Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar


Download 227.6 Kb.
bet68/82
Sana24.01.2023
Hajmi227.6 Kb.
#1115932
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   82
Bog'liq
Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar

48. O’zlari aloqada bo’lgan bo’laklarning ma’nosini izohlab, bo’rttirib, aniqlashtirib yoki ta’kidlab keladigan bo’lak...
A) ajratilgan bo’lak
B) umumlashtiruvchi bo’lak
C) undalma D) kiritma
49. Qaytarma yoqali xipcha shoyi ko’ylak. Yuqoridagi birlik haqidagi to’g’ri fikr qaysi?
A) sodda gap
B) uyushgan aniqlovchilar mavjud so’z birikmasi
C) uyushmagan aniqlovchili so’z birikmasi
D) teng bog’lanishli so’z qo’shilmasi
50.Ajratilgan kesim qatnashgan gapni aniqlang.
A) Men, Salimov To’lqin, Samarqand viloyatining Kattaqo’rg’on shahrida 1968 - yili tug’ildim.
B) Uyda ko’p ish qildi – supurdi, kir yuvdi, tozaladi.
C) O’sha otga mana bu bolaning, Xudoyberdining ishqi tushib qolgan ekan.
D) Kechqurun osh suzsak, bir nasiba kam, Qo’msayman birovni – allakimimni.
51. Yillar mana shu xilda, osoyishta o’tar edi. Ushbu gapda qaysi bo’lak ajratilgan?
A) ega B) kesim C) to’ldiruvchi D) hol
52. Ey Farg’ona! Tushkun kunlar bolasini tishida tishlab, yuvib, tarab, sevib, o’pib, quchib, opichlab, Ey baxtlarini balog’atga yetkazgan ona!
Ushbu gapdagi ajratilgan bo’laklar haqidagi qaysi fikr to’g’ri?
A) sifatlovchi aniqlovchi ajratilgan
B) kesimlar ajratilgan C) ravishdosh qurilmali hollar ajratilgan
D) kengaygan birikmali aniqlovchilar ajratilgan
53. Kechagi, ya’ni urushdan oldingi hayotning naqadar maroqli ekanini bilgandir. Ushbu ajratilgan bo’lakda ishlatilgan tinish belgilari haqidagi qaysi fikr to’g’ri?
A) urushdan oldingi birikmasidan so’ng vergul qo’yiladi.
B) ya’ni bog’lovchisidan so’ng vergul qo’yiladi
C) urushdan so’zidan so’ng vergul qo’yiladi
D) tinish belgilari to’g’ri qo’llangan.
54. Ajratilgan bo’lakning o’rni va unda ishlatiladigan tinish belgilari haqidagi qaysi fikr to’g’ri?
A) Ajratilgan bo’lak o’zi izohlayotgan bo’lakdan doimo keyin keladi va yozuvda vergul, tire va qavs bilan ajratiladi.
B) Ajratilgan bo’lak o’zi izohlayotgan bo’lakdan oldin keladi va yozuvda vergul, tire va ba’zan qavs bilan ajratiladi.
C) Ajratilgan bo’lak o’zi izohlayotgan bo’lakdan yo oldin yo keyin keladi va yozuvda vergul, tire va ba’zan qavs bilan ajratiladi.
D) Ajratilgan bo’lak o’zi izohlayotgan bo’lakdan doimo keyin keladi va yozuvda tire, ikki nuqta, qavs bilan ajratiladi.
55. Ajratilgan hol qatnashgan gapni toping.
A) Nasihatimni, otangni so’zini, esingda tut.
B) O’g’lim, qo’zichog’im, orom olib uxlayapti.
C) Hu ana shu joyda, taxta ko’prikning ostida, kichik bir buloq bor.
D) Qobil bobo, yalangbosh, yalangoyoq, eshik yonida dag’-dag’ titraydi.
56. Birozdan so’ng Hasan aka, fizika o’qituvchisi, kirib keldi. Ushbu gapda ikkinchi vergul qo’llanmasa qanday grammatik o’zgarish sodir bo’ladi?
A) gap mantiqiy jihatdan buziladi
B) hech qanday grammatik o’zgarish bo’lmaydi
C) ajratilgan bo’lakli gap uyushiq bo’lakli gapga aylanadi
D) ajratilgan bo’lak umumlashtiruvchi bo’lakka aylanadi
57. Ajratilgan bo’lak vazifasida ko’pincha holning qaysi turlari keladi?
A) ravish holi va daraja –miqdor holi
B) sabab holi va maqsad holi
C) o’rin va payt holi
D) ravish va sabab holi
58. Ushbu gaplarda qaysi bo’laklar ajratilgan?
1. Otam – Rustam Jo’raev – maktabda biologiyadan dars beradi.
2. Seryoja – oddiy, navqiron, mard yigit – o’rtoqlari uchun jonini fido qildi.
3. Axir uning, Vohidning ham o’ziga yarasha obro’si, yigitlik g’ururi bor-ku!
A) ajratilgan hol, ajratilgan qaratqich, aniqlovchi, ajratilgan sifatlovchi
B) ajratilgan to’ldiruvchi, ajratilgan aniqlovchi, ajratilgan aniqlovchi
C) ajratilgan izohlovchi, ajratilgan hol, ajratilgan qaratqich aniqlovchi
D) ajratilgan izohlovchi, ajratilgan sifatlovchi aniqlovchi, ajratilgan qaratqich aniqlovchi
59. Bu kampir Toshkentda ishlaydigan o’g’linikida bir oy turib, yana qishloqqa, boshqa bolalari, nevaralari huzuriga ketayotgan ekan.
Ushbu gapda qaysi bo’lak ajratilgan?
A) aniqlovchi B) hol C) to’ldiruvchi
D) ushbu gapda ajratilgan bo’lak mavjud emas.
60. So’zlovchining o’zi bayon etayotgan fikriga munosabati, fikrning birovga nisbatan nisbatlanishi, o’z fikri tarkibiy qismlarining ahamiyatliligi darajasi, fikriga va uning tarkibiy qismlariga doir bayon etadigan qo’shimcha axboroti yoki izohi nima deyiladi ?
A) undalma B) kiritma
C) so’z-gap D) ajratilgan bo’lak
61. Aytishlaricha, bugun kelishi kerak.
Ushbu gapdagi aytishlaricha kiritmasining ma’nosi.........
A) o’z fikriga munosabat
B) o’z fikri tarkibiy qismlarining ahamiyatliligi
C) fikrning birovga nisbatlinishi
D) o’z fikriga qo’shimcha axborot berish
62. Murakkab kiritmalar ishtirok etgan gapni toping.
A) Nahotki, daryolar oqar teskari,
Nahotki, odamlar kezar darbadar.
B) Qani, kiring, ichkarida bemalol gaplashamiz.
C) Lekin o’rinsiz haq so’zdan, nazarimda, sukut yoki bezarar yolg’on yaxshiroq.
D) Dunyoda hech bir xalq to’g’ri kelolmas, Mening bilishimcha, sening elingga.
63. 1.So’zsiz, bu yil imtihonlarni yuqori baholarga topshiramiz. 2.O’rtog’i bilan so’zsiz salomlashdi. Ushbu gaplardagi so’zsiz so’zi...
A) har ikki gapda ham kirish so’z
B) har ikki gapda ham hol
C) 1-gapda kirish so’z, ikkinchi gapda – hol
D) 1-gapda kirish so’z, 2-gapda aniqlovchi
64. O’z fikri tarkibiy qismlarining ahamiyatliligi darajasi ma’nosida kelgan kiritmani toping.
A) Yaxshi hamki, yomg’ir yog’madi
B) Yolg’on gapirish, albatta, gunohdir.
C) Birinchidan biz yaxshi o’qidik, ikkinchidan, o’qituvchimiz yaxshi o’qitdi.
D) Dadam, ehtimol, Qo’qonga ketgandir.
65. Kiritma gap berilgan qatorni aniqlang.
A) CHindan ham, mashina dehqonning og’irini yengil qiladigan zabardast kuchga aylandi.
B) Yaxshi hamki, yomg’ir yog’madi
C) “O’tkan kunlar” (siz bu romanni o’qigansiz, albatta) o’zbek romanchiligi tarixida alohida o’rin egallaydi.
D) Uning boshida do’ppi, Marg’ilon nusxa do’ppi, bor edi.
66. Kiritma gap berilgan qatorni aniqlang.
A) Maxsim o’sha yerda, aftidan, tanish chiqib qolgan bir odam bilan gaplasha ketdi.
B) Qurbon ota uning suhbatini xushlamasa ham, odamning yuzi issiq – hamsafar bo’lish to’g’risidagi sazasini o’ldirmadi.
C) Yaxshi, o’tni shu yerdan ochamiz.
D) Olimlarning fikricha, havoning isishi yer yuzining sahrolashuviga olib kelar ekan
67. Kiritma gap eng ko’p qo’llanadigan soha....
A) she’riy asarlar B) nasriy asarlar C) dramatik asarlar D) publitsistik asarlar
68. So’zlovchining nutqi qaratilgan shaxs yoki predmet.......
A) kirish so’z B) kirish gap C) undalma D) so’z-gap
69. Omon (o’qiydi va qotib-qotib kuladi). Bunisi ham shunaqa... Ushbu matnda qanday birlik mavjud?
A) undalma B) kirish so’z
C) kiritma gap D) ajratilgan bo’lak
70. Odamlar kasal bo’laveribdi, ulardan qanchasi o’laveribdi-yu, sen bu dorilarni bosib yotaveribsanda, noinsof!
Ushbu gapdagi noinsof so’zi........
A) undalma, B) kirish so’z
C) kiritma gap D) ajratilgan bo’lak
71. Undalmali gaplarning kesimi ko’proq qanday shakllarda bo’ladi?
A) birinchi shaxs-son shaklida
B) birinchi va ikkinchi shaxs-son shakllarida
C) ikkinchi shaxs-son shaklida
D) birinchi, ikkinchi, uchinchi shaxs-son shakllarida
72. Uyushgan undalmalar berilgan qatorni toping.
A) Seni unutolmas yuragim aslo,
Ey O’rta Osiyo, O’rta Osiyo?
B) O’-o’, boylik, boylik! Mening uyimga sen kiradiganbo’lsang-u, iymon ketadigan bo’lsa, men senga o’t qo’yaman, o’t!
C) Muhtaram onalar, opalar va o’g’illar, sizga shu haqda murojaat qilamiz.
D) A, B, C
73. Yoyiq undalma qatnashgan gapni aniqlang.
1. Muhtaram Umidaxon, sizni tug’ilgan kuningiz bilan chin yurakdan tabriklayman.
2. Qarg’avoy, men seni yeyman.
3. Sobir, Naim, Murod, tezroq kela qolinglar.
4. Ming afsuski, o’zlashtirilmagan yerlar juda ko’p.
A) 1 B) 1, 2, 3, 4 C) 1, 4 D) 1, 3.4
74. Murakkab kiritmalar qanday birliklar bilan ifodalanadi? 1. so’z birikmalari
2. kengaygan birikmalar 3. gaplar
A) 1, 2 B) 2 C) 1 D) 1, 2, 3
75. Qanday undalmalar yoyiq undalma sanaladi?
A) o’ziga qarashli aniqlovchisi bor undalmalar
B) o’ziga qarashli aniqlovchisi va izohlovchisi bor undalmalar
C) o’ziga qarashli izohlovchisi bor undalmalar
D) uyushgan undalmalar
76. Taraldi kuy: mayin va g’amgin. Yuqoridagi matn haqida aytilgan qaysi fikr to’g’ri?
A) bog’lovchisiz qo’shma gap
B) kiritmali sodda gap
C) kiritma gapli sodda gap
D) ajratilgan aniqlovchili sodda gap

Download 227.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling