Ona tili darslarida aktilardan. Raxmanov G


O‘quv  jarayonini  samarali  boshqarish  va  tashkil  qilish


Download 160.5 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/17
Sana05.01.2022
Hajmi160.5 Kb.
#207217
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
ona tili darslarida aktilardan foydalanish shakllari

O‘quv  jarayonini  samarali  boshqarish  va  tashkil  qilish  asosidagi 

pedagogik 

texnologiyalar. 

Bu 


texnologiyalarga 

tabaqalashtirilgan, 




individuallashtirilgan,  dasturlashtirilgan  ta’lim  texnologiyalari;  ta’limning  jamoa 

usuli, guruhli, kompyuterli ta’lim texnologiyalari kabilar kiradi. 



Rivojlantiruvchi  ta’lim  texnologiyalari.  Bularga  o‘quvchi  shaxsining 

sifatlarini,  ayrim  sohalardagi  bilimlarini,  ijodiy  qobiliyatlarini  rivojlantirish 

texnologiyalari kiradi. 

Bulardan  tashqari  xususiy  (o‘quv  fanlari)  pedagogik  texnologiyalari, 



alternativ hamda mualliflik pedagogik texnologiyalari yo‘nalishlari ham mavjud. 

 

 



1.Maktab tizimida ona tili fanini o’qitishning maqsad va vazifalari 

 

O’zbek  tili  mustaqil  O’zbekiston  Respublikasining  davlat  tili,  uning 



umumiy  o’rta  ta’lim  maktablarda  o’qitilishi  davlat  ahamiyatiga  molik  ijtimoiy, 

iqtisodiy  va  ma’naviy  ahamiyatga  ega.  Yoshlarda  ijodiy  tafakkur,  ijodiy  izlanish, 

mavjud  imkoniyatlardan  eng  maqbulini  tanlash,  tilimizning  boy  imkoniyatlaridan 

nutq  sharoitiga  ko’ra  to’g’ri,  o’rinli  va  samarali  foydalanish  malaka  va 

ko’nikmalarni  singdirish,  ularni  milliy  qadriyatlarimiz,  udum  va  an’analarimiz 

ruhida  tarbiyalashda  maktab  ona  tili  kursining  tutgan  o’rni  va  imkoniyatlari 

benihoya  kattadir.  Ayniqsa,  mustaqil  Respublikamiz  uchun  tadbirkor  va  ijodkor 

insonni  tayyorlash  masalasi  o’ta  muhim  vazifa  bo’lib    turgan  bir  sharoitda  bu 

fanning o’qitilishi muhim ahamiyat kasb etadi. 

Maktabda  ona    tilini  o’qitishdan  maqsad  tilning  jamiyat  a’zolari  o’rtasida 

bajaradigan  vazifalaridan  kelib  chiqadi.  CHunki  kishilar  o’z  faoliyatlarini  barcha 

sohalarda bir-birlari bilan faol munosabatda bo’ladilar. Ular doimo o’zlarini o’rab 

turgan  moddiy  borliqdagi  narsa-buyumlar,  voqea-hodisalar  to’g’risida  fikr 

yuritadilar va o’z fikrlarini bir-birlariga ma’qul qiladilar.

2

 

Demak,  jamiyatda  fikr  almashish  qonuniy  zaruriyatdir.  Odamlar  o’rtasida 



fikr  almashish  bo’lmasa,  jamiyat  taraqqiyotdan  to’xtaydi.  Fikr  esa  faqat  til 

yordamida  ro’yobga  chiqadi  SHuning  uchun  avvalo,  har  bir  kishi  undan 

                                                           

2

 A.Q.G’ulоmоv., M.Qоdirоv. Оna tili o’qtish mеtоdikasi. T., «Univеrsitеt», 2001 yil, 29-bеt.  




fodalanishni  bilishi  va  avvalo  uni  egallab  olishi  zarur.  Tilni  o’rganish  bu  faqat 

uning grammatik qurilishini bilish, tushuncha, ta’rif va qoidalarni o’zlashtirib olish 

emas, balki ona tilining boy imkoniyatlaridan foydalanib, fikrni og’zaki va yozma 

shakllarda to’g’ri, ravon ifodalash malakalarini egallashdan iboratdir. Ona tili fani 

bolaga tilni o’rgatish bilan birga uning serqirra imkoniyatlarini nutqda foydalanish 

me’yorlarini ham o’rgatadi. 

Ma’lumki,  til  hodisalari  alohida-alohida  hodisalar  emas,  balki  o’zaro 

chambarchas  bog’langan    hodisalardir.  Respublikamizdagi  taniqli  tilshunos  olim 

H.G.Ne’matov, uslubshunos olim A.K.Gulomov ta’limotiga asoslanadigan bo’lsak, 

nutq faoliyati quyidagi uch tarkibiy qismdan iborat.  

 { TIL } - { SO’ZLASH QOBILIYATI } - { NUTQ } 

Maktab ona tili ta’limi ushbu zanjirning birinchi xalqasi - til imkoniyatlari - 

til  birliklarining  avvaldan  barqarorlik,  doimiylik  va  majburiylik  xususiyatlaridan 

foydalanilgan holda, ikkinchi va uchinchi xalqalari - so’zlash qobiliyati va nutqni 

rivojlantirish,  takomillashtirish  va  boyitish  sari  yo’naltirilgan  bo’lishi  kerak. 

SHuning  uchun  tilning  turli  sathlari  -  fonetika,  lug’at,  morfologiya.  Sintaksisni 

alohida-alohida  o’rganish  tilnning  tizimiy  yaxlitligiga  xilof  bo’lib,  bu  sathlar 

hamisha  uzviy  bog’liqlikda  o’rganilishi,  har  bir  sath  birligini  o’rganish,  shu  sath 

birligining  amaliy  qo’llanilishi  bo’yicha  bilim,  malka  va  ko’nikmalarini 

mukammallashtirish bilan birga olib borilishi lozim.  

Boshlang’ich  sinfning  ona  tili  kursi  o’quvchilarni  til  fani  haqida  dastlabki 

ma’lumotlar  bilan  tanishtiradi.  5-sinfdan  boshlab  ona  tilining  izchil  kursini 

o’rgatish ko’zda tutiladi. 

Maktablarda ona tili o’qitish amaliyati shuni ko’rsatdiki, har bir til sathini 

alohida-alohida  o’rgatishdan  oldin  shu  sathlarni  birlashtiruvchi,  ularnining  o’zaro 

chambarchas  bog’liqligini  kursatuvchi  bir  bo’lim  -  «Muqaddima»  bo’limini 

kiritishga zaruriyat sezilmoqda.  

Turkiy  tillar  shu  jumladan  o’zbek  tili  o’qitish  metodikasida,  5-sinflarda 

o’quv  yilining  boshida  «Sintaksis  va  punktuatsiya»dan  o’quvchilarga  zaruriy 

bilimlar berish 70-yillardan beri amaliyotda sinab ko’rilmoqda. Ammo uzoq yillik 




tajribalardan  shu  narsa  ma’lum  bo’ldiki,  «Muqaddima»ni  faqat  «Sintaksis  va 

punktuatsiya  bilan  chegaralash  samarli  ijobiy  natijalar  bermaydi.  Mazkur  bo’lim 

sintaksis  va  punktuatsiyaga  oid  zaruriy  masalalar  bilan  bir  qatorda  mustaqil  va 

yordamchi  so’zlar,  yordamchi  so’zlarning  vazifalari,  so’z  tarkibi  (morfemika), 

sodda, qo’shma va juft so’zlar kabilarni ham o’z ichiga qamrab olmog’i lozim. 

 


Download 160.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling