Ona tili darslarida aktilardan. Raxmanov G
O‘quv jarayonini samarali boshqarish va tashkil qilish
Download 160.5 Kb. Pdf ko'rish
|
ona tili darslarida aktilardan foydalanish shakllari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rivojlantiruvchi ta’lim
- 1.Maktab tizimida ona tili fanini o’qitishning maqsad va vazifalari
- { TIL } - { SO’ZLASH QOBILIYATI } - { NUTQ }
O‘quv jarayonini samarali boshqarish va tashkil qilish asosidagi
pedagogik texnologiyalar. Bu
texnologiyalarga tabaqalashtirilgan, individuallashtirilgan, dasturlashtirilgan ta’lim texnologiyalari; ta’limning jamoa usuli, guruhli, kompyuterli ta’lim texnologiyalari kabilar kiradi. Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari. Bularga o‘quvchi shaxsining sifatlarini, ayrim sohalardagi bilimlarini, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish texnologiyalari kiradi. Bulardan tashqari xususiy (o‘quv fanlari) pedagogik texnologiyalari, alternativ hamda mualliflik pedagogik texnologiyalari yo‘nalishlari ham mavjud.
1.Maktab tizimida ona tili fanini o’qitishning maqsad va vazifalari
O’zbek tili mustaqil O’zbekiston Respublikasining davlat tili, uning umumiy o’rta ta’lim maktablarda o’qitilishi davlat ahamiyatiga molik ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy ahamiyatga ega. Yoshlarda ijodiy tafakkur, ijodiy izlanish, mavjud imkoniyatlardan eng maqbulini tanlash, tilimizning boy imkoniyatlaridan nutq sharoitiga ko’ra to’g’ri, o’rinli va samarali foydalanish malaka va ko’nikmalarni singdirish, ularni milliy qadriyatlarimiz, udum va an’analarimiz ruhida tarbiyalashda maktab ona tili kursining tutgan o’rni va imkoniyatlari benihoya kattadir. Ayniqsa, mustaqil Respublikamiz uchun tadbirkor va ijodkor insonni tayyorlash masalasi o’ta muhim vazifa bo’lib turgan bir sharoitda bu fanning o’qitilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Maktabda ona tilini o’qitishdan maqsad tilning jamiyat a’zolari o’rtasida bajaradigan vazifalaridan kelib chiqadi. CHunki kishilar o’z faoliyatlarini barcha sohalarda bir-birlari bilan faol munosabatda bo’ladilar. Ular doimo o’zlarini o’rab turgan moddiy borliqdagi narsa-buyumlar, voqea-hodisalar to’g’risida fikr yuritadilar va o’z fikrlarini bir-birlariga ma’qul qiladilar. 2
fikr almashish bo’lmasa, jamiyat taraqqiyotdan to’xtaydi. Fikr esa faqat til yordamida ro’yobga chiqadi SHuning uchun avvalo, har bir kishi undan
2 A.Q.G’ulоmоv., M.Qоdirоv. Оna tili o’qtish mеtоdikasi. T., «Univеrsitеt», 2001 yil, 29-bеt. fodalanishni bilishi va avvalo uni egallab olishi zarur. Tilni o’rganish bu faqat uning grammatik qurilishini bilish, tushuncha, ta’rif va qoidalarni o’zlashtirib olish emas, balki ona tilining boy imkoniyatlaridan foydalanib, fikrni og’zaki va yozma shakllarda to’g’ri, ravon ifodalash malakalarini egallashdan iboratdir. Ona tili fani bolaga tilni o’rgatish bilan birga uning serqirra imkoniyatlarini nutqda foydalanish me’yorlarini ham o’rgatadi. Ma’lumki, til hodisalari alohida-alohida hodisalar emas, balki o’zaro chambarchas bog’langan hodisalardir. Respublikamizdagi taniqli tilshunos olim H.G.Ne’matov, uslubshunos olim A.K.Gulomov ta’limotiga asoslanadigan bo’lsak, nutq faoliyati quyidagi uch tarkibiy qismdan iborat. { TIL } - { SO’ZLASH QOBILIYATI } - { NUTQ } Maktab ona tili ta’limi ushbu zanjirning birinchi xalqasi - til imkoniyatlari - til birliklarining avvaldan barqarorlik, doimiylik va majburiylik xususiyatlaridan foydalanilgan holda, ikkinchi va uchinchi xalqalari - so’zlash qobiliyati va nutqni rivojlantirish, takomillashtirish va boyitish sari yo’naltirilgan bo’lishi kerak. SHuning uchun tilning turli sathlari - fonetika, lug’at, morfologiya. Sintaksisni alohida-alohida o’rganish tilnning tizimiy yaxlitligiga xilof bo’lib, bu sathlar hamisha uzviy bog’liqlikda o’rganilishi, har bir sath birligini o’rganish, shu sath birligining amaliy qo’llanilishi bo’yicha bilim, malka va ko’nikmalarini mukammallashtirish bilan birga olib borilishi lozim. Boshlang’ich sinfning ona tili kursi o’quvchilarni til fani haqida dastlabki ma’lumotlar bilan tanishtiradi. 5-sinfdan boshlab ona tilining izchil kursini o’rgatish ko’zda tutiladi. Maktablarda ona tili o’qitish amaliyati shuni ko’rsatdiki, har bir til sathini alohida-alohida o’rgatishdan oldin shu sathlarni birlashtiruvchi, ularnining o’zaro chambarchas bog’liqligini kursatuvchi bir bo’lim - «Muqaddima» bo’limini kiritishga zaruriyat sezilmoqda. Turkiy tillar shu jumladan o’zbek tili o’qitish metodikasida, 5-sinflarda o’quv yilining boshida «Sintaksis va punktuatsiya»dan o’quvchilarga zaruriy bilimlar berish 70-yillardan beri amaliyotda sinab ko’rilmoqda. Ammo uzoq yillik tajribalardan shu narsa ma’lum bo’ldiki, «Muqaddima»ni faqat «Sintaksis va punktuatsiya bilan chegaralash samarli ijobiy natijalar bermaydi. Mazkur bo’lim sintaksis va punktuatsiyaga oid zaruriy masalalar bilan bir qatorda mustaqil va yordamchi so’zlar, yordamchi so’zlarning vazifalari, so’z tarkibi (morfemika), sodda, qo’shma va juft so’zlar kabilarni ham o’z ichiga qamrab olmog’i lozim.
Download 160.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling