Shunday deb o‘ylab turib, bir qarasam, o‘rtog‘imning ko‘zlari yoshlanyapti. «Endi ikkalamiz ham o‘qishdan haydalamiz va «plagiat» (ko‘chirmachilik) uchun endi bizni 5 yilgacha hech qayerga o‘qishga olishmaydi» deb qoldi.
Eng yomoni, ko‘chirmachilikning g‘irt O‘G‘RILIK ekanligini o‘shanda birinchi marta tanamda his qildimu, yer yorilmadi, men yerga kirib ketmadim.
Lekin bitta nemis talabasining vijdoni «oddiy ko‘chirmachilik»ni qabul qila olmay ko‘ziga yosh olganligini ko‘rib, o‘zimdan uyalib ketdim. Ana shunda nima sababdan dunyoda nemislar rivojlanib ketishganligini-yu, nimaga ularning ko‘plab maxsulotlari dunyoda tengsiz ekanligini tushunib yetdim.
O‘qib tushunishni rivojlantirishda ona tili darslarining o‘rni
1. Matn muallifi qayerda o‘qigan?
2. U qanday vazifa topshirishi kerak edi?
3. U nima uchun vazifani o‘zi bajarmadi?
4. Nemis kursdoshi vazifa ko‘chirilganini qanday bilib qoldi?
5. Nemis talaba nima uchun ko‘ziga yosh oldi?
6. Matn muallifi muammoni qanday hal qildi?
7. U qisqa muddatda qiyin vazifani uddalashiga nima turtki berdi?
8. Matn muallifining fikri nima uchun o‘zgardi?
9. Ko‘chirmachilik nima uchun taraqqiyotga to‘siq bo‘ladi?
10. Ko‘chirmachilik qilgan odamning o‘zi bundan qanday zarar ko‘radi?
O‘qib tushunishni rivojlantirishda ona tili darslarining o‘rni
Mashqlardan namuna:
Matndan olingan quyidagi gaplarni o‘qing. Ularning ayrimlarida undov belgisining o‘zi, ayrimlarida undov belgisi so‘roq belgisi bilan birga qo‘llangan. gaplarning matnda bildirgan ma’nosidan kelib chiqib, ushbu tinish belgilarining nima uchun qo‘llanganini tushuntiring.
1.O‘rtog‘im men «yozgan» matnni olib, «Google»ga tashlagan edi, shundoq men ko‘chirib olgan sayt eng birinchi bo‘lib chiqib kelsa bo‘ladimi?!
2.U o‘qishda davom etdi va oxirigacha o‘qib bo‘lgach, menga ayblovchi nigoh bilan qaradi-da, «Sen ko‘chiribsan-ku!» dedi.
Do'stlaringiz bilan baham: |