Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar
Download 227.6 Kb.
|
Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar
40. Qaysi gapda mantiqiy urg’u go’zallikka so’ziga tushgan?
A) Biz yoshlar go’zallikka doimo oshnomiz. B) Go’zallikka doimo biz yoshlar oshnomiz. C) Biz yoshlar doimo go’zallikka oshnomiz. D) Doimo oshnomiz go’zallikka biz yoshlar 41. Qaysi so’zda faqat til oldi undoshlari mavjud? A) chodir B) sarlavha C) ulkan D) qardosh 42. Portlovchi undoshlar yonma-yon kelgan so’zni toping. A) arslon B) o’qdon C) jimjimador D) daraxt 43. Faqat til oldi undoshlari ishtirok etgan yasama so’zni toping. A) behisob B) saylov C) dardim D) jurnal 44. Urg’u ma’no farqlash vazifasini bajargan so’zlarni belgilang. 1) chollar 2) gullar 3) qovurma 4) bog’lar 5) burma A) 2, 3, 4 B) 1, 2, 3, 4, 5 C) 2, 4 D) 2, 3, 4, 5 45. Bo’g’in deb nimaga aytiladi? A) tovushlarning paydo bo’lishidagi nutq a’zolarining holati va harakati B) bir tovushning yon tovushga moslashishi C) bir havo zarbi bilan aytilgan tovush yoki tovushlar birikmasi D) tovushlarning bir-biriga moslashib, hamohang bo’lishi 46. Qaysi so’zlardagi ikki unli orasida talaffuz qilganda y orttiriladi? A) maorif, taajjab B) taalluq, mutolaa C) shuur, inshoot D) shoir, oid 47. So’z bo’g’inlaridan yoki gapda ishtirok etayotgan so’zlardan birining boshqalariga nisbatan kuchliroq talaffuz qilinishi.... A) bo’g’in B) urg’u C) fonema D) assimilyatsiya 48.Qaysi qatorda transkriptsiyaning ta’rifi to’g’ri berilgan? A) tovushlarning ma’lum tartibda joylashgan harfiy ifodasi B) tovushlarning ajratib yoki cho’ziqroq talaffuz qilinishini ko’rsatuvchi ishora C) ilmiy-lingvistik tahlil uchun nutqiy talaffuzning aynan harfiy ifodasi D) tovushlarning bir-biriga moslashib, hamohang bo’lishi 49. Qaysi so’zlarda ohangdoshlik (singarmonizm) mavjud? A) yutuq, yulduz B) mohir, zohir C) urish, quvg’in D) olma, bosma 50. Tovushlar (fonemalar)ning nutqdagi ifodasini tilshunoslikning qaysi bo’limi o’rganadi? A) fonetika B) orfografiya C) punktuatsiya D) orfoepiya 51. Qaysi so’z tarkibida portlovchi undosh mavjud emas? A) faoliyat B) qatag’on C) bo’sha D) mazali 52. Og’zaki nutqda qaysi so’z tarkibidagi portlovchi tovush ba’zan sirg’aluvchi tovush tarzida talaffuz qilinadi? A) marvarid B) maqsad C) sohib D) ketdi 53. Lotin alifbosi qoidasiga ko’ra qaysi so’zda tutuq belgisi qo’yilmaydi? A) ma….ruza B) Nu…mon C) ma…no D) mo’…jiza 54. Aniq talaffuz qilinadigan qo’sh undoshli so’zni toping. A) chaqqon B) million C) metall D) artilleriya 55. Unlini undoshdan ajratib aytilishiga yordam beruvchi tutuq belgili so’zni toping. A) ra’no B) a’lo C) in’om D) ta’na 56. Qaysi kishi ismi noto’g’ri yozilgan? A) Ma’ruf B) Ishoq C) Sotvoldi D) Qahramon 57. Qaysi so’zda ng harflar birikmasi mavjud emas? A) keling B) tonggi C) dengiz D) shtanga 58. Tarix fani birikmasining harflar tartibi to’g’ri berilgan qatorni toping. A) 19, 1, 17, 8, 22, 5, 1, 13, 8 B) 19, 1, 17, 7, 22, 5, 1, 13, 18 C) 19, 1, 17, 22, 8, 5, 1, 13, 8 D) 20, 1, 18, 10, 23, 22, 1, 15, 10 59. Tilning tish va tanglayga tegishidan hosil bo’lgan tovushlarga...deyiladi. A) lab tovushlari B) til tovushlari C) bo’g’iz tovushlari D) burun tovushlari 60. Berilganlarning qaysi biri nutq a’zolari sanaladi?1. o’pka 2. tog’aylar 3. un paychalari 4. til 5.yurak 6. lablar 7.tishlar A) 1, 3, 4, 5, 6, 7 B) 1, 2, 3, 4, 6, 7 C) 1, 3, 4, 6, 7 D) sanalganlarning barchasi 61. Nutq qanday yo’llar bilan amalga oshiriladi? A) faqat og’zaki B) og’zaki va yozma C) faqat yozma D) og’zaki, yozma va imo-ishora Download 227.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling