Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar
Download 227.6 Kb.
|
Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar
107. Aniqlovchi qanday so’roqlarga javob bo’ladi?
A) qayerning?, qayerga?, qaysi? B) nechta?, qancha?, qachon? C) qancha?, qanday?, nimaning? D) qanday?, kimning?, nega? 108. Qaysi gapda sifatlovchi va qaratqich aniqlovchi mavjud? A) SHu payt ichkaridan ship-ship qadam tovushi eshitildi. B) Yangi binolar qishloqning husniga husn qo’shmoqda. C) Po’lat sandiq ochildi , ichidan zar sochildi. D) Hozirgi kunda to’garak 124 o’g’il-qizni birlashtirdi. 109. Aniqlovchilar qaysi gap bo’laklariga bog’lanadi? 1.ega 2. ot kesim 3. to’ldiruvchi 4. hol A) 1, 2 B) 1, 2, 3 C) 1, 2, 3, 4 D) 1, 3 110. Aniqlovchi haqida aytilgan qaysi fikr to’g’ri? A) Aniqlovchi gapning biror bo’lagini aniqlab kelgan ikkinchi darajali bo’lakdir. B) Aniqlovchilarning bir xili narsa-buyumlarning kimga yoki nimaga qarashliligini bildiradi. C) Qaratqich aniqlovchi doim belgili keladi. D) Sifatlovchi aniqlovchi ravishdan ham ifodalanishi mumkin. 111. Sifatlovchi aniqlovchining ta’rifi qaysi qatorda berilgan? A) Ganing biror shaxs yoki narsa-buyumga qarashliligini, xosligini bildirgan bo’lak. B) Gapda shaxs yoki narsa-buyumning belgi-xususiyati, hajmi, shakli, maza-ta’mi, rang-tusi, miqdori, tartibi kabi ma’nolarni anglatgan bo’lak C) SHaxs yoki narsani boshqacha nom bilan aniqlaydigan bo’lak. D) Otga bog’lanib uning belgisini bildiradigan va qanday?, qanaqa? so’roqlariga javob bo’ladigan bo’lak. 112. Qaysi gapda aniqlovchi ot kesimga tobelanyapti? A) Bahaybat samolyot yerga ohista qo’ndi. B) Salimjon Madaminov – a’lochi o’quvchi. C) Kumush qishdan, zumrad bahordan qolishmaydi kuzning ziynati. D) SHu payt ichkaridan ship-ship qadam tovushi eshitildi. 113. Zavodning mashina bo’limidan gurs-gurs zarb uzluksiz eshitilib turardi. Ushbu gapda sifatlovchi aniqlovchi qaysi so’z turkumi bilan ifodalanyapti? A) ot B) sifat C) taqlidiy so’z D) ravish 114. Son bilan ifodalangan sifatlovchi aniqlovchini toping. A) Ikki o’n besh – bir o’ttiz. B) Beshni uchga qo’shsak sakkiz bo’ladi. C) Tepalikdagi chinor, ikki tup sadaqayrag’och to’rt – besh kishilik talay supalarga soya solib turardi. D) Men, Karimova Muslima, 1991- yilda tug’ilganman. 115. Qaysi gapda sifatlovchi aniqlovchi modal so’z bilan ifodalangan? A) Uning ziyrak qo’ng’ir ko’zlarida horg’inlik bor edi. B) Qirlardan esayotgan mayin shabada ana shu gullarning g’unchalarini yozmoqda. C) Kumush qishdan, zumrad bahordan qolishmaydi kuzning ziynati. D) Fermer xo’jaligi rahbarlari zarur ishlarini bitirishdi. 116. Yuzida bilinar-bilinmas chechak o’rni qolgan, keng peshonali, sochlari o’ng tomonga silliq taralgan jurnalist shoirga bir qarab qo’ydi. Ushbu gapdagi sifatdosh qurilmali aniqlovchini toping. yuzida bilinar-bilinmas chechak o’rni qolgan 1.keng peshonali 2.sochlari o’ng tomonga silliq taralgan 3.chechak o’rni qolgan 4.silliq taralgan A) 1, 2, 3 B) 1, 2, 3, 4, 5 C) 1, 3, 4, 5 D) 1, 3 117. Jamilovning egnida oq shohi kitel, sariq koverkot shim, oyog’ida kavkazcha etik, boshida chust do’ppi edi.Ushbu gapdagi birikmali holda qo’llangan sifatlovchi aniqlovchini toping. 1. oq shohi kitel 2. sariq koverkot shim 3. kavkazcha etik 4. chust do’ppi A) 1, 2 B) 1, 2, 3 C) 1, 2, 3, 4 D) 1, 3 118. Olmosh bilan ifodalangan sifatlovchi aniqlovchi qatnashgan gapni toping. A) Besh-olti kimsa yig’ilib maslahat qilishdi. B) SHularni o’ylab ba’zan o’zimdan-o’zim xafa bo’lib ketaman. C) Qirlardan esayotgan mayin shabada ana shu ajoyib gullarning g’unchalarini yozmoqda. D) Qazib olinayotgan oltinlarimiz endi o’zimizniki. 119. Otlashgan sifatdosh bilan ifodalangan qaratqich aniqlovchini toping. A) Go’zallarning go’zali malika Parizod ovga chiqibdi. B) Yaxshining ehsoniga baxilning boshi og’rir. C) SHiftga osig’liq qirqinchi chiroqning qalpog’i uy devorlarining tepa yog’iga cho’ziq soya solgan. D) So’raganning bir yuzi qora, bermaganning ikki yuzi qora. 120. Qaratqich aniqlovchili so’z birikmalarining asosiy belgisi nima? A) Tobe so’zning ot va otlashgan so’zdan iborat bo’lishidir. B) Tobe va hokim so’z o’rtasida –ning qaratqich kelishigi belgili tarzda qo’llanashidir. C) Hokim so’zning ot so’z turkumidan ifodalanishidir. D) Hokim so’zning egalik qo’shimchalari bilan kelishini talab qilishidir. 121. Birining ko’zi qora, ikkinchisining ko’zi ko’k edi. Ushbu gapdagi qaratqich aniqlovchining ifodalanishi haqidagi qaysi hukm to’g’ri? A) ot bilan B) son bilan C) otlashgan son bilan D) ravish bilan 122. Qaratqich va qaralmish belgili qo’llangan birikmani toping. A) daraxtning bargi B) maktab bog’i C) bizning uy D) yong’oq mag’iz 123. Dutor torlarining jarangi Zumradning tovushiga qo’shilib ketdi. Ushbu gapdagi aniqlovchining turini va u qaysi so’z turkumidan ifodalanayotganini aniqlang. A) sifatlovchi aniqlovchi, otdan ifodalanyapti B) qaratqich aniqlovchi, otdan ifodalanyapti C) qaratqich aniqlovchi, sifatdan ifodalanyapti D) qaratqichli aniqlovchi, sifatdan ifodalanyapti 124. Bir kattaning gapiga kir, bir kichikning gapiga kir. Ushbu gapdagi qaratqich aniqlovchi qaysi so’z turkumi bilan ifodalanyapti? A) son bilan B) otlashgan sifat bilan C) otlashgan ravish bilan D) otlashgan sifatdosh bilan 125. Qaratqich beligili, qaralmish belgisiz kelgan birikma qatnashgan gapni toping. A) Daryo labida turib ko’klam quchog’ida tovlanayotgan olmazor chiroyiga suqlanardim. B) Ikkining kvadrati to’rt bo’ladi. C) Bizning qishloq zamonaviy uy va ko’chalardan iborat. D) Jismoniy tarbiya darsi maktab hovlisida o’tkazildi. 126.Olmosh bilan ifodalangan qaratqichli aniqlovchini toping. A) Biz shu yillar ichida ko’p natijalarga erishdik. B) Eti sizning, ustuxoni mening bo’lg’ay. C) Bizning eshon – kabobpazlarning piri D) B va C. 127. Qaratqich va qaralmishning munosabati haqida bildirilgan qaysi hukm to’g’ri? 1. qaratqich va qaralmish belgili keladi. 2. qaratqich belgisiz, qaralmish belgili keladi. 3. qaratqich va qaralmish belgisiz qo’llanadi 4. qaratqich belgili, qaralmish belgisiz kelishi mumkin A) 1, 2 B) 1, 2, 3, 4 C) 1, 2, 3 D) 1, 2, 4 128. SHaxs yoki narsani boshqacha nom bilan aniqlash... A) aniqlovchi B) izohlovchi C) qaratqich D) qaralmish 129. Mana shu o’yin-kulgilar, qo’shiqlar va kuylar yoshlar va keksalarning diliga orom va quvonch bag’ishlagan lola sayli yaqindagina bo’lgan edi. Ushbu gapdagi aniqlovchilarni belgilang. A) mana shu, qo’shiqlar va kuylar B) mana shu, lola sayli C) mana shu, yoshlar va keksalar D) o’yin-kulgilar, qo’shiqlar va kuylar, keksalarning 130. Izohlovchi qanday belgilarni bildiradi? 1. unvon yo amalni 2. kasb yo mashg’ulotni 3. yosh, jins va qarindoshlikni 4. xususiyat yoki holatni 5.laqab yoki taxallusni A) 1, 2, 3 B) 1, 2.3, 5 C) 1, 2, 3, 4, 5, D) 1, 2, 5 131. Muso Toshmuhammad o’g’li Oybek yirik nasriy asarlar muallifidir. Ushbu gapdagi izohlovchini aniqlang. A) Muso B) o’g’li C) Oybek D) yirik 132. O’sha kuni Mavjuda xola bilan Sobir amaki foydali maslahat qildilar. Ushbu gapdagi izohlovchi turini aniqlang. A) jins B) qarindoshlik C) yosh D) kasb 133. 1.Ayol hamshira 2. Hamshira ayol Har ikkala birikmadagi bo’laklar haqida bildirilgan qaysi fikr to’g’ri? A) Birinchi birikmada ayol – izohlovchi, hamshira – izohloanmish; ikkinchi birikmada hamshira – izohlovchi, ayol -- izohlanmish. B) Birinchi birikmada ayol –izohlanmish, hamshira—izohlovchi; ikkinchi birikmada hamshira – izohlanmish, ayol - izohlovchi . C) Birinchi birikmada ayol – aniqlovchi, hamshira – aniqlanmish; ikkinchi birikmada hamshira – aniqlovchi, ayol – aniqlanmish. D) Birinchi birikmada ayol – aniqlanmish, hamshira aniqlovchi; ikkinchi birikmada hamshira – aniqlanmish, ayol – aniqlovchi. 134. Egasiz gaplar qanday turlarga bo’linadi? A) shaxsi noma’lum gaplar, atov gaplar, so’z-gaplar B) shaxsi ma’lum gaplar, shaxsi noma’lum gaplar C) shaxsi umumlashgan gaplar, atov gaplar D) to’liq gap, to’liqsiz gap 135. SHaxsi noma’lum gaplarni belgilang. 1. Dam olish kuni baliq oviga borish lozim. 2. Yo’lda biroz to’xtashga to’g’ri kelib qoldi. 3. Maktab. Yoshligimning oltin davri shu dargohda o’tdi. A) 1 B) 1, 2, 3 C) 2, 3 D) 1, 2 136. SHaxsi noma’lum gap deb nimaga aytiladi? A) Ega qatnashmagan, lekin harakatni bajaruvchi shaxs kesim tomonidan aniq sezilib turuvchi gap. B) Ega qatnashmagan, shu bilan birga, uchinchi shaxs shaklidagi fe’l kesim bajaruvchi shaxsni aniq ifodalamaydigan gap. C) Ega qatnashmagan, kesim aniq shaxs shaklida bo’lsa-da, lekin mazmunan umumga qaratilgan gap. D) Faqat kesim tarkibidan iborat bo’lib, bajaruvchi shaxs ma’nosi umuman ifodalanmaydigan gap. Download 227.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling