Ona tili fanidan tayyorlagan dars ishlanmalari


Download 57 Kb.
Sana03.12.2020
Hajmi57 Kb.
#157586


O‘ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKАSI ОLIY VA O‘RTА MАХSUS TА’LIM VАZIRLIGI

NAMANGAN MUHANDISLIK-TEXNOLOGIYA INSTITUTI AKADEMIK

LITSEYI

,,TILLAR KAFEDRASI“

ONA TILI VA ADABIYOT FANI O`QITUVCHISI

SHOHISTA DADABOYEVANING

II BOSQICH O`QUVCHILARI UCHUN

ONA TILI FANIDAN TAYYORLAGAN

DARS ISHLANMALARI

(3-SEMESTR)

Namangan shahar – 2O20

1 – DARS. O`ZBEK TILINING BUGUNGI TARAQQIYOTI. TILNING ILM-FAN,

TEXNIKA VA BOSHQA SOHALARDAGI O`RNI
Reja:

1. O‘zbek tilining bugungi taraqqiyoti.



2. Tilning ilm-fan, texnika va boshqa sohalardagi o‘rni.





Mustaqil O`zbekiston davlati erkinlikning dastlabki yillaridanoq o`zbek tilining muhofazasi va taraqqiyoti uchun barcha qonuniy asoslarni yaratdi. Chorak asrdan oshdiki, o`zbek tili davlat tili sifatida o`ttiz ikki milliondan ortiq nufusning nufuzli tili maqomida rivoj topib bormoqda.



Tildagi o`sish-o`zgarishlarning xolis va birlamchi ko`zgusi uning lug`at boyligidir. Jamiyatdagi har qanday o`zgarishlar, eng avvalo, aynan xuddi shu boylikda o`z aksini topadi. Yurtimiz hayotida yuz berayotgan iqtisodiy, siyosiy, madaniy-ma`rifiy yangilanishlar tilimizning lug`at boyligida namoyon bo`lmoqda, bunday o`zgarishlar tilimizni yangi tushuncha va tasavvurlar bilan, ularni ifodalashga xizmat qiluvchi yangi so`zlar bilan boyitib bormoqda.
Bugun istiqlol bois:









Zaruriy holatlarda esa xorijiy tillardan boshqa til vositachiligida emas, balki to`g`ridan to`g`ri va me`yorga amal qilgan holda so`zlar o`zlashtirilmoqda.



So`nggi paytlarda, olimlarning hisob -kitoblariga ko`ra, insoniyat tasarrufidagi bilimlar hajmi har o`n yilda ikki barobarga ortib bormoqda va bu holat ham til lug`at tarkibining jadal sur`atlar bilan boyib borishiga olib kelmoqda.







Bugun o`zbek tiliga kirib kelgan, ayniqsa, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, moliya-iqtisod, siyosat, ta`lim va madaniyatga oid o`zlashmalar yuzlab emas, balki minglab degan o`lchovlar bilan o`lchanadi, ular keng omma nutqidan deyarli joy olib bo`ldi . Masalan, audiovisual, antiterror, bakalavr, bankomat, barter, birja, brifing, gimnaziya, diller, investitsiya, investor, internet, kredit, litsey, magistr, monitoring, multimediya, reyting, sertifikat kabi .

Ana shu tarzda mustaqillik davrida tilimizning lug`at boyligi tarkibida jiddiy taraqqiyot yuz bermoqda.

Tilimizdagi mavjud nutqiy uslublar me`yorlarning barqarorlashganligi ham o`zbek tili taraqqiyotining yuksakligidan dalolat beradi.


MAVZUNI MUSTAHKAMLASH
1. O`zbek tili qaysi til oilasiga mansub?

2. O`zbek tilining mamlakatimizdagi maqomi qanday?

3. O`zbek tilining taraqqiyoti, eng avvalo, uning qaysi sathida namoyon bo`ladi va nima uchun?

4. O`zbek tilining boyligini misollar asosida tushuntirib bering.



5. O`zbek tilining dunyodagi nufuzi haqida gapiring.

Uyga vazifa: ,,O`zbek tilining izohli lug`ati” dan olingan quyidagi so`zlarning izohlarini yozing va ular ishtirokida gaplar tuzing.

Brifing, ibtido, intiho, istifoda, munaqqid, tashxis, tijorat, unsur.



Download 57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling