Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar


Download 227.6 Kb.
bet22/82
Sana24.01.2023
Hajmi227.6 Kb.
#1115932
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   82
Bog'liq
Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar

38. Bolalarning hafsalasi pir bo’ldi.
Hafsalasi pir bo’ldi iborasining ma’nosini toping.
A) urishib ketishdi B) xafa bo’lishdi
C) qaysarlik qilishdi
D) noqulay ahvolda qolishdi
39. Qaysi juftliklar paronim hisoblanmaydi?
1. burj—burch 2. nufuz –nufus 3. ravon – rovon 4. gado – gadoy 5. yod – yot A) 1, 2, 4 B) 2, 4, 5 C) 4, D) 1, 2, 3.4, 5
40. Qaysi qatordagi tosh so’zlari bir so’zning ikki ma’nosi hisoblanadi?
A) sut toshdi, tosh ko’cha
B) dengizday tosh, tosh devor
C) qalbi tosh, tosh uyumlari
D) paqirda suv toshdi, tosh terildi
41. Quyidagi hodisalarning qaysilari ikki so’z turkumiga oid so’zlar doirasida kuzatiladi?
1.paronimlik 2. ko’p ma’nolilik
3. shakldoshlik 4. ma’nodoshlik
5. ziddoshlik (antonimlik)
A) 1, 3, 4 B) 1, 3 C) 1, 4, 5
D) berilganlarning barchasi bir so’z turkumi doirasida kuzatiladi
42. Quyidagi frazeologik birliklardan qaysi birlari omonimlik xususiyatiga ega?
1. ikki oyog’ini bitta etikka tikmoq
2. boshga ko’tarmoq
3. tarvuzi qo’ltig’idan tushmoq
4. ko’z yummoq
A) 1, 3 B) 1, 2, 3 C) 3, 4 D) 2, 4
43. Berilgan omonim so’zlarning qaysilarida omonimlik munosabat turli so’z turkumi doirasida yuz bermaydi?
A) qo’y, tush B) sir, bog’
C) ter, yer D) til, ot
44. Tilshunoslikning morfologiya bo’limiga oid atamalar qaysi qatorda berilgan?
A) fonetik yozuv, bo’g’in ko’chirish
B) majhul nisbat, harakat tarzi
C) teng bog’lanish, kiritma
D) fonema, til oldi
45. Qaysi qatordagi tasviriy ifoda noto’g’ri berilgan?
A) charm qo’lqop ustalari – bokschilar
B) zangori kema kapitanlari – uchuvchilar
C) osoyishtalik posbonlari – militsionerlar
D) mo’yqalam sohiblari– rassomlar
46. Toshpo’latjon keldilar. Ushbu gapdagi –lar qo’shimchasi qanday ma’nolarni ifodalashi mumkin? 1. sof ko’plikni 2. kesatishni
3. hazil-mazaxni 4. hurmatni
A) 1, 2 B) 1, 2, 3, 4 C) 2, 3, 4 D) 4
47. Qaysi birikmalarni ham erkin, ham turg’un birikma sifatida qo’llab bo’lmaydi?
1. ko’zi ochiq 2. og’zi katta 3. ko’z tashlamoq 4. boshga ko’tarmoq
5. oyoqni qo’lga olib yugurmoq
A) 1, 3, 5 B) 3, 4, 5 C) 3, 5
D) barchasini erkin birikma sifatida qo’llab bo’lmaydi
48. Qaysi so’zlar el so’zining sinonimi bo’lishi mumkin?
1. gulzor 2.bola 3. yer 4. diyor
5. osmon 6.vatan 7.oyoq
A) 4, 6 B) 2, 3, 4, 6 C) 1, 5, 6, 7
D) hech biri el so’zi bilan sinonim bo’la olmaydi
49. Quyidagi so’zlardan qaysi biri ko’p ma’noda qo’llanishi mumkin?
1. tarvuz 2. oshxona 3. shkaf
4. yurak 5. qandil
A) 2, 3, 4 B) 2, 5 C) 4
D) barchasi gap tarkibida ko’p ma’noda qo’llanishi mumkin
50. Ilmiy atamalar berilgan qatorni toping.
A) angob, betlik, poshna
B) juva, keli, supra
C) aylana, qoldiq, son
D) momo, mayak, o’jak
51. Quyidagi hodisalarning qaysi biri shakliy bir xillikka ega?
1. ko’p ma’nolilik 2. shakldoshlik
3. ma’nodoshlik 4. uyadoshlik 5. ziddoshlik
A) 1, 2, 4 B) 1, 2, 3, 4, 5 C) 1, 2 D) 2, 3, 5
52. Besh qo’l barobar emas. Ushbu gapda qanday ma’no ko’chish yuz bergan?
A) metafora B) metonimiya
C) sinekdoxa D) vazifadoshlik
53. Sinekdoxa yo’li bilan ma’no ko’chgan qatorni belgilang.
A) To’qson besh choy ichdik. B) Urush ko’plarning yostig’ini quritdi.
C) Ota-onangdan tirikligingda qarzingni uz. D) Montyor to’yxona chiroqlarini yondirdi.
54. Ko’p ma’noli so’zlar o’rtasidagi aloqa uzilib, omonimga aylanib qolgan so’zlarni belgilang.
1. Kun (quyosh) -- kun ( sutka ma’nosida)
2. Qosh (insonning qoshi) – qosh (ayvoning qoshi) 3. Ko’k ( rang) – ko’k (osmon) 4. gap (nutq birligi) – gap (ziyofat)
A) 3, 4 B) 1, 3, 4 C) 1, 5 D) 1, 2, 3, 4,
55. Quyidagilardan qaysi biri lug’aviy birlik hisoblanmaydi?
1. so’z 2. gap 3. so’z birikmasi
4. tasviriy ifoda 5. qo’shma so’z
6. frazeologik ibora
A) 2, 3, 4 B) 1, 5, 6 C) 1, 3 D) 2, 3
56. Qaysi qatorda tasviriy ifoda noto’g’ri berilgan?
A) qaldirg’ochlar – samo lochinlari
B) maktab – ilm o’chog’i
C) Toshkent – non shahri
D) yozuvchilar – kishi ruhining injenerlari
57.Asli fors-tojikcha bo’lgan so’zlarni toping.
A) milliy, balki, harakat, oddiy
B) darvoza, poyafzal, sust, dono
C) tuman, shijoat, choy, pero
D) yaxshi, non, bugun, sigir
58. “Og’zing qani desa qulog’ini ko’rsatadi” iborasining ma’nosi nima?
A)yuvosh B) sodda
C) lapashang D) kamgap
59. Nofaol so’zlarga quyidagilardan qaysi biri mansub?
1. atamalar. 2. shevaga xos so’zlar
3. kasb-hunarga oid so’zlar
4. eskirib qolgan so’zlar 5. jargon so’zlar
A) 1, 3, 5 B) 1, 5 C) 3, 4, 5
D) yuqoridagilarning barchasi
60. Iboralar asosan qaysi uslubda qo’llanadi?
A) so’zlashuv uslubida
B) so’zlashuv va badiiy uslubda
C) badiiy uslubda
D) iboralar barcha uslubda keng qo’llanadi
61. “Devonu-lug’otit turk” va “Abushqa” lug’atlarining yaratilgan davrlari qaysi qatorda to’g’ri berilgan?
A) “Abushqa” lug’ati XI asrda, “Devonu-lug’atit turk” XVI asrda yaratilgan. B) Har ikkovi XI asrda yaratilgan.
C) “Devonu-lug’otit turk” XI asrda, “Abushqa” asari XVI asrda yaratilgan.
D) Har ikkala asar ham XVI asrda yaratilgan.
62. Bir so’zning ikki ma’nosi deganda nimani tushunasiz?
A) ko’p ma’nolilik B) ma’nodoshlik
C) shakldoshlik D) ziddoshlik
63. Bir xil shaklga ega bo’lgan ikkita so’z deganda nimani tushunasiz?
A) ko’p ma’nolilik B) ma’nodoshlik
C) ziddoshlik D) paronimlik
64. Quyidagi so’zlarning qaysi birida shakldoshlik ot va fe’l turkumi o’rtasida vujudga kelmaydi?
A) osh B) tut C) qo’y D) son
65. Qaysi qatorda Izohli lug’atning ta’rifi to’g’ri berilgan?
A) so’zlarning to’g’ri yozilishini ko’rsatuvchi lug’at
B) tildagi barcha so’zlarning qanday ma’nolarni bildirishini tanishtiruvchi lug’at
C) bir tildagi so’z ikkinchi tilda qanday so’zga teng kelishini ko’rsatuvchi lug’at
D) iboralarning ma’nosini izohlovchi lug’at
66. Birja so’zining ma’nosi...
A) matematik hisob B) ishbilarmon
C) ulgurji bozor yoki qimmatbaho qog’ozlar bozori D) dallol
67. Bitim tuzishda vositachilik qiluvchi shaxsni kim deb ataladi?
A) biznesmen B) broker
C) magistr D) veterinar
68. Fors-tojikcha so’zlarni belgilang.
A) harakat, sanoat, oddiy
B) tuman, navkar, yasovul
C) kaptar, xursand, korxona
D) manti, lag’mon, manpar
69. Kishi ismlarini o’rganuvchi soha...
A) toponimika B) etimologiya
C) onomastika D) leksikografiya
70. Toponimika nimani o’rganadi?
A) joy nomlarini B) kishi ismlarini
C) so’z ma’nolarini D) so’z shakllarini
71. Bakalavr atamsining ma’nosi...
A) ish boshqarish faoliyati bilan shug’ullanuvchi shaxs
B) to’rt yillik oliy ta’lim bosqichini o’tagan mutaxassis
C) bolalar shifokori
D) to’rt yillik bosqich o’qishidan so’ng ikki yillik mutaxassislik kursini o’tagan shaxs
72.Ahkom so’zining ma’nosi nima?
A) hukmlar B) shariat C) xulqlar D) xalqlar
73.SHarir so’zining ma’nosi nima?
A) shavkat B) yomon, yaramas
C) ulug’, qudratli D) mehribon, munis
74.Aqd so’zining ma’nosi nima?
A) aqida B) nikohiga olish
C) ajralish D) aql, farosat
75.CHaksa og’irlik o’lchovi taxminan qanchaga teng?
A) 10 kg B) 5 kg C) 3 kg D) 7 kg
76.Qarluq-chigil-uyg’ur shevalari qaysi guruhga mansub?
A) janubiy-sharqiy guruhga
B) janubiy - g’arbiy guruhga
C) shimoliy - g’arbiy guruhga D) A, C

Download 227.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling