Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar
Download 227.6 Kb.
|
Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar
25. Uyushiq aniqlovchili gapni toping.
A) Men bu masalani uqqan va yechganman. B) Siz bilan biz ulug’ ishga bel bog’ladik. C) CHaqaloq kichkina, oppoq va dumaloq qo’llarini cho’zib, menga talpinar edi. D) Men onam, otam va opam bilan xayrlashib, yo’lga tushdim. 26. Qaysi qatordagi gapda umumlashtiruvchi bo’lak mavjud? A) Unga Volkov mashinalarning va turbinalarning vagonga yuklagani haqida xabar qilgan edi. B) Hulkar eshik oldida bir otasiga, bir Avazga, bir onasiga qarab qo’yardi. C) Bittangiz: yo SHahobiddin yoki siz so’zga chiqasiz. D) Mening bir jaydari falsafamdir shu: hargiz iltimosga kuning qolmasin. 27. Uyushgan kesimlar haqidagi qaysi fikr noto’g’ri? 1. Uyushgan kesimlar so’z, ibora, so’z birikmalaridan ifodalanishi mumkin. 2. Kesimni shakllantiruvchi vositalar (bog’lama va shaxs-son qo’shimchalari) uyushiq kesimlarning har biriga qo’shiladi. 3. O’zaro teng bog’lovchilar yoki sanash ohangi bilan bog’lanadi. 4. Uyushiq kesimlar gapda bir xil so’roqqa javob bo’ladi. A) 1, 2 B) 1, 2, 3 C) 1, 2, 3, 4 D) 1, 3, 4 28. Qaysi gapda payt hollari uyushgan emas? A) Oqshom va tushda katta kontsert namoyish qilindi. B) O’tmishda va kelajakda bo’lgan va bo’ladigan ishlardan gaplashishdi. C) U kecha ertalab biznikiga kelib ketdi. D) Barcha gaplarda uyushgan payt hollari mavjud. 29. Uyushgan to’ldiruvchilar qanday shaklda qo’llanishi mumkin? 1. kelishik shaklida 2. ko’makchilar bilan 3. ravishdosh qo’shimchalari bilan A) 1 B) 1, 2 C) 1, 2, 3 D) 1, 3 30. Qaratqich aniqlovchilar uyushib kelganda ulardagi –ning qo’shimchasi qaysi bo’laklarda saqlanadi? 1. barcha bo’laklarda saqlanishi mumkin 2. birinchi bo’lakda saqlanib, keyingi bo’laklarda tushirilishi mumkin 3. oldingi bo’laklarda tushirilib, oxirgisida saqlanishi mumkin. A) 1, 2, 3 B) 1, 3 C) 1 D) 1, 2 31. Uyushiq to’ldiruvchi qatnashgan gapni toping. A) Yoqimli, orombaxsh shamol esadi. B) O’n-o’n bir yoshli bola dushmanlar keltirgan ochlik va boshqa kulfatlarni kattalar qatori boshidan kechirdi. C) Dadasi har kuni ishga ketishda ham, ishdan qaytishda ham uni qo’liga olar, suyar va gaplariga, qiliqlariga zavq bilan kular edi. D) Pulemyot, miltiqlarning ovozida xotin-xalaj, bola-chaqalarning yig’isi, dod-voyi qo’shilib ketdi. 32. Uyushiq hol qatnashgan gapni aniqlang. A) Abdulla Qahhorning ijodi xalq hayoti bilan birga ko’tarilib, birga ulg’aydi. B) Bog’chada yosh-yosh qizchalar va o’g’il bolalar davra qurib o’ynashmoqda. C) Podsho goh kulib, goh jiddiy, goh o’y bilan quloq soldi. D) To’lqin, Ozoda va SHoiraning ukalari bog’chada tarbiyalanadilar. 33. U hayajon bilan, tez-tez, bo’g’ilib so’zlar edi. Ushbu gapda qanday bo’laklar uyushib kelyapti va ular qaysi so’z turkumi bilan ifodalanyapti? A) ot, ravish, ravishdosh; to’ldiruvchilar uyushyapti. B) sifat, ravish, ravish; hol uyushyapti C) ko’makchi, ravish, ravishdosh; hol uyushyapti D) ot, ravish, ravishdosh; hol uyushyapti 34. Qaysii gapda uyushmagan sifatlovchi aniqlovchi bor? A) To’lqin, Ozoda va SHoiraning ukalari bog’chada tarbiyalanadilar. B) Serchang, sershovqin ko’chalarda odamlar daryoday oqib borar edi. C) Go’zal O’zbekistonimizning go’zal qishloqlarida o’rik va shaftolilar chaman gulladi. D) Bog’da katta bir tup yong’oq va har xil meva daraxtlari bor edi. 35. Qaysi gapda uyushiq bo’laklar va umumlashtiruvchi so’z mavjud? A) Faxr bilan silkib qo’l, Asrlar: tilaymiz oq yo’l. B) SHu fe’llari yaxshi: hech kimni birovning oldida behurmat qilmaydilar. C) Men tirikman – o’lja bo’lmaydi otim, Men tirikman – yovga qolmaydi yurtim. D) Yig’ilishda hech kim: na Sa’dulla, na Akbarali bu haqda gapirmadilar. Download 227.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling