Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar
Download 227.6 Kb.
|
Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar
Grammatika. Morfologiya.
Ot so’z turkumi 1. Qanday qo’shma otlar ajratib yoziladi? A) ikki va undan ortiq asosdan tarkib topgan turdosh otlar B) ikkinchi qismi turdosh otdan iborat bo’lgan atoqli otlar C) ikkinchi qismi atoqli otdan iborat bo’lgan qo’shma otlar D) qo’shma otlar faqat qo’shib yoziladi 2.O’lmasning onasi uyda o’tiradi, do’ppi tikadi. Ushbu gapda ot so’z turkumiga oid nechta so’z bor? A) 1ta B) 2ta C) 3ta D) 4ta 3.Atoqli otlar nimani atab kelishiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi? A) aniq va mavhum otlar B) shaxs nomlari va joy nomlari C) sodda va qo’shma otlar D) to’g’ri javob berilmagan 4.Mavhum ot yasovchi qo’shimchalarni toping. A) -goh , -xona , -loq B) -chi , -dosh , -kash C) -gich , -k , -zor D) -lik , -ch , -inch 5.Qaysi qatordagi gapda kelishik qo’shimchasini ko’makchi bilan almashtirish mumkin? A) Bog’imizdagi gullarning mayin hidi sabo bilan taraladi. B) Ishonch odamni buyuk ishlarga undaydi. C) Hech qachon eldan chiqmaslik zarur. D) Jomiy barcha xalqlarga, shu jumladan, o’zbek xalqiga, uning tili va madaniyatiga chuqur hurmat bilanqaradi. 6.Morfologiyaga oid atama qaysi javobda berilgan? A) bog’lama, shakliy yozuv B) jargon so’zlar, tasviriy ifoda C) bog’lovchi, o’timlilik D) fonema, bo’g’in 7.Otlarning erkalash shaklini hosil qiluvchi qo’shimchalarni belgilang A) -cha, -choq B) –chak, -ch C) –lar, -im D) –gina, -jon 8.Qaysi ot yasovchi qo’shimchalarning juftligi o’zaro sinonim bo’la olmaydi? A) –kor, -chi B) –shunos, -chi C) –paz, -chi D) berilganlarning barchasi o’zaro sinonim bo’la oladi. 9.Mavhum otlar berilgan qatorni toping A) ostona, hujayra B) yulduz, qirov C) suvdon, sadaf D) ovunch, xayol 10.Faoliyat-jarayon nomini bildiruvchi otlarni belgilang. A) tinch, xurramlik, ahillik, yupanch B) ezmalik, g’allachilik, terim, serobgarchilik C) gulchi, mahalladosh, o’simlikshunos, vazir D)tomoshagoh, qumloq, darsxona, bug’doyzor 11.Qaysi qo’shimcha otlarda achinish ma’nosini ham ifodalaydi? A) –choq B) -lar C) -xon D) -gina 12.Otlarga qo’shilgan –gina yuklamasini –gina erkalash, achinish qo’shimchasidan qanday farqlash mumkin? A) -gina yuklamasi hamisha so’zning oxirida keladi;egalik, ko’plik qo’shimchalari undan oldin keladi B) -gina yuklamasi egalik , ko’plik qo’shimchalaridan keyin keladi. C) -gina yuklamasi asosan chiziqcha bilan ajratib yoziladi, -gina erkalash, achinish qo’shimchasi esa qo’shib yoziladi D) -gina yuklamasi urg’u oladi, -gina erkalash, achinish qo’shimchasi esa urg’u olmaydi 13. Qaysi gapdagi -cha qo’shimchasi kesatish ma’nosida ishlatilmoqda ? A) Bog’da jajji qizcha gullarga suv quyar edi. B) Bu kishi xam shoircha, she’r yozib turadilar C) Sojida Saidaning kichik singilchasi, u ham bog’chaga qatnaydi. D) Men uychamiz tomini berkitdim. 14. Bizning o’g’lonlar , sizning o’gitlar birikmalaridagi bosh so’zlarda qanday qo’shimcha tushib qolgan ? A) І shaxs ko’plik va ІІ shaxs ko’plikdagi egalik qo’shimchalari B) І shaxs birlik va ІІ shaxs birlikdagi egalik qo’shimchalari C) І shaxs ko’plik va ІІІ shaxs ko’plikdagi egalik qo’shimchalari D) ІІІ shaxs ko’plik va ІІІ shaxs ko’plikdagi egalik qo’shimchalari 15. Qaysi otlarga qo’shilgan ko’plik qo’shimchasi tur , nav ma’nosini bildirmoqda A) Dadamlar kecha kelishdi. B) Sizlarga qarab zavqlarim toshib ketdi. C) SHirinlarning fojialari , Majnunlarning sarguzashtlari xayolimda jonlandi. D) Do’konlarda nonlar va ichimliklar sotilmoqda. 16.Qaysi gapda kelishik qo’shimchasi tushib qolgan ? A) Xotin-qizlarga past nazar bilan qarayotgan rahbarlarni ayovsiz tanqid kilmoq lozim. B) Har bahor ham shunday o’tadi, har bahor ham shu bo’lar takror. C) Dunyoda tashvishlarni ko’p chekdi boshim, Goho quvondim, goh to’kildi yoshim. D) Yerning zabtin olmoqqa shayman. Download 227.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling