Tilshunoslik kafedrasi
Download 119 Kb.
|
Ona matndan foydalanish
Asosiy qoida - matn ikki yoki undan ortiq jumladan iborat bo‘ladi.
Matnning semantik yaxlitligi mavjud voqelikdagi bog‘lanish va bog‘liqliklar (ijtimoiy hodisalar, tabiat hodisalari, inson, uning tashqi ko‘rinishi va ichki dunyosi, jonsiz tabiat ob’ektlari va boshqalar)ni aks ettiradi. Nutq predmetining birligi gapning mavzusidir. Mavzu esa matnning semantik o‘zagi, uning ixchamlashtirilgan va umumlashtirilgan mazmunidir. „Matn mazmuni“ tushunchasi nutqning axborot mazmuni kategoriyasi bilan bog‘liq jarayon bo‘lib, faqat matnga xosdir. U o‘quvchiga hodisalar o‘rtasidagi bog‘liqlikni, ularning barcha sohalardagi ahamiyatini muallifning individual munosabati orqali xabardor qiladi, unga semantik yaxlitlik beradi. Katta matnda yetakchi mavzu bir qator kichik tarkibiy mavzularga, kichik mavzular esa o‘z navbatida paragraflar (mikro-mavzular)ga bo‘linadi. Matnda bayon qilinayotgan fikrning to‘liqligi matnning semantik yaxlitligi bilan bog‘liq bo‘lib, to‘liq tugallangan, yaxlit tugal mazmunga ega matn mazmunni to‘liq aks ettiruvchi sarlavhani tanlash orqali amalga oshiriladi. Shu tariqa matnning semantik yaxlitligidan uning quyidagi xususiyatlari kelib chiqadi: Matn — bu maʼlum bir mavzudagi bayonot; Matn so‘zlovchining niyatini, asosiy g‘oyasini ifodalab beradi; Har qanday hajmdagi matn nisbatan avtonom (to‘liq) bayonotdir; Matnda gaplar mantiqiy jihatdan bog‘langan bo‘ladi; Matn uchun uning mazmuniga mos sarlavha tanlash mumkin; To‘liq matn odatda boshlanish va yakunga ega bo‘ladi. Ma’lumki, inson voqelikni, borliqni til orqali, uning vositalari yordamida aks ettiradi. Shu jarayonda u turli matn ko’rinishlarini yaratadi. Bular quyidagilar: Yuz bergan voqea-hodisa haqidagi oddiy axborot ko’rinishida yaratilgan matn ma’lumotnoma matni deb ataladi. Bu matnning quyidagi belgilari bor: 1) so’zlar o’z m’nolarida qo’llanadi; 2) tilda mavjud bo’lgan badiiy-tasviriy vositalardan (masalan, badiiy san’at turlaridan) deyarli farqlanmaydi; 3) yuz bergan voqea-hodisa oddiy so’zlar vositasida tasvirlanadi. Yuz bergan voqea-hodisa haqida ijodiy – tavsifiy bayonni aks ettiruvchi matn ijodiy – tavsifiy matn deb yuritiladi. Bu matnning quyidagi belgilari bor: 1) yuz bergan voqea-hodisa haqida shaxsiy fikr mulohaza bayon qilinadi; 2) tilning badiiy – tavsifiy vositalaridan unumli foydalaniladi; 3) har bir voqea-hodisa muayyan dalillar bilan ishonarli tarzda aks ettiriladi. Bu matn turlariga ilmiy, ommabop va badiiy uslublarda yaratilgan matnlarni, shuningdek, inshoni kiritish mumkin. O’quvchilar bilan amaliy ishlash: Matn tuzish Dialogik matn tuzish Monologik matn yaratish Badiiy asarlardan dialogik va monologik matn turlariga misol yozish Matnni qisartirish va kengaytirish Uslubiyatda uslublar, til vositalararining nutqda qo’lanish yo’llari, fonetik, lug’aviy, frazeologik va grammatik birliklarning qo’lanish xususiyatlari o’rganiladi. Uslubiyat tilshunoslik fanining bir bo’limi bo’lib, nutq jarayonida til hodisalarining maqsadga sharoitiga va muhitga mos ravishda foydalanish qonuniyatlari bilan tanishtiriladi. Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma’lum bir sohada qo’llanadigan ko’rinishi adabiy til uslubi deyiladi. O’zbek adabiy tilida quydagi asosiy nutq uslublari bor: So’zlashuv uslubi: Keng qo’llanadigan uslublardan so’zlashuv uslubidir. Bu uslubda ko’pincha adabiy til me’yorlariga rioya qilinad. So’zlashuv uslubidagi nutq ko’pincha diologik shaklida bo’ladi.Ikki yoki undan ortiq shaxsning luqmosidan tuzilgan nutq diologik nutq deyiladi. So’zlashuv uslubida ko’pincha turli uslubiy bo’yoqli so’zlar, grammatik vositalar, tovushlarning tushib qolishi, ortirilishi mumkin. Obbo, hamma ishni dondiribsizda.Mazza qildik.Ketaqool! So’zlashuv uslubida qopdagi so’zlar tartibi ancha erkin bo’ladi.Ko’proq sodda gaplar, to’liqsiz gaplar,undalmali gaplardan foydalaniladi. Ilmiy uslub. Fan texnikasining turli tarmoqlariga doir ilmiy asoslar darsliklar ilmiy uslubda yoziladi. Ilmiy uslub aniq ma’lumotlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalar(qoidalar, ta’riflarga) boy bolishi bilan boshqa uslublardan farq qiladi.Fuqoroning huquq layoqati tug’ilgan paytdan e’tiboran vujudga keladi va vafot etishi bilan tugaydi. Ilmiy uslubda har bir fanning o’ziga xos ilmiy atamalaridan foydalaniladi,bu uslubda so’zlar o’z ma’nosida qo’llaniladi,qoida yoki ta’rifning mazmunini ochishiga xizmat qiladigan ajratilgan bo’laklar, kirish so’zlar,kirish birikmalar, shuningdek, qo’shma gaplardan ko’proq foydalaniladi. Rasmiy-idoraviy uslub. Davlat idoralari tomonidan chiqariladigan qarorlar, qonunlar, nizomlar, xalqaro hujjatlar, rasmiy-idoraviy uslubda yoziladi. Ariza, tilxat, ma’lumotnoma, chaqiruv qog’ozi, taklifnoma, shartnoma, tarjimaihol, e’lon, tavsifnoma, dalolatnoma, hisobot kabilar ham shu uslubda yoziladi. Bunday uslubdagi hujjatlar qisqa, aniq, barcha uchun tushunarli qilib tuziladi. Bu uslubda ham so’zlar o’z ma’nosida qo’llanadi, ko’pchilikka ma’lum bo’lgan ayrim qisqrtma so’zlar ishlatiladi, har bir soxaning o’ziga xos atamalaridan foydalaniladi. Rasmiy-idoraviy uslubda ko’pincha darak gaplardan ham foydalaniladi.Bu uslubda gap bo’laklarining odatdagi tartibda bolishiga rioya qilinadi. O’z lavozimini suviste’mol qilganligi uchun M.Ahmedovga hayfsan e’lon qilinsin. Ommabop (publitsistik) Uslub. Kashfiqot - targ’ibot ishlarini olib borishda qo’llanadigan uslub,ya’ni matbuot uslubi Ommabop uslub hisoblandi. Bu uslubda ijtimoiy- siyosiy so’zlar ko’p qollanadi. Nutq ta’sirchan bo’lishi uchun ta’sirchan so’z va birikmalardan, maqol va hikmatli so’zlardan ham foydalaniladi. Bunday uslubda gap bo’laklari odatdagi tartibda bo’ladi, kesimlar buyruq va xabar maylidagi fe’llar bilan ifodalaniladi, darak, his-hayajon va ritorik soroq gaplardan yoyiq undalmalardan, takroriy so’z va birikmalrdan unimli foydalaniladi. Azamat paxtakorlarimiz mol hosil yetishtirish uchun fidokona mehnat qilishyapti. Badiiy asarlar (nazm, nasr va drammatik asarlar) badiiy uslubda bo’ladi. Badiiy asar kishiga ma’lumot berish bilan birga timsolar (obrazlar) vositasida estetik ta’sir ham ko’rsatadi. O’lkamizda fasllar kelinchagi bo’lmish bahor o’z sepini yoymoqda. Badiiy uslubda qahramonlar nutqida oddiy nutq so’zlari, sheva, bulgarizmdan ham foydalaniladi. Badiiy asarlar uslubi aralash uslub hisoblanadi. Unda so’zlashuv uslubiga, kitobiy uslublarga xos o’rinlarga ham uchraydi. Nutq madaniyati haqida. Nutq tog’ri, aniq va yoqimli bo’lishi lozim. Buning uchun mantiqiy izchilikka va me’yorga rioya qilish, qayerda qanday gapirishni bilish lozim. Azada ko’tarinki nutq munkin bo’lmaganligi kabi, tantanada g’amgin so’zlash ham nutq madaniyati pasligidan dalolat beradi. 1.5-sinf “Ona tili” darslarida tasvir matnidan foydalanish. Tasviriy matnlar.Bunday matn tinglovchiga noma’lum bo‘lgan biror kishi, joy, hayvonot va nabotot olamiga mansub mavjudot yoki qandaydir narsa-buyum hamda voqеa-hodisani batafsil tasvirlab bеrish maqsadida tuzilgan bo‘ladi. Tasviriy matnda ham monologik nutq ko‘rinishi yеtakchilik qiladi. Partonimik tasvir bunday matnning eng xaraktеrli xususiyati hisoblanadi. Ya’ni, tasvirlanayotgan obyеktning dastlab, birlamchi xususiyati tilga olinadi. Kеyin unga aloqador xususiyatlar va qismlardan so‘z yuritiladi. Umumta’lim maktablarining 5 —9 —sinflari uchun yaratilgan ona tili darsliklarida, 7 —sinfning oxiri va 8 —sinfning boshlarida «Ijodiy yozma magn ustida ish» mavzuini o‘rganish nazarda tutilgan. Buning uchun 7 —sipflarda 16 soatlik, 8 —sinflarda 10 soatlik o‘quv mashkulotlari rejalashtirilgan. 7 —sinfda «Matn», «Ijodiy matn», «Sarlavha», «Muallif huquqlari va mas’uliyati», «Matnning ixcham va mufassal rejalari, «Xat boshi», «Matn tahriri» tushunchalarini anglash va farqlash, ulardan amaliy foydalanish ko‘zda tutilgan. Bu bosqichda o‘quvchilar rasm —tasvir asosida xilma —xil mavzularda matn yaratishi mumkin. Masalan, rasmda uy, ayvon, hovli, gulzor, uy hayvon lari, mevali daraxtlar tasvirlangan bo‘lsa, bir o‘quvchi bu xonadon kimga qarashli ekanligi, qishloqning (shaharning) nomi, o‘z oilasi, ota —bobolari, ajdodi to‘g‘risida fikr yuritsa, boshqasi shu o‘yda parvarish qilinayotgan uy hayvonlari.ularning inson turmushi, xalq xo‘jaligiga kelgiradigan foydasi haqida, ularning hulq — atvorlari hamda, insonning eng qadimiy do‘sti (it.ot) ekanligi, boshqa biri esa mevalar, ularni ko‘paytirish, parvarishlash bilan shug‘ullanuvchi bog‘bonlar haqida yozadilar v.h. Mavzular rang —barangligini ta’minlash maqsadida o‘qituvchi aynan bir rasm uchun turli mavzudagi sarlavhalar topishni o‘quvchilarga buyurishi, har bir o‘quvchi, o‘zi o‘ylab topgan sarlavha as.osida matn yaratishi nihoyatda samarali bo‘ladi. Zero, har bir o‘quvchi sarlaha topish maqsadida rasmni astoydil, qatgiq e’tibor bilan kuzatadi va o‘zi uchun muhim, qiziqarli hisoblangan narsa —buyum, voqea —hodisani mustaqil ajratadi, mavzuga keraklisini tanlaydi. Ana shunda o‘quvchiga matn yaratish ko‘nikmalarini shakllantirish uchun berilgan lingvopsixologik topshiriqlsf o‘z hosilasini beradi: fikrlash uchun boy manba, keng imkoniyatlar yaratiladi.O‘quvchilar yuqorida ta’riflangan rasmga umuman hech kimni hayoliga kelmaydigan sarlavha tanlan7i va N1u mavzuda juda hiziqarli matn yaratishi mumkin. Bitta rasmga 6 —sinf o‘quvchilari tomonidan tanlangan sarlavhalardan namunalar keltiramiz: «Men tug‘ilgan uy», «Ot— yigitning qanoti», «Tarzan» (kuchukning laqabi), «Men bog‘bon bo‘laman», «Anor shifobaxsh meva» «Gul insonga baxt keltiradi», «Qishloqdagi hovlimiz», «Ona vatan ostonadan boshlanadi», v.h. Uquvchilar tomonidan tanlangan mazkur sarlavhalarning dunyoga kelishi bejiz emas. Birinchi o‘quvchi rasmda o‘zi tug‘ilib o‘sgan uyni tasavvur qilgan bo‘lsa, ikkinchi o‘quvchi shu rasmda tasvirlangan otga ahamiyat beradi, uchinchi o‘quvchi esa buni qarangki, oldingi rejadagi narsalarga ahamiyat bermay, bir chetda yotgan kichkinagina kuchukni ko‘rgan va bo‘lajak matni uchun eng ma’qul sarlavhani tanlagan.Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8 —sinflari uchun mo‘ljallangan «Ona tili» darsligida «Insho turlari» mavzusini o‘rganish nazarda tutilgan. Bunda o‘quvchilarni «Insho — badiiy matnnipg oliy ko‘rinishi», «Ilmiy insholar», «Erkin insholar», «Ramziy — badiiy insholar» kabi xilma —xil insholar rejasi va matnlari namunalari, har bir insho turining o‘ziga hos uslubiy va mazmuniy xususiyatlari bilan tanishtirish ko‘zda tutilgan. Ilmiy matnlar yaratishda ham o‘quvchilarni OVKTta’lim tizimiga asoslangan matn yaratishning zamonaviy texnologiyasi MYABT —4 moduli asosida ishlashini tashkil qilish, matn yaratish jarayonida so‘zni tanib va tanlab ishlatishga yo‘naltirish nihoyatda foydali.Bundan gashqari umumta’lim maktablariping yuqori sinf o‘quvchilarida ilmiy insholarni jadal yozish ko‘nikmalarini hosil qilish, keyingi bosqichda — akademik litsey va kasb —hunar kollejlarida o‘quvchilarni ixtisosiy matn yaratishga o‘rgatish ishiga mustahkam zamii bo‘lib hizmat qiladi.O‘quvchilarda nutqiy malakalar, tezkor matn yaratish ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishda quyidagi intellektual ta’lim usullaridan ham keng foydalanish mumkin. 2. 5-sinf “Ona tili” darslarida rivoya matnidan foydalanish. Download 119 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling