Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar
Download 227.6 Kb.
|
Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar
Orfografiya yoki imlo
1. Qaysi qatorda –lik qo’shimchasi noto’g’ri berilgan? A) bolalik B) savodlilik C) uylik-joylik D) muhtojlik 2. Qaysi qatordagi qo’shma so’z ajratib yozilishi lozim? A) jigarrang B) g’ayrirasmiy C) sofdil D) raqobatbardosh 3. Qaysi qatordagi so’zlar xato yozilgan? A) irim-chirim, birpas, taqozo B) bir qadar, birmuncha, xatti-harakat C) sazoyi, shohbekat, hiqichoq D) mavrud, husunbuzar, dupirlamoq 4.Qaysi so’zlarning o’zak-negizida tovush tushishi yuz bergan? 1.tuzum 2. yig’la 3. quvla 4. buyruq 5. kulgi 6. sanoq A) 1, 2, 4, 6 B) 2, 4 C) 1, 2, 4, 5 D) 1, 2, 3, 4, 5, 6 5.Nuqtalar o’rniga x undoshi qo’yish lozim bo’lgan qatorni toping. A) ru..., a...vol, sho... B) ...adya, a...oli, mu...r C) ta..t, ...ulosa, sa..iy D) da...o, u..., so...ib. 6. Qaysi qatordagi so’zlar xato yozilgan? A) do’st-dushman, kecha-yu kunduz B) kuppa-kunduzi, bab-barobar C) uyma-uy, ko’chama-ko’cha D) pir-pirak, hay-hayla, gij-gijla 7.Qaysi qatordagi birlik ajratilgan holda keyingi satrga ko’chirilmaydi? A) diagramma B) dengiz C) matbaa D) “Boing—769” 8. Xato yozilgan so’zlarni toping. A) zing’irlamoq, parallelepiped B) militsiya, dardkash C) jangovor, tushkin, fidoiy D) bo’shlik, bo’shliq, budjet 9. Qaysi so’zlar xato yozilgan? A) umirbod, istedod B) hoyhoylamoq, ravona C) qiymataxta, muzyorar D) zo’riqmoq, bir yoqlama 10. Davlat, o’lka, shaharlarning rasmiy nomlari bir necha so’zdan iborat bo’lsa, mazkur so’zlar qay tarzda yoziladi? A) bir-biriga qo’shib va bosh harf bilan B) bir-biridan ajratilib va bosh harf bilan C) bir-biridan ajratilib va birinchi so’zi bosh harf, qolganlari kichik harf bilan D) bir-biridan ajratilib va birinchi so’zi kichik harf, qolganlari bosh harf bilan 11. Qaysi so’zlarda imloviy xato mavjud? A) achchiqtosh, badxat B) darra, farah C) husnixat, ignabarg D) burushuq, uchuruq 12. Og’zi , tanlov so’zlari imlo qoidalarining qaysi biriga asoslanib yozilgan? A) fonetik yozuvga B) morfologik yozuvga C) shakliy yozuvga D) fonetik va shakliy yozuvga 13. Qaysi so’zlarda tutuq belgisi qo’yilishi lozim? A) aerobus, taassuf B) taqiq, tarif C) saodat, alvon D) Numon, shula 14. Qaysi birlik noto’g’ri yozilgan? A) Sog’liqni saqlash vazirligi C) Fanlar Akademiyasi D) Tilshunoslik instituti B) Fan va texnika davlat qo’mitasi 15. Qaysi so’z satrdan satrga noto’g’ri ko’chirilgan? A) mono-grafiya B) silin-drik C) mai-shat D) diag-ramma 16. Qaysi birikmalarda qo’shtirnoq ishlatiladi? A) Jahon Tinchlik kengashi B) Sino sovutgichi C) Bobur nomli bog’ D) Xotira kuni 17.Qaysi birikma qo’shib yoziladi? A) dardi bedavo B) tarjimayi hol C) gul beor D) och sariq 18. Qaysi takroriy so’zlarda chiziqcha qo’yilmaydi? A) hamma // hammasi B) uy // uyiga C) bitta // bittalab D) barchasida chiziqcha qo’yilishi lozim. 19. Qaysi so’zda qo’sh undosh noto’g’ri qo’llangan? A) munavvar B) tazarru C) muntazzam D) hurriyat 20. Metateza hodisasi ro’y bergan so’zni toping. A) ketti (ketdi) B) kannay (karnay) C) intifoq (ittifoq) D) surpa (supra) 21. CHiniqqan so’zi qaysi qoidaga ko’ra yozilgan? A) fonetik yozuv B) morfologik yozuv C) shakliy yozuv D) B, C 22. So’zni talaffuzidan qat’iy nazar o’zlashma (olinma) shakliga muvofiq yozish nima deb ataladi? A) fonetik yozuv B) morfologik yozuv C) shakliy yozuv D) bunday yozuv mavjud emas Download 227.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling