Ona tili fanidan sinov testi


Download 28.18 Kb.
bet2/3
Sana11.05.2023
Hajmi28.18 Kb.
#1450048
1   2   3
Bog'liq
Ona tili fanidan sinov testi 11

12. Imloviy jihatdan xato yozilgan so’z(lar) ni toping.
1)yaroqli; 2) yarog’li; 3)yasanmoq; 4) yaslanmoq; 5)yaxlit
A)2,4,5 B) 4,5 C)2,4 D) 5
13. Qaysi javobda aniqlovchi yasama so’z bilan ifodalangan gaplar to’g’ri ko’rsatilgan?
1. O’rinsiz uyalib, maqsadni ro’yobga chiqara olmaslik- noshudlikdir.
2. Andisha yaxshilik yo’liga poyondoz.
3. Andishali odam yaxshilik doyasidir.
4. Andishasizlikning hosili- xijolat.
A)1,2,3 B) 1,2 C) 2,3,4 D)1,2,4
14. Qaysi so’z(lar) asosiga ikkita omonimlik xususiyatiga ega bo’lgan qo’shimcha ketma-ket qo’shilgan? 1)o’ynoqi; 2) qiynoq; 3) chidamli; 4)bilimdon; 5) tinchlik
A)1,2,3,4,5 B)1,2,4,5 C)2,3,4,5 D)3,4
15. Quyidagi qaysi so’zlarda nuqtalar o’rnida bo’g’iz undoshi yoziladi?
1) ja…d; 2)da…lsiz; 3)a…loq; 4)mu…okama; 5) …ushyorlik; 6) a…moq.
A)1,2,4,5,6 B)1,2,3 C)1,4,5,6 D)1,3,5,6
16. Quyida berilgan gapning ko’chirma gap qismi qo’shma gapning qaysi turiga kiradi?
Qalinroq kiyintirsam, isib ketmaysanmi?” – so’radilar onam.
A)aniqlovchi ergash gapli qo’shma gap
B)ega ergash gapli qo’shma gap
C) bog’langan qo’shma gap
D) hol ergash gapli qo’shma gap
17. Och-yalang’och yashayotganlarni men hech qachon unutolmayman.
Ushbu gap tarkibida nechta so’z birikmasi mavjud?
A)3 ta B) 5 ta C) 4 ta D) 2 ta
18. Qaysi gapda olmoshning ma’nosiga ko’ra to’rt turi qatnashgan?
A)Sen shuni hech qachon yodingdan chiqarmaki, yillar o’tgan sari er-xotin oltin va gavharga aylanib boradi.
B) Har qaysi millatning o’ziga xos ma’naviyatini yuksaltirishda oilaning o’rni va ta’siri beqiyosdir.
C)Har birimiz o’z ustimida doimo ishlab, butun jamiyatimiz uchun foydali ishlar qilishimiz darkor.
D) Hamma gapdan, hatto mening hayotimdan ham, xabardor bo’lgan mana bu yigit kim?
19. Quyidagi qaysi so’zlarda nuqtalar o’rniga i unlisi yoziladi?
1)muq…m; 2) sup…rmoq; 3) tov… q; 4) bult… r; 5)tug’…lmoq; 6) yut…q
A)1,3,5 B)1,2,3,5 C)1,5 D)1,2,4,6
20. Baliq qornidan tirik chiqqan Oygulning o’zi Baxtiyorning otasiga unga kelin bo’lmoq niyatida ekanini aytadi.
Ushbu gapda fonetik o’zgarishlarning qaysi turi mavjud?
A)tovush tushishi B) tovush ortishi, tovush almashishi
C) tovush tushishi, tovush ortishi
D) tovush tushishi, tovush ortishi, tovush almashishi
21. Qaysi javobda bilan sof ko’makchisi bog’lovchi vazifasini bajargan.
A) Sen bilan men tayyor oshga bakovul bo’lib Saltanatni tortib oldik sarbadorlardan.
B) Yaxshlik va to’g’rilik bilan do’stlash.
C) Mard boshiga ish tushsa, etik bilan suv kechar.
D) Bilak bilan bitmagan bilim bilan bitar.
22. Tozalikda sarvdan qolishmaydi gul,
Ammo vafo bobida sobit emas ul…
Mazkur gapdagi ochiq bo’g’inlar tarkibida nechta jarangli shovqinli til oldi sirg’aluvchi undosh qo’llangan?
A)1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta
23. Bunda na g’am bor, na azob, bunda yashash quvonchi, pok muhabbat, bitmas-tuganmas orzu va qudrat bor edi.
Ushbu gapda nechta tub mavhum ot qatnashgan?
A)6 ta B) 4 ta C) 3 ta D) 5 ta
24. Olma mevasi va olma daraxtining bir xil nomlanishi ma’no ko’chishining qaysi turiga misol bo’la oladi?
A)metonimiya B)metafora
C)sinekdoxa D)vazifadoshlik
25. Qaysi gapda asosi shakldosh bo’lgan yasama hisob so’z qatnashgan?
A) Qo’limda bir metr keladigan irg’ay tayoq.
B) Hasan bir bog’ bedani olib molxonaga yugurdi.
C) Ko’chaning narigi betida bir uyum tuproq ustida bolalar o’ynashyapti.
D) Zebi yana bir hovuch tuzni ovqatga tashladi.
26. Qaysi qatorda so’zlovchining bevosita o’zi ko’rgan harakat va holatni ifodalaydigan o’tgan zamon shakli fonetik hodisaga uchragan fe’l asosiga qo’shilgan?
A) O’sha kuni u rost gapirgandi.
B)Boshlangan ishni chala tashlab qo’yarmish
C) Maxdum oilasini ham kiyim-kechak vajidan o’zi kabi tutardi.
D) Men unga qarab jilmayib turaverdim.

Download 28.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling