘lanishi.
“Layli va Majnun” dostonining ma'rifiy va adabiy ahamiyati. Layli va Majnun obrazlarining talqinlari. Dostonning poetik xususiyatlari.



Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling