Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar


Download 227.6 Kb.
bet21/82
Sana24.01.2023
Hajmi227.6 Kb.
#1115932
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   82
Bog'liq
Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar

21. Arxaik so’zlar berilgan qatorni toping.
A) omoch, mingboshi, qul
B) podshoh, yorg’uchoq, qozi
C) do’ndiq, satang, jamol
D) ulus, jayb, ilik
22. y tovushining j ga o’tishi qaysi lahjaga xos?
A) qarluq—chigil—uyg’ur lahjasiga
B) o’g’uz lahjasiga
C) qipchoq lahjasiga D) B va C
23. Bir umumiy mavzu ostida birlashuvchi so’zlar....
A) shakldosh so’zlar B) uyadosh so’zlar
C) ma’nodosh so’zlar D) paronim so’zlar
24. Usturlob so’zining ma’nosi nima?
A) osmon ilmi, astronomiya
B) quyosh va yulduzlarning osmondagi o’rnini o’lchaydigan asbob
C) kuy nomi
D) to’g’ri javob berilmagan
25. Ma’nosi bir so’zga teng keladigan ko’chma ma’nodagi so’zlar qo’shilmasi nima deb ataladi?
A) ma’nodosh so’zlar B) shakldosh so’zlar C) ibora D) ko’p ma’noli so’zlar
26. Leksikografiya nimani o’rganadi?
A) so’z va uning ma’nolarini
B) lug’at va uning turlarini
C) harf va belgilarni
D) frazeologik iboralarni
27.So’zlarning o’z ma’nosi deganda nimani tushunasiz?
A) so’zlarning nutq jarayoniga bog’liq bo’lmagan ma’nosini
B) so’zlarning bevosita nutq jarayoniga bog’liq bo’lgan atash ma’nosini
C) so’zlarning grammatik ma’nosini
D) so’zlarning faqat asosdan iborat bo’lgan ma’nosini
28. SHakldosh so’zlar bilan ko’p ma’noli so’zlarning bir-biridan farqi qanday aniqlanadi?
A) Ko’p ma’noli so’zlar bir so’zning o’z va ko’chma ma’nolarida qo’llashdan hosil bo’ladi.
B) SHakldosh so’zlar shakli o’xshash ikki va undan ortiq so’zlardan tashkil topadi.
C) Ko’p ma’noli so’zlar har xil so’z turkumiga, shakldosh so’zlar esa bir xil so’z turkumiga mansub bo’ladi. D) A, B
29.Paronimlar bilan bog’liq xato yuz bergan qatorni aniqlang.
A) Bog’imizdagi sada, bobomning aytishicha, yuz yildan ortiq yashayotgan ekan.
B) Men unga razm solib, texnikaga qiziqishini bilib oldim.
C) Bilimsizlikning tup sababi, kitob o’qimaslikdir.
D) Ayni bizbop ketmon ekan, endi hech ham qiynalmaymiz.
30. Tanovul qilmoq, iste’mol qilmoq, g’ajimoq, yemoq, kavshamoq, oshalamoq ma’nodosh so’zlarining umumiy (asosiy) ma’nosini beligalng.
A) kavshamoq B) g’ajimoq
C) yemoq D) oshalamoq
31. So’z eskirib, tushuncha saqlanishi hamda u boshqa so’z bilan nomlanishiga nima deyiladi?
A) tarixiy so’zlar B) arxaik so’zlar
C) A, B D) olinma so’zlar
32. Narsa va hodisalarning ikkinchi nomi nima?
A) ma’nodosh so’zlar B) shakldosh so’zlar C) uyadosh so’zlar D) tasviriy ifodalar
33. Atamalar qo’llanishiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi?
A) yangi atamalar va eskirgan atamalar
B) ilmiy atamalar va siyosiy atamalar
C) ilmiy atamalar va kasbiy atamalar
D) atamalar bu kabi turlarga bo’linmaydi
34. Izohli lug’at haqidagi to’g’ri fikr qaysi qatorda berilgan?
A) bir tildagi so’z ikkinchi tilda qanday so’zga teng kelishini ko’rsatuvchi lug’at
B) tildagi barcha so’zlarning qanday ma’nolarni bildirishini tanishtiruvchi lug’at
C) so’zlarning to’g’ri yozilishini ko’rsatuvchi lug’at
D) so’zlarning kelib chiqishini ko’rsatuvchi lug’at
35. Qaysi qatorda sport atamalari berilgan?
A) balli, dushman, maydon
B) suv, baland, chuqur
C) kilometr, tonna, vazn
D) chala, halol, yonbosh
36. Umumxalq tilidagi so’zlardan ma’nosini maxsuslashtirish orqali hosil qilingan atamalarni beliglang. A) kasr, manfiy B) neyron, organ C) ot, ildiz D) kvadrat, minus
37. Bermoq so’zining uyadoshlari keltirilgan qatorni toping.
A) anglamoq, fahmlamoq, tushunmoq
B) boqmoq, nazar solmoq, tikilmoq
C) gapirmoq, shivirlamoq, ming’irlamoq
D) uzatmoq, sadaqa qilmoq, tuhfa etmoq

Download 227.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling