Ona tili darslarida aktilardan. Raxmanov G
Ot – so‘z turkumi: Morfologiya. Uyadoshlari
Download 160.5 Kb. Pdf ko'rish
|
ona tili darslarida aktilardan foydalanish shakllari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uyadoshlari
- o‘z ma’nosi ko‘chma ma’nosi
Ot – so‘z turkumi: Morfologiya.
Uyadoshlari: sifat, son, olmosh, fe’l, ravish, sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi v.h. Ot – harakat, buyruq fe’li, ma’nosi – otish, o‘q uzish. Uyadoshlari: miltiqdan otmoq, to‘pponchadan otmoq, pulemyotdan otmoq, nagandan otmoq.
hosil qiling. Ularning ma’nosini sharhlang. Zid ma’noli so‘zlar toping.
Namuna: o‘z ma’nosi ko‘chma ma’nosi 1) shahlo ko‘z ishning ko‘zi qora ko‘z derazaning ko‘zi qisiq ko‘z buloqning ko‘zi ko‘k ko‘z buloqning ko‘zi bo‘ta ko‘z aqlning ko‘zi o‘tkir ko‘z yog‘ochning ko‘zi munchoqning ko‘zi uzukning ko‘zi …. 2) shahlo ko‘z – qisiq ko‘z qora ko‘z – ko‘k ko‘z o‘tkir ko‘z – xira ko‘z “ko‘zi ochildi” – “ko‘zi yog‘ bosdi”
Ona tili fani fan xususiyatidan kelib chiqqan holda, mantiqiy davomini topish bo‘yicha “bir lahzada topish” vazifalarini bajarishi mumkin. Jumladan, mavzu mazmuniga qarab, o‘quvchilar bilimini mustahkamlash uchun mantiqiy savollar beriladi. 1. Fikrning eng kichik bo‘lagi-? 2. Erga tushmay sinadi -? 3. Muomala vositasining eng kichik bo‘lagi -? 4. U kim, bu-? 5. Til-dil...? 6. Matnning oliy ko‘rinishi -? 7. Jamiyatda qonuniy zaruratlardan biri-? Javoblar: 1) Gap 2) Ko‘ngil 3) so‘z 4) Nima 5) ko‘zgusi 6) Insho 7) Fikr almashish.
SHuningdek, o‘quvchilar fikrini umumlashtirish, dam olish daqiqasi uchun maqolardan ham foydalanish mumkin. Maqollarning boshlang‘ich qismi o‘qib eshittiriladi, o‘quvchilar uni davom ettirishlari kerak. 1.
YAxshi so‘z jon ozig‘i … (yomon so‘z bosh qozig‘i) 2.
Ona yurting omon bo‘lsa, … (rangi ro‘ying somon bo‘lmas) 3.
Uzma do‘stlik torini … (uni bog‘lash qiyin) 4.
Ishsizning kuni o‘tar … (ishchining ishi bitar) 5.
To‘g‘ri odam … (egri so‘zdan or qiladi) 6.
YAxshi bilan yursang etarsan murodga … (yomon bilan yursang qolarsan uyatga) 7.
O‘ziga boqma, … (so‘ziga boq) 8.
Do‘st so‘zini tashlama, … (tashlab boshing qashlama) 9.
SHirin so‘z bilan ilon inidan chiqar … (yomon so‘z bilan pichoq qinidan chiqar) 10.
11.
Avval o‘yla … (keyin so‘yla) 12.
Ko‘p bilgan oz so‘zlar, … (oz so‘zlasa ham soz so‘zlar). “So‘zdan so‘zning farqi bor, o‘ttiz ikki narxi bor” maqolini izohlang. Bu muammoli topshiriqda o‘quvchilar o‘zlarining turlichi fikrlarini aytishadi. O‘qituvchi eng to‘g‘ri javobni, so‘zning qudrati buyuk ekanligi haqida o‘quvchilarning javoblaridan umumlashtiradi. Xulosa qilish mumkinki, aqliy zakovati bilan axloqiy kamolotini bilan uyg‘unlashtira olsakgina, biz jamiyat uchun kerakli shaxsni tarbiyalagan bo‘lamiz.
Download 160.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling