Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar
Download 227.6 Kb.
|
Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar
23. Qaysi gapda planeta nomi kichik harf bilan yozilishi lozim?
A) Yer Quyosh atrofida aylanadi. B) Galaktikamizdagi Oy Yerning tabiiy yo’ldoshidir. C) Biz shaharga Quyosh botganda kirib keldik. D) Barcha gaplarda bosh harf bilan yozilgani to’g’ri. 24. Muhr, zikr so’zlari qaysi qoida bo’yicha yoziladi? A) fonetik yozuv B) shakliy yozuv C) morfologik yozuv D) barcha javoblar noto’g’ri 25. Yosh—yasha, o’g’il – o’g’li, qorin—qorni, sen—seniki juftliklarining ikkinchisida fonetik o’zgarishlarning qaysi turlari vujudga kelgan? A) tovush almashishi B) tovush tushishi C) A, B D) tovush almashishi, tovush tushishi va tovush orttirilishi 26. Qaysi qatordagi so’zlarning ikkinchisi imlo qoidalariga ko’ra xato yozilgan? A) bo’shliq – bo’shlik B) quvg’in – quvgin C) sarob – sarof D) qism – qisim 27. Qachon “Davlat tili haqidagi Qonun”ning yangi tahrirdagi shakli qabul qilindi? A) 1989 - yil 21- oktabrda B) 1995 - yil 6-7 - mayda C) 1995 - yil 21- dekabrda D) 1995 - yil 24 - avgustda 28. Qismlari bir-birini izohlagan qo’shma so’zni toping. A) yozib oldi, e’lon qildi B) devsifat, ko’zoynak C) belbog’, oshqozon D) temir eshik, o’rta keng 29. 1995 - yilda qabul qilingan imlo qoidasiga ko’ra qaysi qatordagi so’zlar xato yozilgan? A) so’z boshi, tok qaychi B) lang ochiq, jiqqa ho’l C) to’q qizil, yildan yilga D) A va C 30.Qaysi yasama so’zlarning yasalishida imloviy xatolar mavjud? 1. o’qi+v=o’quv 2.qazi+v=qazuv 3. og’ri+q =og’ruq 4. qavi+q =qavuq 5. sovi+q =sovuq A) 3, 4, 5 B) 3, 4 C) 4, 5 D) 1, 3, 4 31. Qaysi qo’shma so’zlar to’g’ri yozilgan? A) qush qo’nmas, ish yoqmas B) qirg’iy ko’z, achchiq tosh C) olmaqoqi, kelintushdi, Urto’qmoq D) timqora, liqto’la, ochsariq 32. Qaysi qatordagi joy nomlari xato yozilgan? A) shimoliy Kavkaz, markaziy Qizilqum B) Misr Arab Respublikasi C) Amerika Qo’shma SHtatlari D) barchasi to’g’ri yozilgan 33. Qaysi qo’shimchalar uch xil aytiladi va shunday yoziladi? 1. faqat jo’nalish kelishigi 2. –gacha, -gin, -gina qo’shimchalari 3. –gach, -guncha, -gundek qo’shimchalari 4. –gan qo’shimchasi 5. o’rin-payt kelishigi A) faqat 1 B) 1, 3, 4 C) 1, 2, 3, 4 D) 1, 2, 3 34. Marosim, afsona kabilarni bildiruvchi qo’shma otlar qanday yoziladi? A) ba’zan qo’shib, ba’zan ajratib yoziladi B) ajratib yoziladi C) qo’shib yoziladi D) bunday so’zlar mavjud emas 35. Qaysi so’z imlo qoidasiga ko’ra noto’g’ri yozilgan? A) badxo’r B) badqavoq C) projektor D) gugurt 36. Tarkibli nomning qaysi biri to’g’ri yozilgan? A) O’zbekiston Milliy Tiklanish demokratik partiyasi B) O’zbekiston milliy tiklanish demokratik partiyasi C)O’zbekiston Milliy Tiklanish Demokratik partiyasi D) O’zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi 37. Qaysi qatordagi so’z morfologik yozuv qoidasi asosida yoziladi? A) buloqqa B) ishga C) elakka D) so’roqqa 38. Hozirgi o’zbek adabiy tilining lug’at boyligi qaysi manba negizida tarkib topgan? 1.umumturkiy so’zlar 2.o’zbekcha so’zlar 3. tojik tilidan kirgan so’zlar 4. arab tilidan kirgan so’zlar 5. rus tilidan kirgan so’zlar A) faqat 1 va 2 B) faqat 1 C) 1, 2, 5 D) 1, 2, 3, 4, 5 39. Qaysi qatordagi so’zlarda tovush tushishi yuz bergan? A) parvosi, shunga, bunda B) sana, yasha, tarqoq C) og’zi, yarmisi, susay D) o’rin, burun, qorin 40. Qaysi qatorda –lik qo’shimchasi to’g’ri qo’llangan? A) kuchlik B) uychilik C) ilmlik D) uylik-joylik 41. Qaysi so’zdagi qo’shimcha noto’g’ri yozilgan? A) og’gan B) sog’ga C) ketti D) kelmabdi Download 227.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling