Namuna:
Ona tili fanining o‘quv dasturida “Tasviriy ifoda” mavzusi berilgan bu
mavzuni o‘tishda «Tasviriy ifoda» lar ham o‘zbek tili ifoda vositalarining bir
ko‘rinishi ekanligi, og‘zaki va yozma nutqda tutgan o‘rni haqida qisqa izoh beradi.
Tasviriy ifodani o‘quvchilarning o‘zlari topishga jalb qiladi. Misol uchun, she’r
o‘qib beradi.
«Ko‘rdim, SHukur Burxon» asari
Ko‘rdim: SHukur Burxon “Hamza”dan chiqib,
Asta piyodalab ketdi bir kuni.
Bir yon gavjum ko‘cha, bir yon rastalar,
olomon...
Ko‘pchilik bilmadi uni.
Repetitsiya o‘tgan. Mana u borar,
CHarchoq, tund...
Parvosiz harakat aro.
Hozirgina ulug‘ shoh Edip edi,
Endi fuqarodan battar fuqaro.
Ustoz! Zamonlarlarning d
o
nish makrini
Ko‘chada grimsiz ko‘rsatishmi bu?!
Kecha yig‘lab sizga talpingan jonlar
Bugun tanimasdan o‘tarlar, yohu!
SHe’rni o‘qituvchi ifodali qilib o‘qib beriladi. So‘ngra she’rda tasvirlangan
holatni tasavvur qilish va o‘zida qanday bir tuyg‘ular sezganligini gapirib berish
so‘raladi, tasviriy ifodalar aniqlanadi. O‘qituvchi o‘quvchilar bayonini
umumlashtirib, adib “zamonlarning do‘nish makrini” deya ko‘plab o‘xshatishlar,
jonlantirishlardan foydalanib, o‘ziga xos tarzda nafis, go‘zal ifodalab bergani,
o‘zbek tilining boy ifoda vositalaridan o‘rinli va unumli foydalangani, o‘zbek tili
imkoniyatining beqiyosligi she’rda o‘z ifodasini topganligini aytib o‘tadi.
O‘qituvchilar
yuqoridagi
bosqichlar
asosida
o‘quvchilarning
fikrlarini
umumlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |