Ona tili darslarida aktilardan. Raxmanov G


Xulosa  Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati


Download 160.5 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/17
Sana05.01.2022
Hajmi160.5 Kb.
#207217
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
ona tili darslarida aktilardan foydalanish shakllari

Xulosa 

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


KIRISH 

Jamiyatning  har  tomonlama  ravnaq  topishi,  taraqqiy  etishi    ta’limning 

rivojlanishiga  va  mazmunan  takomillashib borishiga bog‘liq.  

Ta’limning  globallashuvi,  innovatsion    texnologiyalarning  joriy  etilayotgani 

ta’lim muassasalarida ta’lim sifatining oshishiga sabab bo‘lmoqda. Ma’lumki, har 

qanday  texnologiya  ta’limning  yangi  mazmunini  shakllantiruvchi  ta’lim 

tamoyillariga  asoslanadi.  Ta’lim  jarayonining  faol  sub’ektlari  o‘qituvchi  va 

o‘quvchilar  bo‘lib,  ularning  hamkorlikdagi  faoliyatlari  shundan  iboratki,  ma’lum 

mavzu bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni chuqur o‘zlashtirish imkonini  beradi. 

  O‘qituvchining  faol,  samarali  faoliyat  ko‘rsatishiga  yo‘naltirilgan  ta’lim 

jarayonining  metodik  dars  ishlanmasidan  farqli  ravishda,  ta’limning  pedagogik 

texnologiyasi  ta’lim  oluvchilarga  qaratiladi,  shuningdek,  ularning  shaxsiy  va 

o‘qituvchi  bilan  birgalikdagi  faoliyatini  hisobga  olgan  holda  o‘quv  materialini 

o‘zlashtirishga sharoit yaratadi.  

Prezidentimiz  I.A.Karimov  o‘quvchi  tarbiyasiga  alohida  e’tibor  qaratib 

shunday  yozadi:  “SHuni  unutmaslik  kerakki,  kelajagimiz  poydevori  bilim 

dargohlarida  yaratiladi,  boshqacha  aytganda  xalqimizni  ertangi  kuni  qanday 

bo‘lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog‘liq,”

1

 .  


Tarbiya  deganda  avvalo,  yosh  avlodning  kelajak  hayotga  tayyorlash 

tushuniladi. 

Tarbiya 

shaxsni 


maqsadga 

muvofiq 


shakllashtirish 

uchun 


uyushtirilgan pedagogik jarayon bo‘lib, tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va 

sistemali ta’sir etish imkoniyatini beradi. Biz tarbiya jarayoni haqida to‘xtaladigan 

bo‘lsak,    bu  tayyorlash,  maxsus  tashkil  qilingan  tarbiya  faoliyatlari  bilan  amalga 

oshiriladi. Tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchining ongi shakllanadi, his-tuyg‘ulari 

rivojlanadi,  ijtimoiy  hayot  uchun  zarur  bo‘lgan  va  ijtimoiy  aloqalarga  xizmat 

qiladigan xulqiy odatlarni hosil qilinadi. 

Bugungi ta’limning rivoji o‘qituvchining o‘z ustida ishlashi, ijodkor bo‘lishi, 

o‘quvchilarning  bilim,  ko‘nikma  va  malakalarni  takomillashtirib  borishini  taqozo 

etmoqda. 

                                                           

1

 

И.А.Каримов. Юксак маънавият – енгилмас куч. Т.: “Маънавият”. 2008. 61-бет.  



 


SHunday 

ekan, 


ta’lim 

jarayonida 

yoshlar 

ta’lim-tarbiyasi 

bilan 

shug‘ullanuvchi  har  bir  murabbiy  o‘quvchilarni  barkamol  inson  qilib  etishtirish 



uchun ularning xalq insonparvarligi chashmalaridan, umumbashariy qadriyatlardan 

bahramand  bo‘lishlariga  e’tibor  berib,  urf-odatlarimizni,  milliy  qadriyatlarimizni, 

buyuk mutafakkirlarimizning ma’naviy merosini yaxshi bilishi va  ularni darslarga 

tadbiq etishi lozim. 

Bu  qo‘llanmada  ta’lim  texnologiyalari,  rivojlantiruvchi,  muammoli    ta’lim 

texnologiyalari va ularning ona tili va adabiyot darslarda qo‘llanilishi haqida so‘z 

yuritiladi. 

Tarbiya  jarayonida  tarbiyalanuvchilarning  faoliyatini  pedagogik  jihatdan 

to‘g‘ri uyushtirish g‘oyat muhimdir. 

O‘qituvchi  dars  jarayonida  pedagogik  texnologiya  asosida  o‘quvchilarning 

ongidagi  ilg‘or  kuchlarga  tayanib,  ijodiy  kamolotiga  yordam  berish  natijasida 

darslarni tashkil etishlari lozim.  

O‘qituvchi  bilan  o‘quvchi  orasidagi  munosabat  erishilgan  yutuqlardan 

zavqlanish,  o‘quv  faoliyatiga  mas’uliyatli  yondashish  hamda  o‘zaro  hamkorlikda 

ijodiy faoliyatni yo‘lga qo‘yishga undashi kerak. Bu esa pedagogik ta’sirni tashkil 

etish uchun zarur bo‘lgan o‘zaro aloqa vositasi “ko‘prik”ni vujudga keltiradi. 

Ma’lumki, pedagogik texnologiya- ta’lim jarayonida oldindan rejalashtirilgan 

va  to‘laligicha  loyihalashtirilgan,    muayyan  vaqtga  mo‘ljallangan,  ta’lim  jarayoni 

ko‘proq ta’lim  oluvchi  shaxsiga qaratilgan,  faollashtirilgan usullar   va  zamonaviy 

ta’lim 


vositalaridan 

 

foydalangan 



holda 

o‘quv 


maqsadiga 

erishishni 

kafolatlaydigan ta’lim berish jarayonidir. 

Pedagogning  jonli  nutqi,  shaxslarning  o‘yinlari,  jamoatchilik  harakatlari 

tarbiya  vositasi vazifasini bajaradi.  Ammo tegishli  tarbiyaviy  vazifalarni  hal etish 

uchun  ularni  albatta  murabbiy  pedagog  ishining  muayyan  sistemasiga  kiritish 

kerak.  Tarbiya  natijasining  samarali  bo‘lishi    tarbiyaviy  jarayonni  tashkil  etish 

usullari,  vositalari  va  shakllaridan  mohirona  foydalanishga  va  ularning 

uyg‘unligini ta’minlashga bog‘liq.  



Texnologiyalarni 

qo‘llaganda, 

o‘quvchi 

bilimini 

kuzatish, 

ularning 

o‘sishidagi  muhim  narsalarni  jamiyatda  vujudga  kelgan  asosiy  g‘oyalar  bilan 

taqqoslash, ularning rivojlanish yo‘llari va usullarini aniqlash, mosini tanlash,  turli 

vositalar,  tarbiyaviy  ta’sir  ko‘rsatish  usullarining  o‘zaro  bir-biriga  o‘tishi 

dialektikasini  chuqur  tahlil  qilish  ishlariga  ahamiyat  berishimiz  kerak.  Ta’lim 

texnologiyalari quyidagi yo‘nalishlarga bo‘linadi: 

1.  Zamonaviy –an’anaviy o‘qitish elementlaridan   foydalaniladigan         

     pedagogik texnologiyalar; 

2.  Pedagogik jarayonda shaxsga yo‘naltirilgan pedagogik texnologiyalar; 

3.  O‘quvchilar faoliyatini faollashtirish va jadallashtirish asosidagi pedagogik  

     texnologiyalar; 

4.  O‘quv jarayonini samarali boshqarishga asoslangan pedagogik 

texnologiya; 

6.  Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari; 

7.  Xususiy o‘quv predmetlariga tegishli texnologiyalar.  

 


Download 160.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling