Ona tili darslarid lingvistik mashqlar
II bob Tushunchani ko’rgazmali o’rganish obyektlari
Download 42.7 Kb.
|
ONA TILI DARSLARID LINGVISTIK MASHQLAR
II bob Tushunchani ko’rgazmali o’rganish obyektlari.
2.1. Lingvistik tahlil turlari Tushunchani ko’rgazmali o’rganish. Tushunchani shakllantirishning turli bosqichida ko’rgazmalilikdan foydalanish katta ahamiyatga ega. Tushuncha belgilari bilan tanishtirishning boshlang’ich bosqichida ko’rgazmalilikdan o’rganiladigan hodisannng belgilarini nutqda aniq ko’rsatish maqsadida foydalaniladi. Til tushunchalarini shakllantirishda foydalaniladigan ko’rgazmali vositalarning o’ziga xos xususiyati o’rganiladigan ob’ekt hisoblangan so’z, so’z birikmasi, gap, gap bo’lagi va boshqalarga mos bo’ladi. SHunday ekan, ko’rgazmali vositalarga jadval, chizma, biror predmet, uning rasmi bilan bir qatorda til materialning o’zi ham kiradi. Tanlangan matnlar, alohida so’z va gaplarda o’rganilayotgan hodisa aniq va lo’nda berilgan, nutqiy vazifasi va grammatik xususiyati ravshan ko’rsatilgan bo’lishi kerak. Bu ichki ko’rgazmalilik o’quvchilarga tushuncha belgilarini mavhumlashtirish, o’rganilayotgan hodisani biror tomondan o’xshashi bo’lgan boshqa hodisalar orasidan topish imkonini beradi. Masalan, o’zakdosh so’zlarni o’rganishda tarkibida bir necha o’zakdosh so’z bo’lgan matndan foydalanish maqsadga muvofiq: 1. Maktabimiz hovlisida katta gulzor bor. Unga har xil gul ekilgan. Gullarni gulchi o’quvchilar parvarish qiladilar. 2. Rahimning otasi zavodda ishlaydi. U ilg’or ishchi. Rahimning o’zi – ishchan bola. Bu ikki matnda uchtadan o’zakdosh so’z bo’lib, ularning ikki muhim belgisi (bir xil umumiy qismga egaligi va ma’nolaridagi o’xshashlik)ni hisobga olgan holda, o’zakdosh so’zlar yuzasidan umumlashtirish imkoni tug’iladi. Bundan tashqari, o’quvchilar o’qituvchi rahbarligida o’zakdosh so’zni shu so’zlarning bir shakli bo’lgan so’z (gullarni) bilan taqqoslab, o’zakdosh so’zlar bilan so’z shakli o’rtasidagi farq haqida elementar tushunchaga ega bo’ladilar. Tushunchaning mohiyatini ochishga qaratilgan vazifalarning o’zi o’quvchilarni ularni bajarishga undashi, majbur etishi lozim. Bu bilan tushuncha ko’rgazmaliligi ta’minlanadi. Masalan, gapnnng uyushiq bo’laklari tushunchasining mohiyatini ochishda ikki-uch gapdan bitta gap tuzish vazifasini berish maqsadga muvofiq. Masalan, Bahorda biz qaldirg’ochlarni quvonib kutib olamiz. Bahorda biz maynalarni quvonib kutib olamiz. Bahorda biz chug’urchuqlarni quvonib kutib olamiz. – Bahorda biz qaldirg’ochlarni, maynalarni, chug’urchuqlarni quvonib kutib olamiz. Gaplar gap bo’laklari jihatidan tahlil qilinadi; o’quvchilar uchala gapda takrorlangan so’zlarni aytadilar; bunday hollarda kishilar uch gap o’rniga bitta gapdan foydalanishlarini tushunadilar. SHunday qilib, ular uch gapdan bitta gap tuzadilar, uni gap bo’laklariga ko’ra tahlil qiladilar, chizmasini tuzadilar. Bu vazifalarni bajarish bilan o’quvchilar ko’rgazmali xulosa chiqaradilar: bir kesimga bir necha ikkinchi darajali bo’lak bog’lanishi va ular bir xil so’roqqa (nimalarni?) javob bo’lishi mumkin; bir bo’lakka qarashli va bir xil so’roqqa javob bo’lgan bunday so’zlar gapning uyushiq bo’laklari deyiladi. Yuqorida keltirilgan misollarda foydalanilgan ko’rgazmalilik o’rganilayotgan til hodisalarining belgilarini ajratishga qaratilgan, ya’ni ko’rgazmalilikdan tushunchani ta’riflashdan oldin foydalanilgan. Darsda foydalanish uchun ko’rgazma material tanlashda o’qituvchi qo’yilgan maqsadga ko’ra o’quvchilar nimani bilib olishlarini aniq ko’z oldiga keltirishi kerak. Bir ko’rgazma materialdan turli maqsadlarda foydalanish mumkin. Masalan, predmet yoki uning rasmidan so’zning leksik ma’nosini tushuntirishda ham, grammatik tushunchani shakllantirishda ham foydalanish mumkin. O’quvchilarni sifatning nutqdagi ahamiyati bilan tanishtirish uchun o’qituvchi berilgan predmetni tasvirlash, uning belgilarini aytish vazifasini topshiradi. O’quvchilar har qanday predmetni tasvirlash uchun o’z nutqlarida sifatlardan foydalanadilar. Bu – tabiiy. O’qituvchi “Predmetni tasvirlashda siz qaysi so’zlardan foydalandingiz? Nima maqsadda?” kabi savollar berib, bolalar diqqatini o’rganiladigan grammatik tushunchaning (bu o’rinda sifatning) belgilariga qaratadi. O’quvchilar predmetni tasvirlash uchun qaysi sifatlardan bir predmetni boshqasidan ajratish maqsadida foydalanganliklarini aytadilar. Bu misolda ko’rgazmali material nutqda grammatik tushuncha (sifat)ning rolini kuzatish maqsadida foydalaniladi va o’quvchilar aniq materialdan umumlashtirishga o’tadilar. Tushunchani shakllantirishni uchun jadval va chizmalardan keng foydalaniladi. Bu ko’rgazmalardan ko’proq tushuncha belgilari ajratilgandan so’ng mavhumlashgan belgilarni umumlashtirish, ular o’rtasidagi bog’lanishni aniqlash maqsadida foydalaniladi. SHunday qilib, grammatik tushunchani o’zlashtirishga yordam beradigan asosiy metodik shartlar o’quvchilarning aqliy faoliyatini faollashtirish, ularni yangi bilim olish uchun qiziqtirish, o’quvchilarning nutqiy tajribasiga tayanish, bilimlarning tizimliligi, o’quvchilarda til birliklariga lingvistik munosabatni shakllantirish ustida maqsadga muvofiq ishlash hisoblanadi. Grammatik va so’z yasalishiga oid mashqlar Maktabda tildan nazariy bilimni o’rganishdan maqsad fikrni og’zaki va yozma tarzda grammatik to’g’ri va uslubiy aniq ifodalash uchun undan ongli foydalanish hisoblanadi. Biroq nazariy bilimni amalda qo’llashni esa maqsadga muvofiq va muntazam o’rgatib borish talab etiladi. Mashqlar tizimi tushunchani o’zlashtirish bosqichiga va uning xususiyatiga mos ravishda mashq turini tanlash, uning murakkablasha borishini va o’quvchilar mustaqilligi o’sib borishini hisobga olgan holda mashqlarni bajarish izchilligini aniqlashni ko’zda tutadi. Bu tizim mashqlarning o’zaro bog’lanishiga asoslangan. Lingvistik tahlil - til, nutq birliklarini uni tashkil etuvchi qismlari, mazmuni, vazifasi va boshqa xususiyatlari nuqtai nazaridan tadqiq etish, til (nutq) birliklarining aniq holatini belgilash. Mac, hosildorlikni soʻzida ikki asil til hodisasi mavjud boʻlib, u xuddi shu hodisalar nuqtai nazaridan tahlil etilishi mumkin: 1) soʻz yasalishi hodisasi; 2) shakl yasalish hodisasi (morfologik hodisa). Bu soʻzda ikkita yasama soʻz mavjud boʻlib, soʻz yasalishi tah-lilida har bir yasama soʻzning tarkibi va bu tarkibiy qismlarning mohiyati, vazifasi, maʼnosi va shahrik. belgilanadi. Bunda: qosildor yasama soʻz ekani, u soʻz yasalish asosi hosil va soʻz yasovchi dor qoʻshimchasidan iborat tarkibiy kiyem ga egaligi, soʻz yasalish asosi (hosil) ot turkumiga oidligi, dor qoʻshimchasining qaysi turkumga oid soʻzdan qaysi turkumga mansub suz va qanday maʼnoli soʻz yasashi hamda uning boshqa xususiyatlari qayd etiladi. Hosildorlik yasamasoʻzining taxlili ham xuddi shu tarzda olib boriladi, yaʼni u yasama soʻz ekani, unda hosildor soʻz yasalish asosi, lik suz yasovchi qushimcha ekani, shuningdek, bu qoʻshimchaning maʼnosi va boshqa xususiyatlari qayd etiladi. Morfologik tahlilda qosildorlik suzining ot ekanligi, -n i qoʻshimchasi shu soʻz (ot)ning tushum kelishik shaklini yasashi, uning maʼnosi va shahrik. qayd etiladi. Lingvistik tahlilning yana quyidagi turlari farqlanadi: 1) leksikologik tahlil; 2) frazeologik taxlil; 3) semasiologik taxlil; 4) fonetik tahlil; 5) imloviy taxlil; 6) orfoe-pik taxlil; 7) morfem taxlil; 8) sintaktik tahlil; 9) punktuatsion tahlil; 10) uslubiy taxlil; 11) etimologik taxlil. Adabiyotning sо‘z san’ati ekanligi haqidagi haqiqat juda qadim zamonlardan beri takrorlanib kelinadi. Demakki, adabiyotning bosh unsuri sо‘z, umuman, tildir. Adabiy asarning san’at darajasiga kо‘tarila olishi uning lisoniy tarkibi va asar muallifining badiiy ifoda balog‘atiga bog‘liq ekanligi shubhasiz. Shunday ekan, har qanday adabiy asarning mohiyatini xolis baholamoq uchun, eng avvalo, uning lisoniy tarkibining о‘ziga xosligi tahlil etilmog‘i lozim. Avvalo ta’kidlash kerakki, badiiy asar tilini о‘rganishda keng tarqalgan ikki asosiy yо‘nalishni kuzatish mumkin. Bu ikki yо‘nalishni X. Doniyorov va S. Mirzayevlar «Sо‘z san’ati» deb nomlangan kitoblarida quyidagicha ta’riflaganlar: «Tildagi о‘sish-о‘zgarishlarni о‘rganishni о‘z oldiga vazifa qilib qо‘yadigan aspekt – lingvistik aspekt, yozuvchining umumxalq tiliga bо‘lgan munosabati, til boyliklaridan foydalanishi, yozuvchi mahorati, stili haqida xulosa chiqaruvchi aspekt – stilistik aspekt». Tilning muayyan tarixiy davrdagi holati, ayni holatga xos bо‘lgan xususiyatlar, leksik, fonetik va grammatik о‘zgachaliklar, tilning hozirgi holati bilan umumiy va farqli jihatlarini ilmiy tadqiq etish maqsadida о‘sha davrga oid adabiy-badiiy asarlarning tili о‘rganilishi mumkin. Bunda badiiy asarlar, yozma yodgorliklar tili ayni maqsaddagi tadqiqot uchun faqat material bо‘lib xizmat qiladi. Til tarixini tasvirlash va tadqiq etishda bu yо‘l eng qadimgi va mustahkam lingvistik an’ana sifatida yashab kelmoqda. О‘zbek tilshunosligida bu yо‘nalishda juda kо‘p tadqiqotlar yaratilgan. Ana shunday bir qator ishlar orasida taniqli tilshunos olimlar A.Rustamov, G‘.Abdurahmonov, F.Abdullayev, X.Doniyorov, B.Bafoyev, F.Ishoqov, B.Turdialiyev, T.Jumayev va boshqalarning kо‘plab ishlarini kо‘rsatish mumkin. Badiiy asar tilini «stilistik aspekt»da о‘rganishning asosiy maqsadi esa bundan farq qiladi, albatta. Bu о‘rinda masala tilning turli vazifalarga egaligiga borib taqaladi. О‘z ilmiy ijodining asosiy qismini badiiy asar tilini о‘rganishga bag‘ishlagan G.O.Vinokur tilshunoslikda ancha eskidan tilning kommunikativ va ekspressiv vazifalari farqlana boshlaganini ta’kidlar ekan, fikrining dalili sifatida olmon tilshunosi fon der Gabelensning 1891 yilda nashr etilgan kitobidagi quyidagi qarashini keltiradi: «Til fikrning bо‘laklarga bо‘lingan holdagi ifodasi, fikr esa tushunchalarning bog‘lanishidir. Lekin inson tili faqat bog‘lanayotgan tushunchalar va ularning mantiqiy munosabatlarinigina emas, balki sо‘zlovchining о‘z fikriga munosabatini ham ifodalashni istaydi; men faqat nimanidir aytishnigina emas, balki о‘zimni ham ifodalashni xohlayman va shu tarzda mantiqiy omilga uni har jihatdan tо‘yintirgan holda psixologik omil qо‘shiladi». Tilshunoslikka oid zamonaviy adabiyotlarda tilning, asosan, tо‘rt-besh vazifasi qayd etiladi. Masalan, V.A.Avrorin tilning kommunikativ (aloqa quroli, vositasi), ekspressiv (fikrlarni ifodalash), konstruktiv (fikrlarni shakllantirish), akkumulyativ (ijtimoiy tajriba va bilimlarni tо‘plash, saqlash) vazifalarini farqlash lozimligini ta’kidlaydi. Badiiy asar tili tadqiqiga bag‘ishlangan ishlarda tilning ayni «ekspressiv vazifasi» atamasi bilan bir qatorda «tilning poetik vazifasi», «tilning badiiy vazifasi», «tilning estetik vazifasi» kabi atamalar ham qо‘llanadi. Ammo shuni ham aytish kerakki, «tilning estetik vazifasi» atamasi filologik adabiyotlarda nisbatan kо‘p ishlatiladi. Bunday bо‘lishi ham tabiiy, chunki estetik vazifa tushunchasi ekspressivlik, badiiylik, poetiklik kabi bir qator tushunchalarni ham о‘z ichiga olgan holda ularni umumlashtira oladi. Boshqacha qilib aytganda, mazkur tushunchalarga qaraganda estetik vazifa tushunchasining qamrovi anchayin keng. Bu о‘rinda shuni ham aytib о‘tish kerakki, dunyo tilshunosligi tarixida ayrim olimlar tilning estetik vazifasini keragidan ortiq absolyutlashtirib talqin etgan holatlar ham yо‘q emas. Masalan, italyan faylasufi va siyosat arbobi Benedetto Kroche 1902 yilda nashr ettirgan, 1920 yilda rus tilida bosilib chiqqan «Estetika kak nauka o virajenii i kak obshaya lingvistika» nomli kitobida tilshunoslikni estetika bilan aynan tenglashtirgan. B. Kroche g‘oyalarini davom ettirgan nemis filologi Karl Fossler esa sо‘z va gapning estetik bо‘yog‘i betakrorligiga va ayni shu bо‘yoqning tilda yetakchi vazifani bajarishiga ishongan. Albatta, til vazifalari orasida estetik vazifani asosiy, yetakchi vazifa deb qarash, ya’ni tilni tamomila estetik mohiyat sifatida talqin etish tо‘g‘ri emas. Ammo bu olimlarni ana shunday mutlaq fikrga olib kelgan narsa tildagi estetik vazifa ham о‘zini har qadamda, ayniqsa, badiiy matnda namoyon etib turishi bilan bog‘liq ekanligi tayin. Praga lingvistik tо‘garagi a’zolari tomonidan tilni vazifalariga kо‘ra farqlash konsepsiyasi ishlab chiqilgan. «Praga lingvistik tо‘garagi tezislari»da birinchi marta til vazifalari bilan ularning reallashish shakllari о‘rtasidagi aloqa haqidagi qoidalar aniq ta’riflab berilgan. «Tezislar» mualliflari mana bunday deb yozganlar: «Tilni о‘rganish har bir xususiy holatda tilning vazifalari va bu vazifalarning reallashish shakllarining xilma-xilligini qat’iy tarzda hisobga olishni taqozo etadi. Aks holda har qanday tilning, xoh sinxron, xoh diaxron bо‘lsin, tavsifi muqarrar ravishda yanglish va ma’lum darajada soxta bо‘lib qolaveradi». Bu fikr shu joyda yana quyidagicha davom ettirilgan: «Nutqiy faoliyat ijtimoiy rol bajarar ekan, u g‘ayrilisoniy borliq bilan aloqasiga kо‘ra farqlanadi. Bunda nutqiy faoliyat yo aloqa-aralashuv vazifasiga ega bо‘ladi, ya’ni ifodalanmishga yо‘naltirilgan bо‘ladi, yoki poetik vazifaga ega bо‘ladi, ya’ni belgining о‘ziga yо‘naltirilgan bо‘ladi». Tabiiyki, til о‘zining har bir vazifasini о‘ziga о‘ziga xos shakllarda ifoda etadi, shuning uchun ham, «Tezislar» mualliflari ta’kidlaganlaridek, til tavsifida ana shu reallashish, ifodalanish shakllarini hisobga olish shart. Ammo tilning u yoki bu vazifasi bir-biridan mutlaqo ajratilgan, tamomila mustaqil holda reallashadi deyish unchalik ham tо‘g‘ri bо‘lmaydi. Zotan, kommunikativ (aloqa-aralashuv) vazifa tilning vazifalari orasida eng markaziy, yetakchi vazifa ekanligini isbotlab о‘tirishning hojati yо‘q. Albatta, har qanday badiiy asarda tilning kommunikativ vazifasi ham reallashadi, ammo estetik vazifa birinchi planda turadi, yetakchilik qiladi. Shuning uchun ham lingvistik adabiyotlarda bu holatga mana bu tarzda alohida urg‘u beriladi: «Badiiy matn har qanday nobadiiy matndan farqli о‘laroq alohida vazifani – kommunikativ vazifa bilan murakkab о‘zaro aloqadorlikda namoyon bо‘luvchi va matnning о‘ziga xos qurilishida hal qiluvchi omil hisoblanuvchi estetik vazifani bajaradi». Bu о‘rinda shuni ham alohida ta’kidlash lozimki, tilning bu о‘ziga xos estetik vazifasi namoyon bо‘ladigan soha faqat badiiy asar matnidir, undan boshqa biron bir nutq kо‘rinishida til о‘zining bu vazifasini reallashtira olmaydi deb qarash ham asosli emas. Bu ma’noda tilshunos D. N. Shmelevning mana bu fikrlari diqqatga sazovor: «Tilning bu vazifasi (estetik vazifasi) faqat badiiy asardagina namoyon bо‘lmaydi. Bizning diqqatimiz jumlaning shakliga, fikr qay tarzda ifodalanganligiga qaratilgan har onda biz aynan shu vazifaning harakati doirasiga kiramiz». Olimning alohida ta’kidlashicha, sо‘zlovchi о‘z nutqining tashqi shakliga e’tibor bera boshlashi, lisoniy ifoda imkoniyatlarini baholashga о‘tishi bilan tilning estetik vazifasi о‘zining boshlang‘ich kо‘rinishida namoyon bо‘ladi, ya’ni sо‘zlovchi nimani ifodalashnigina emas, balki ayni shu «nima»ni qanday ifodalashni ham muhim deb hisoblashidan boshlaboq tilning bu vazifasi ishga tushadi. Jonli sо‘zlashuv, kundalik muloqot jarayonidagi kо‘pdan-kо‘p о‘tkir hazillar, latifanamo kulgilar, chuqur ma’noli sо‘z о‘yinlari, kimlargadir taqlid qilishlar va hokazo holatlarda ham til belgisi, uning badiiy-ifoda imkoniyatlariga о‘z-о‘zidan diqqat qilinadiki, bunda tilning estetik vazifasi yaqqol namoyon bо‘ladi. Bu munosabat bilan D. N. Shmelev quyidagilarni yozadi: «Tilning estetik vazifasi, albatta, sо‘zlashuv nutqida ham doimiy ravishda namoyon bо‘ladi. Lekin baribir bu vazifani sо‘zlashuv nutqida yetakchi deb bо‘lmaydi, badiiy matnlarda esa til hamisha ayni shu alohida vazifasi bilan ishtirok etadi (bu vazifa, albatta, tilga, uning barcha kо‘rinishlariga hamisha xos bо‘lgan kommunikativ vazifasini cheklamaydi, balki uni о‘ziga xos bir shaklda transformatsiya qiladi)». Demak, tilning estetik vazifasi butun о‘ziga xosligi va murakkabligi bilan, albatta, kommunikativ vazifani ham transformatsiya qilgan, badiiyat manfaatlariga tо‘lasicha xizmat qildirgan holda bevosita badiiy nutqda namoyon bо‘ladi. Umumxalq tilidagi barcha birliklar badiiy tilda u yoki bu darajada estetik qimmat kasb etadi. Badiiy asar tilini о‘rganishdagi ikkinchi, ya’ni «stilistik» yо‘nalish tilning xuddi shu estetik vazifasini tadqiq etishga qaratilgan. Aytish lozimki, tilning estetik vazifasining asosiy namoyon bо‘lish о‘rni badiiy asar matni ekan, bu vazifaning о‘ziga xos xususiyatlarini faqat tilshunoslik yoki faqat adabiyotshunoslik doirasida о‘rganish qiyin. Buning uchun adabiyot nazariyasi, adabiyot tarixi, poetika kabi adabiyotshunoslik yо‘nalishlari va lingvistik stilistika, til tarixi, leksikologiya, semasiologiya, etimologiya, grammatika kabi tilshunoslik yо‘nalishlari bir-biri bilan hamkorlikda ish kо‘rishi lozim. Tilning estetik vazifasi masalasi bu ikki yirik fan oralig‘idagi murakkab muammodir. Hatto asrimiz boshida bir qator tilshunos va adabiyotshunoslar bu muammoni ilmiy asosda о‘rganadigan alohida fan turi shakllanishi lozimligi haqidagi qarashni ilgari surganlar. Masalan, B.A.Larin 20-yillarning boshlarida mana bunday deb yozgan edi: «Ertadir - kechdir, menimcha, juda tez orada til estetikasi alohida fan sifatida tan olinadi». Download 42.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling