Tilshunoslik kafedrasi
Download 119 Kb.
|
Ona matndan foydalanish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: 5-sinf “Оnа tili” darslaridа matndan foydalanish Reja: Kirish
- 1. 5-sinf “Ona tili” darslarida tasvir matnidan foydalanish. 2. 5-sinf “Ona tili” darslarida rivoya matnidan foydalanish.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI FILOLOGIYA VA TILLARNI O’QITISH FAKULTETI O’ZBEK TILI YO’NALISHI TILSHUNOSLIK KAFEDRASIᄃ Mavzu: 5-sinf “Оnа tili” darslaridа matndan foydalanish BAJARDI: _____________________ ILMIY RAHBAR: ______________________
Kirish 1.“Ona tili” darsliklarida yozma nutqni o’stirish usullari Asosiy qism 1. 5-sinf “Ona tili” darslarida tasvir matnidan foydalanish. 2. 5-sinf “Ona tili” darslarida rivoya matnidan foydalanish. 3. 5-sinf “Ona tili” darslarida muhokama matnidan foydalanish. III. Xulosa. IV.Foydalanilgan adabiyotlar Kirish
Maktab jamiyatning talablariga bo’ysunuvchi va uning ehtiyojlarini to’la qondirish uchun javobgar bo’lgan muhim bo’g’in hisoblanadi va bu dargoh insonni shakllantirish uchun mas'uldir. Ma'lumki, shaxs bir butun shaklda rivojlanadi. Bir butun ta'lim-tarbiya jarayoniga xos vazifa insonda nafaqat aqliy, balki layoqat va malakani ham shakllantiradi. Bir butunlikda bo’lgan jarayon o’quvchida qiziqish hissini tarkib toptiradi. Shaxsni shakllantirishdagi vazifalarning o’zaro birligini ta'minlashda, avvalo, maqsad, vosita va kuzatilgan natijalarning birligi ham nazarda tutiladi. Kichik maktab o’quvchisini fikr doirasini kеngaytirishda, muloqot san'atining boshlang’ich savodini egallashda, komplеksli ta'lim jarayonini amalga oqhirishda o’quvchilarni nutqini shakllantirishga oid darslarning o’rni va ahamiyati kattadir. Ma'lumki, shaxs bir butun shaklda rivojlanadi. Bir butun ta'lim-tarbiya jarayoniga xos vazifa insonda nafaqat aqliy, balki layoqat va malakani ham shakllantiradi. Bir butunlikda bo’lgan jarayon o’quvchida qiziqish hissini tarkib toptiradi. Shaxsni shakllantirishdagi vazifalarning o’zaro birligini ta'minlashda, avvalo, maqsad, vosita va kuzatilgan natijalarning birligi ham nazarda tutiladi. Kichik maktab o’quvchisini fikr doirasini kengaytirishda, muloqot san'atining boshlang’ich savodini egallashda, kompleksli ta'lim jarayonini amalga oqhirishda o’quvchilarni nutqini shakllantirishga oid darslarning o’rni va ahamiyati kattadir. Hozirgi davr respublikamiz ijtimoiy hayotidagi tub ijobiy o‘zgarishlar boshlang‘ich sinflar ona tili ta’limini oldiga muhim talablar qo‘ymoqda. Mashg‘ulotlarni pedagogik texnologiyalar asosida qurish, davlat ta’lim standartlari talablarini bajarish, bolalarning fikrlash darajasini muntazam ravishda o‘stirib borish, uquvchilarning nutqiy va imloviy savodxonligini to‘la ta’minlash ana shu talablar sirasiga kiradi. Matn (lotincha: textus — mato; birikma) — maʼlum moddiy tashuvchiga bog‘langan inson fikri; belgilarning umumiy izchil va to‘liq ketma-ketligi. Matn tushunchasining ikkita asosiy talqini mavjud: immanent (kengaytirilgan, falsafiy qarashlarga yo‘g‘rilgan) va reprezentativ (asosan, xususiy munosabat aks etgan). Immanent yondashuv matnda voqelikka xolis munosabat bildirib, uning ichki tuzilishini uchinchi shaxs tomonidan yoritishga e‘tibor qaratishni nazarda tutadi. Reprezentativ yondoshuv esa, matnni tashqi voqelik haqidagi maʼlumotni taqdim etishning maxsus shakli sifatida ko‘rib chiqishni anglatadi. Tilshunoslikda „matn“ atamasi keng doirada, jumladan, og‘zaki nutq namunalarida ham qo‘llaniladi. Matnni idrok etish matn lingvistikasi va psixolingvistika doirasida o‘rganiladi. I. R. Galperin matn xususiyatlari haqida to‘xtalib o‘tar ekan, unga quyidagicha taʼrif beradi: „Matn bu yozma hujjat shaklida ob’ektivlashtirilgan, turli xil leksik, grammatik va mantiqiy bog‘lanishlar bilan birlashtirilgan bir qator bayonotlardan tashkil topgan, axloqiy xarakter, pragmatik munosabat va shunga mos ravishda adabiy qayta ishlangan maʼlum bir xususiyatga ega bo‘lgan yozma xabardir“[1]. Keng yoritilgan, murakkab hajmga ega bo‘lgan bir jumladan iborat yozuvni matn deb atash mumkin emas. Chunki matn bir nechta mustaqil gapga ajralishi mumkin, bunda gap bo‘laklari matnga emas, balki murakkab gapning sintaksis qonunlariga ko‘ra birikadi. Download 119 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling