Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar


Download 227.6 Kb.
bet9/82
Sana24.01.2023
Hajmi227.6 Kb.
#1115932
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   82
Bog'liq
Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar

42. Ketma-ket kelgan bir xil undoshlarning biri tushirilganda so’z ma’nosi o’zgaradigan qatorni belgilang.
A) millat, quvvat, jajji
B) issiq, achchiq, marra
C) xullas, kurra, pilla
D) darra, modda, taqqa
43. Qaysi qatordagi so’zlarda tutuq belgisi tushirib qoldirilsa yangi so’z hosil bo’ladi?
A) ma’no, ra’no B) sur’at, she’r
C) shu’la, qit’a D) a’lo, jur’at
44. Qaysi qo’shma so’zlar qo’shib yozilishi lozim?
A) semiz o’t B) gul ko’rpa
C) bo’ta ko’z D) barchasi qo’shib yoziladi
45. Kilogramm so’ziga –mi yuklamasi qo’shilganda qaysi holat yuz beradi?
A) kilogrammmi? B) kilogrami?
C) kilogrammi? D) kilogramm-mi?
46. Qaysi so’zda tutuq belgisi bo’lishi lozim?
A) taqiq B) ray C) talafot D) ayvon
47. Qaysi so’zdagi nisbat qo’shimchasi noto’g’ri yozilgan? 1. quvdir 2. egdir 3. kuldir 4.yondir 5. o’tkazdir 6.tikdir 7.uyaltir
A) 5, 7 B) 2, 6, 7 C) 6 D) 2
48. Qaysi yasama fe’llar noto’g’ri yozilgan?
A) shovilla B) lovulla C) gurulla D) barchasi to’g’ri yozilgan
49. Qaysi qo’shma so’z qo’shib yozilishi lozim?
A) hamma vaqt B) temir yo’l C) mol qo’ra D) barchasi qo’shib yoziladi
50. Qaysi tartib sonlarning yozilishida xatolik mavjud?
A) 5-“A” sinf B) 3, 7, 8-sinflar C) 60-yillar D) XX asr
51. Qaysi fe’l qismlari fonetik yozuv qoidasi asosida yozilgan?
1. aytib ber 2.yiqila yozdi 3.bilarkan 4.ketgan emish 5.aytaver
A) 1, 3, 4 B) 3, 5 C) 1, 2, 3, 5 D) 1, 2, 3, 4, 5
52. Qaysi qatordagi so’zlarning yo birinchisi, yo ikkinchisi imlo qoidasiga ko’ra xato yozilgan?
A) sho’ng’imoq – sho’mg’imoq
B) quvlamoq – quvalamoq
C) kaptar – kabutar
D) barchasi to’g’ri yozilgan
53. Morfologik yozuvning ta’rifi to’g’ri berilgan qatorni aniqlang.
A) So’z va qo’shimchalar qanday aytilsa, shunday yoziladi
B) Boshqa tillardan kirgan so’zlar qanday yozilgan bo’lsa, shu shakl saqlanadi
C) So’z va qo’shimchalar talaffuziga qarab emas, balki qabul qilingan qoidalar asosida yoziladi
D) ilmiy-lingvistik tahlil uchun nutqiy talaffuzning aynan harfiy ifodasi
54. Qaysi juftlikdagi har ikkala so’zdan biri noto’g’ri yozilgan?
A) qurt – qurut B) yog’du – yog’di C) saf – sap D) xo’p – xo’b
55. Qaysi javobda shakliy yozuvning ta’rifi berilgan?
A) Boshqa tillardan kirgan so’zlar qanday yozilgan bo’lsa, shu holicha yozish
B) So’z va qo’shimchalarni talaffuziga qarab emas, balki qabul qilingan qoidalar asosida yozish
C) So’z va affikslar qanday aytilsa, shunday yozish
D) to’g’ri javob berilmagan
56. Qaysi so’z noto’g’ri yozilgan?
A) xatti-harakat B) radiokarnay
C) velosoped D) taqozo
57. Qaysi juftlikdagi so’zlar to’g’ri yozilgan?
A) aql – aqil B) arizaboz – arzaboz
C) aqalli—aqlli
D) barcha juftlikdagi so’zlar to’g’ri yozilgan
58. Qaysi so’zda bo’g’iz undoshi to’g’ri qo’llangan?
A) hartum B) hirgoyi
C) harj D) hayhotday
59. Qaysi javobda fonetik yozuvning ta’rifi berilgan?
A) boshqa tillardan o’zlashgan so’zlarni o’sha tillarda qanday yozilsa, shu holicha yozish
B) so’z va qo’shimchalarni qanday eshitishimizga qarab emas, balki asliga muvofiq yozish
C) so’z va qo’shimchalarni qanday eshitsak, shunday yozish D) A va C
60. Qaysi qatorda bo’g’in ko’chirish qoidasi buzilgan?
A) mang-lay B) mash-g’ulot
C) saroy-bon D) barchasi to’g’ri
61. Qaysi qatordagi kishi nomlari to’g’ri yozilgan?
A) Mir Sulton, Xo’jam berdi
B) Nursaid, Umarxo’ja, Azizbek
C) Ostona qul, Xo’ja nazar
D) SHoh jahon, Malik boy
62. Quyidagi so’zlarning qaysi biriga jo’nalish va egalik qo’shimchalari qo’shilsa, fonetik yozuv qoidasiga binoan yoziladi?
A) buloq B) baland C) daryo D) rubob

Download 227.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling