Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar


Download 227.6 Kb.
bet62/82
Sana24.01.2023
Hajmi227.6 Kb.
#1115932
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   82
Bog'liq
Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar

95. O’rin holi qatnashgan gapni toping.
A) Tolibjon botirlarcha harakat qildi.
B) Oilada osoyishtalik, hayotda farovonlik, dunyoda tinchlik bo’lsin.
C) Bola epchillik bilan turdi, qisqa va lo’nda javob berdi.
D) Guruchni qopi bilan olishdi.
96. Ravish holi qatnashgan gapni aniqlang.
A) Yig’lab-yig’lab marza olsang, o’ynab-o’ynab sug’orasan.
B) Umringda necha marta asal yegansan.
C) Bir chimdim uxlash uchun ko’zini yumdi.
D) Joni xalqumiga kelgan Sattor alamidan yig’lab yubordi.
97. Maqsad holi qatnashgan gapni aniqlang.
A) Boshqa hech narsasi yo’qligi uchun bitta-yu bitta ho’kizini berib yubordi.
B) O’quvchilar dam olishga dala shiyponiga kelishdi.
C) Salima darsni yaxshi tayyorlaganidan maqtovga sazovor bo’ldi.
D) Nargiza quvongani uchun hech gapira olmas edi.
98. Daraja-miqdor holi qatnashgan gapni aniqlang.
A) Siz indamay o’tirar edingiz.
B) U o’ychan ko’zlari bilan Botirga qarab sekin gapirdi.
C) Ko’p so’zlama oz so’zla, oz so’zlasang ham soz so’zla.
D) Bugun jo’rttaga qilganday yomg’ir ham tinmadi.
99. Payt holi qatnashgan gapni aniqlang.
A) Go’lligi sababli har joyda kaltak yeydi.
B) Quvvatsizligidan tez charchardi.
C) Men pastkashlardek yashamayman.
D) Po’latjon juda erta, hammadan oldin uyg’ondi.
100. Qaysi qatorda to’ldiruvchining ta’rifi to’g’ri berilgan?
A) kesimga bog’lanib, uning turli belgilarini bildiruvchi bo’lak
B) gapning biror bo’lagiga (ko’pincha kesimga) boshqaruv yo’li bilan bog’lanib, uni to’ldirib kelgan bo’lak
C) gapning biror bo’lagini aniqlab kelgan bo’lak
D) shaxs yoki narsani boshqa nom bilan aniqlaydigan bo’lak
101. Vositasiz to’ldiruvchi haqidagi qaysi fikr to’g’ri?
A) Kimga?, nimaga? kabi so’roqlarga javob bo’luvchi so’zlar.
B) Vositasiz to’ldiruvchilar ba’zan uchun, bilan, orqali kabi ko’makchilarni olgan so’zlar bilan ham ifodalanishi mumkin.
C) Belgili va belgisiz tushum kelishigi shakllari bilan ifodalangan to’ldiruvchi.
D) Vositasiz to’ldiruvchi ot kesimga tobe bo’ladi.
102. Vositasiz to’ldiruvchini o’timli va o’timsiz fe’llar bilan qanday aloqasi bor?
A) Vositasiz to’ldiruvchi jo’nalish, o’rin-payt kelishiklari bilan qo’llansa, uni boshqargan fe’l o’timli bo’ladi.
B) Vositasiz to’ldiruvchi ko’makchilar bilan qo’llansa uni boshqargan fe’l o’timli bo’ladi.
C) Vositasiz to’ldiruvchi tushum kelishigi bilan qo’llansa uni boshqargan fe’l o’timli bo’ladi.
D) Vositasiz to’ldiruvchining o’timli va o’timsiz fe’llar bilan aloqasi yo’q.
103. Vositasiz to’ldiruvchi qatnashgan gapni aniqlang.
A) CHaqmoqning yalt-yultidan bola qo’rqdi.
B) Sayohat haqida ko’rganlarimdan batafsil gapirdim.
C) O’tirganlar otning dupur-dupurini baralla eshitdi.
D) Kechada o’tmish voqealaridan bahs ketdi.
104. Vositali to’ldiruvchi qatnashgan gapni aniqlang.
A) Mufassal hisobotni pochtadan yuboraman.
B) Faqat hasharotlarning chirillashi, suvning shildir-shildir ovozi eshitiladi.
C) Tunov kuni kapitan Mahmudov o’z nutqini zavq bilan gapirdi.
D) So’rashdan uyalma, bilmaslikdan uyal.
105. Ibora bilan ifodalangan to’ldiruvchini toping.
A) Bechoraning ohu-dodini tinglang, uni xushnud qiling.
B) Bu ish ham xamirdan qil sug’urganday jo’ngina bitdi.
C) Ularning yumush oldidan yeng shimarganlarini ko’rsang edi.
D) Ko’rganni ko’rmagan yengibdi.
106. Qaysi gapda vositali to’ldiruvchi ishtirok etmagan?
A) U bu gaplarning hammasini Narimon Sobirovichdan bilib oldi.
B) Aziza bilan Nigora kuni bilan dalada zo’r ishtiyoq ila ishlashdi.
C) Men bu gapni odamlar og’zidan ming marta eshitganman.
D) Laylakning kelishiga boqma, ketishiga boq.

Download 227.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling