Ona tili darslarida qo'llaniladigan samarali metodlar mundarija: kirish
Farqlash (differensiasiya) tamoyili
Download 51.75 Kb.
|
ONA TILI DARSLARIDA QO\'LLANILADIGAN SAMARALI METODLAR....
Farqlash (differensiasiya) tamoyili. Bu tamoyilga ko’ra og’zaki tilda o’xshash, yaqin talaffuz qilinuvchi bir qator so’zlar yozuvda shaklan farqlangan holda yoziladi. Farqlashning bir necha ko’rinishlari bor:
1) unli tovushlarga ko’ra farqlash: jodi (asbob) – jodu (sehrli), oxir (so’ng) – oxur (mollarning oziqlanadigan joyi), urish (fe’l) – urush (jang, muhoraba), tursin (fe’l) – Tursun (ism), kampaniya (ma’lum davr) – kompaniya (sheriklar, shirkat); 2) undosh tovushlarga ko’ra farqlash: abzal (ot asbobi) –afzal (yaxshi), ganj (xazina) – ganch (qurilish materiali), paqir (chelak) – faqir (kambag’al, bechora), xush (yaxshi) – hush (sezgi, es), xol (yuzdagi xol) – hol (ahvol), pakt (siyosiy bitim) – fakt (dalil , isbot), zond (medisina asbobi) – zont (soyabon); 3) urg’u vositasida farqlash: atlas (geografik kartalar yig’indisi) – atlas (mato, material), yangi (sifat) – yangi (ravish), olim (ilmiy kishi) – Olim (ism), guli (meva guli) – Guli (ism), bosma (ot) – bosma (fe’l), akademik (sifat) –akademik (ot), olma – olma, suzma – suzma, surma – surma, tugma – tugma, tortma – tortma kabilar; 4) unlining cho’ziq-qisqaligi orqali, aniqrog’i yozuvda tutuq belgisini qo’llash orqali farqlash: davo – da’vo, ayon – a’yon, sava – sa’va, alam – a’lam, tana – ta’na, sher – she’r, tarif – ta’rif, taqib – ta’qib; 5) qo’shimchalarga ko’ra farqlash: bo’shlik (yuvoshlik, ojizlik) – bo’shliq (fazo), borlik (biror narsaga egalik, mavjudlik) – borliq (dunyo, koinot), otalik (otaga xos, otalik burchi) – otaliq (otaliqqa olish), tog’lik (tog’da yashaydigan kishi) – tog’liq (tog’li joy), oqlik (belgi oti) –oqliq (sut, qatiq), og’alik (akalik) – og’aliq (amal nomi). Misollarimizda -lik va -liq qo’shimchalari ma’noni farqlash uchun xizmat qilgan. Bundan tashqari, -li va -lik qo’shimchalari yordamida ham so’zlar yozuvda farq qilinadi: bolali (bolasi bor kishi)- bolalik (yoshlik, bolalik vaqti), belbog’li (belbog’i bor kishi)- belbog’lik (belbog’ bo’ladigan mato), kiyimli (kiyimi bor kishi)- kiyimlik (kiyim bo’ladigan mato), tog’li (tog’li joy)- tog’lik (tog’likda yashovchi), onali (onasi bor)- onalik (onalik mehri) va boshqalar. Download 51.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling