Ona tili darslarida didaktik o'yinlarni tashkil etish vao'rgatish metodikasi mundarija: kirish asosiy qism I bob didaktik o‘yinlar
Download 167.26 Kb.
|
ONA TILI DARSLARIDA DIDAKTIK O\'YINLARNI TASHKIL ETISH VAO\'RGATISH METODIKASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Induksiya metodida
Analiz-sintez metodi savod o’rgatish darslariga rustuzem maktablari va tatar o’qituvchilarining faoliyati orqali kirib kelgan. O,na tili ta’limi jarayoniga analiz — tahlil grammatik hodisaning muhim belgilarini aniqlash maqsadida, o’rganilgan grammatik tushunchaning yangi qirralarini ochish va mustahkarnlash maqsadida tatbiq etiladi. Fonetik, leksik, morfologik va sintaktik tahlil shu metodning amalda namoyon bo’lishidir. Sintez qismlarga bo’lib o’rganilgan grammatik materialni yaxshilashdir. Masalan, ot, sifat, fe’l, son kabi so’z turkumlari o’rganilayotganda ularga oid so’zlar berilib, ular ishtirokida gap tuzish, aralash berilgan so’zlardan gap tuzish, aralash berilgan gaplarni voqealar rivoji asosida tartiblashtirib matn tuzish, mazmunan tahlil qilingan rasm asosida hikoyacha tuzish kabi ishlarda sintez metodi namoyon bo’ladi. Analizsintez metodida ham o’quvchilarni faollashtirish o’qituvchining o’quvchilarga beradigan savol va topshiriqlariga, ishni tashkil etish shakllariga bog’liq bo’ladi.
Induksiya metodida o’qwchilar o’qituvchi tavsiya etgan til dalillarini kuzatadi, tahlil qiladi va shu asosda xulosa va ta’riflar keltirib chiqaradi. Deduksiya metodida o’quvchi tayyor qoida — ta’rif bilan tanishadi va uning mohiyatini tii dalillari asosida ochadi. Bu metodlarning samarasi o’qituvchining savoJtopshiriqlari mazmuni grammatik hodisaning muhim tomonlariga yo’naltirilganligiga, izchilligiga, faoliyatni tashkil etish shakllariga, o’quv vositalari (darslik, turli xarakterdagi lug’atlar, rasm, jadvaMar, texnik vositalar)ga bog’liq bo’ladi. So’nggi yillar davomida ta’lim tizimiga an’anaviy metodlar bilan birga zamonaviy pedagogik texnologiya usullari kirib keldi. Ulardan ona tili ta’limi jarayonida foydalanish bo’yicha yutuqlar qo’lga kiritildi. Bugungi kunda jamiyatning shiddatli o’sishi, fan texnikaning rivojlanishi, amalga oshirilayotgan islohotlarning ijobiy natijalari barcha sohalar kabi ta'lim-tarbiya jarayonlariga ham o’z ta'sirini o’tkazmoqda. Hozirgi sharoitda xalq ta'lim tizimi, uning barcha bo’g’inlarini yagona kompleks sifatida qarash talab etilmoqda. Bu bo’g’inlar bolalarning maktabgacha tarbiya olishini, umumiy va maxsus bilimga, professional tayyorgarlikka ega bo’lgan yoshlarning shaxs sifatida ma'naviy va axloqiy kamol topishini, ularning jismoniy rivojlanishini ta'minlaydi. Maktab jamiyatning talablariga bo’ysunuvchi va uning ehtiyojlarini to’la qondirish uchun javobgar bo’lgan muhim bo’g’in hisoblanadi va bu dargoh insonni shakllantirish uchun mas'uldir. Ma'lumki, shaxs bir butun shaklda rivojlanadi. Bir butun ta'lim-tarbiya jarayoniga xos vazifa insonda nafaqat aqliy, balki layoqat va malakani ham shakllantiradi. Bir butunlikda bo’lgan jarayon o’quvchida qiziqish hissini tarkib toptiradi. Shaxsni shakllantirishdagi vazifalarning o’zaro birligini ta'minlashda, avvalo, maqsad, vosita va kuzatilgan natijalarning birligi ham nazarda tutiladi.Kichik maktab o’quvchisini fikr doirasini kengaytirishda, muloqot san'atining boshlang’ich savodini egallashda, kompleksli ta'lim jarayonini amalga oqhirishda o’quvchilarni nutqini shakllantirishga oid darslarning o’rni va ahamiyati kattadir. Hozirgi davr respublikamiz ijtimoiy hayotidagi tub ijobiy o‘zgarishlar boshlang‘ich sinflar ona tili ta’limini oldiga muhim talablar qo‘ymoqda. Mashg‘ulotlarni pedagogik texnologiyalar asosida qurish, davlat ta’lim standartlari talablarini bajarish, bolalarning fikrlash darajasini muntazam ravishda o‘stirib borish, uquvchilarning nu qiy va imloviy savodxonligini to‘la ta’minlash ana shu talablar sirasiga kiradi Ona tili o‘qitish metodikasida o‘quvchilarning savodini chiqarish, grammatik tushunchalarini shakllantirish, ularning nutqiy va imloviy savodxonligini oshirishda qo‘llanadigan usullar, mashqlar variantlari ko‘p. Fonetik, grammatik, orfografik tushunchalarni mustahkamlash, nutqiy malakani mukammal shakllantirishda metodika fanidan belgilangan mashqlar qatorida ta’limiy o‘yinlar ham muhim o‘rin tutadi. Ta’limiy o‘yinlarni boshqa mashq turlaridan farqi shuki, bunda bir tamondan, o‘quvchilarning zerikishi, charchog‘iga barham berilsa, ikkinchidan tamondan, bolalarning fikrlash jarayoni tezlashadi, muayyan belgilangan malakalarning mufassal shakllanishi osonlashadi. Ma’lumki o‘quvchi qancha yosh bo‘lsa, darslarda qo‘llanadigan qiziqarli o‘yin elementlari shunchalik ko‘p bo‘lishi lozim. Chunki darsda qo‘llanadigan didaktik o‘yin, bir tamondan, ayrim bolalar tabiatiga xos bo‘lgan qiziquvchanlik, sho‘xlik kabi xususiyatlariga muvofiq kelsa, ikkinchi tamondan, ba’zi bolalardagi odamovilik, indamaslik, uyatchanlik kabi jihatlarini bartaraf etib boradi. Demak, o‘yin jarayoni o‘quvchi psixologiyasida keskin o‘zgarishlar yasaydi. O‘yin davomida o‘quvchi mavhum grammatik-orfograk tushunchalar mohiyatini anglay boshlaydi, uning xotirasida ko‘pgina so‘zlar uchun umumiy bo‘lgan belgilar o‘rin ola boshlaydi, og‘zaki va yozma nutqidagi orfoepik – orfografik tushunchalar mohiyatini anglay boshlaydi, yozma nutqidagi orfoepik – orfografik nuqsonlar kamayadi. Ta’limiy o‘yinlar sinf jamoasining erkin tutishlarini ta’minlaydi, darsning samaradorligi ortadi. O‘yinda ko‘pchilik o‘quvchilarning faol ishtiroki ta’minlanib, reyting ballarini qo‘yib borish imkoniyati tug‘iladi. Download 167.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling