Krossvordlardan darsda va darsdan tashqari mashg’ulotlarda foydalanish mumkin. - Krossvordlardan darsda va darsdan tashqari mashg’ulotlarda foydalanish mumkin.
- Fikrlash doirasini kengaytirishda testlardan foydalanish ham katta samara beradi. Chunki test o’quvchini bilim saviyasini aniqlash bilan bir qatorda, uni o’ylashga, izlanishga, fikrlashga da’vat etadi. Boshlang’ich sinfdanoq testlarni tahlil qilish, javobini belgilashga odatlangan o’quvchi yuqori sinflarga o’tganda test topshiriqlarini hech ikkilanmay, bemalol bajara oladi.
- Test vaqtini tejash, dars mohiyatini yaxshi o’zlashtirishga yordam beradi. Shuning uchun test savollarini avvalo og’zaki tarzda butun sinf o’quvchilari bilan yechish kerak bo’ladi. Og’zaki muhokama etilgan mavzudan o’quvchi mustaqil xulosa chiqaradi. Bunda ham ko’rsatma harflardan foydalansa bo’ladi.
- Test javoblari 4 ta variantda beriladi. Ya’ni AVSD. O’quvchi qo’lida ham shu harflar yozilgan ko’rsatma xattaxtachalar bo’ladi. U o’zi to’g’ri deb bilgan harfni ko’rsatadi.
- Noan’anaviy darslarda qo’llanadigan usullardan biri tarqatma materiallar bilan ishlashdir.
Tarqatma materiallar kartochkalari o’tilgan mavzularni takrorlash, mustahkamlash, olingan bilimlarni sistemalashtirish maqsadida ishlatiladi. Kartochkalarni tarqatishdan avval o’quvchilar o’qituvchi bilan birgalikda darslikda berilgan mashqlarni bajarib, mashqlar shartini tushunish, bajarilish tartibini va yo’llarini o’rganadilar.
- Boshlang’ich sinflarda dars samaradorligini yanada oshirish uchun mana shu metodlarning barchasini AKT asosida o’qitilsa maqsadga muvofiq bo’ladi.
E’tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |