Ona tili darslarida didaktik o'yinlarni tashkil etish vao'rgatish metodikasi mundarija: kirish asosiy qism I bob didaktik o‘yinlar


Didaktik o‘yinlarning turlari va o‘tkazish yo‘llari


Download 167.26 Kb.
bet6/14
Sana09.11.2023
Hajmi167.26 Kb.
#1759044
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
ONA TILI DARSLARIDA DIDAKTIK O\'YINLARNI TASHKIL ETISH VAO\'RGATISH METODIKASI

Didaktik o‘yinlarning turlari va o‘tkazish yo‘llari

O‘yinlarning yana bir diqqatga sazovor joyi shundaki, sinfda inoqlik, shiddat hukm suradi. O‘quvchilar bir-birlariga yordam bergilari kelib, sinf jamoasining jipsligi yanada ortadi.
Ona tili mazmuniga ko‘ra ta’limiy o‘yinlar quyidagicha tasnif qilinadi:

  1. fonetik – grafik o‘yinlar

  2. so‘z yasalishi bo‘yicha o‘yinlar

  3. grammatik o‘yinlar

  4. orfografik o‘yinlar

  5. nutq o‘stirish tusidagi o‘yinlar.

Ta’limiy o‘yinlar o‘tkazilish xarakteriga ko‘ra quyidagi turlarga ajraladi:

  1. og‘zaki o‘yinlar

  2. indamas o‘yinlar

  3. yozma o‘yinlar

ta’limiy o‘yinlar tashkil qilinishi bo‘yicha quyidagi turlarga ajraladi:

  1. guruxlararo musobaqa tarzidagi o‘yinlar

  2. tarqatma materiallar yordamida o‘tkaziladigan o‘yinlar

  3. qo‘l barmoqlari yordamida o‘tkaziladigan o‘yinlar

ona tilidan ta’limiy o‘yinlar, shuningdek, she’r, ertak, hikoya, topishmoq, tez aytishlardan, turli rebus va boshqotirma jadvallaridan ham unumli foydalanish mumkin.
O‘yinni tashkil qilishda o‘qituvchi quyidagi tamoyillarga amal qilishi lozim:

  • o‘yin qiziqarli, sodda, tushunarli, aniq bo‘lsin;

  • o‘yin mavzuga mos, chuqur mazmunli bo‘lsin;

  • o‘yinda iloji boricha ko‘proq o‘quvchi ishtirok etsin;

  • o‘yinda qiziqarli narsalar ko‘p bo‘lsin;

  • o‘yinni o‘tkazilish muddati, tartibi aniq bo‘lsin;

  • o‘yin o‘quvchilarni muayyan ko‘nikmalari va malakalarini shakllantirsin;

  • o‘yin g‘oliblari rag‘batlantirib borilsin.

O‘qituvchi o‘yin turlarini mustahkamlanayotgan mavzuga muvofiq tanlab, belgilangan o‘yin turiga mos shaklni tuzib, o‘yin tartibini aniq belgilab olishi lozim. O‘yin uchun kerakli material esa imlo lug‘ati, o‘qish kitobi, bolalar jurnali, turli badiiy asarlar to‘plamlaridan olinadi.
Materialni o‘yin shakliga solishda quyidagi shartlarga rioya qilish lozim:

  • o‘yin materialida mavzuga oid misol ilojiborichako‘p bo‘lsin;

  • material va o‘yin shakli o‘quvchi yoshiga mos, tushunarli, sodda va qiziqarli bo‘lsin;

  • o‘yin shakli va material hajmi dars strukturasiga muvofiq bo‘lsin;

  • material va o‘yin shakli o‘quvchi nutqini o‘stirish, imloviy savodxonligini oshirish imkongiyatini bersin;

  • material va o‘yin shakli o‘quvchi aqliy faolligini yaxshilasin;

  • material va o‘yin shakli o‘quvchi dunyoqarashini o‘stirsin, tarbiyaviy elementlarga boy bo‘lsin.

Boshlang‘ich sinf ona tili dasturidagi har bir mavzu bo‘yicha muayyan shakldagi ta’limiy o‘yinni tashkil qilish mumkin. O‘qituvchi, avvalo, ta’limiy o‘yinning ta’lim-tarbiyaviy maqsadini belgilab, o‘yinga kerakli materialni tayyorlab o‘quvchilarga ta’limiy o‘yinni o‘tkazish tartibini aniq
tushuntirib berishi, o‘yinni o‘zi boshqarib borishi, o‘quvchilarniing xatolarini yo‘l-yo‘lakay tuzatib borishi zarur. O‘yin oxirida tegishli xulosalar chiqarilib, ballar e’lon qilinadi.
Boshlang'ich ta'lim bosqichi-da asosiy e'tibor o'quvchilarning so'z boyligini oshirish, o'zbek tilidagi nutq tovushlarini to'g'ri talaffuz qilish ko'nikmalarini rivojlantirish orqali ularning og'zaki va yozma nutqini shakllantirishga qaratiladi. Shundan kelib chiqib, 2—4- sinflarda o'quvchilarni tabiat hodisalarini kuzatishga o'rgatish, narsa-buyumlar, o'simlik va hayvonot dunyosiga oid tushunchalarning nomlari, belgi, miqdor, harakat-holatni bildiruvchi so'zlar bilan ularni tanishtirish — o'zbek tili darslarining asosiy ta'limiy maqsadi hisoblanadi. Bunda o'quvchilarning so'zlarni imkon qadar ko'proq o'zlashtirishi hamda xotirasiga singdirib borishiga qaratilgan mashq turlaridan foydalanish dars samaradorligini belgilaydi. Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim bosqichida didaktik o'yinlardan foydalanish, ayniqsa, muhimdir.
Didaktik o'yinlar o'quvchi­larning o'zaro va o'qituvchilar bilan hamkorligini mustahkamlashda beqiyos ahamiyat kasb etadi. Ta'limiy o'yinlar bilimlarni o'zlashtirish jarayonini yengillashtiradi, o'quvchilarni darsga to'liq jalb etishga yordam beradi, ularning ijodiy tafakkuri, faolligini o'stirishning asosiy vositasi hisoblanadi. Biroq ta'limiy o'yinlarni me'yorida qo'llash kerak, ularni haddan ziyod ko'paytirib yuborish o'quvchini dars maqsadidan chalg'itib qo'yishi mumkin.
Ta'lim boshqa tillarda olib boriladigan maktablarning boshlang'ich sinf o'quvchilari so'z boyligini oshirish uchun o'zbek tili darslarida quyidagi didaktik o'yinlardan foydalanish tavsiya etiladi.

Download 167.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling