Ona tili fanidan test topshiriqlari


-sinf ona tili test topshiriqlari 2-chorak


Download 254.88 Kb.
bet3/15
Sana05.02.2023
Hajmi254.88 Kb.
#1167863
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Ahrorov metodik tavsiya

10-sinf ona tili test topshiriqlari 2-chorak
1. Bo`lishsizlik qo`shimchasi ham yetakchi, ham ko`makchi fe`lga qo`shilsa, qanday ma`no ifodalaydi?
A. Inkor ma`nosi B. Qat`iy tasdiq ma`nosi
C. Ta`kid ma`nosini D. Manmanlik ma`nosini
2. Quyidagi “ayyor” so`zining ma`nodoshlaridan qaysi so`z shakli folklor asarlarda va ayrim shevalarda uchraydi?
A. Maston B. Makkor C. Hiylagar D. Shayton
3. Shaxs va narsa predmetlarga nisbatan qo`llana oladigan “asil” so`zining ma`nodoshlarini ko`rsating.
A. Sara, sarxil, mumtoz B. Sara, xil, sarxil
C. Asil, sara, xil D. Asil, xil, mumtoz
4.Qaysi uslublarda so`zlarning odatdagi tartibi, asosan, qat`iy saqlanadi?
A. Ilmiy va badiiy uslubda B. Rasmiy va publitsistik uslubda
C. Ilmiy va rasmiy uslubda D. Rasmiy va badiiy uslubda
5. Qaysi gapda “do`stim ” so`zi ta`kidlanib, mantiqiy urgu olgan?
A. Do`stim kecha kutubxonaga nodir kitobni o`qish uchun bordi.
B. Kecha kutubxonaga nodir kitobni o`qish uchun do`stim bordi.
C. Do`stim nodir kitobni o`qish uchun kecha kutubxonaga bordi.
A. Do`stim kutubxonaga nodir kitobni o`qish uchun kecha bordi.
6.“Bajarmoq” so`zining kitobiy uslubga xos shaklini ko`rsating.
A.Ado etmoq B. bajarmoq C. Bajo qilmoq D. O`tamoq
7.Haqiqat hech qachon egilmaydi. Ushbu darak gapdagi qo`shimcha ma`noni aniqlang.
A. Xabar B. Orzu- umid C. Sevinch D. Ishonch
8.Gapning ifoda maqsadiga ko`ra qaysi turi ilmiy va rasmiy uslublarda his- hayajonsiz qo`llanadi?
A. Darak gap B. So`roq gap C. Buyruq gap D. Istak gap
9.Boshliq so`zining sinonimlarining qaysi asosan, “davlat idoralarining boshchilari” ma`nosida qo`llanadi?
A. Rahbar B. Sardor C. Katta D. Boshchi
10. Ritorik so`roq gaplardan asosan qaysi nutqiy uslublarda foydalaniladi?
A. So`zlashuv uslubida B. Badiiy uslubda
C. Publitsistik uslubda D. A, B, C javoblar to`g`ri
11. Gap boshida kelgan undalmalar qanday ma`noni ifodalaydi?
A. Chaqiriq, murojaat B. Mehr va hurmat C. Piching va kinoya
D. Undalmalarning o`rniga emas, ohangiga qarab ma`no uqiladi.
12.Kirishlar qaysi uslubda deyarli qo`llanmaydi?
A. So`zlashuv B. Badiiy uslub C. Publitsistik uslub D.Rasmiy uslub
13. So`zlovchining bayon qilinayotgan fikrga qo`shimcha izohi, to`ldiruvchi ma`lumotni ifodalovchi bu …… deyiladi.
A. Kiritmalar B. Kirish so`zlar C. Undalmalar D. Qoshma so`zlar
14. “Jilmaymoq” so`zining ma`nodoshlaridan qaysilari uslubiy jihatdan neytral hisoblanadi?
A. Tirjaymoq, iljaymoq B. Ishshaymoq, jilmaymoq
C. Irjaymoq, tirjaymoq D. Jilmaymoq, iljaymoq
15.Qo`shma gaplar uslubiyatiga doir qaysi hukm noto`g`ri?
A. So`zlashuv uslubida qo`shma gaplarning, asosan , bog`lovchisiz turi ishlatiladi.
B. Ilmiy va rasmiy uslublarda mazmunan to`liq va aniq ifodalash ehtiyoji bilan qo`shma gaplarning bog`lovchili turi afzal ko`riladi.
C. Badiiy va publitsistik uslublarda xilma- xil ma`no nozikliklari uslubiy bo`yoq, tasviriylik zaruriyatiga qarab, qo`shma gaplarning har ikki turidaqo`llanaveradi.
D. So`zlashuv nutqida uzun va tarkibi murakkab jumlalarni tuzish imkoniyati chegaralanmagan. Bu uslub qo`llanadigan nutqiy sharoit ham bunga yo`l qo`yadi.
16. “Deb” so`zi yordamida ergashgan qo`shma gaplar qanday mazmunni ifodalaydi?
A. Sabab va maqsud mazmunini B. Payt va shart mazmunini
C. To`siqsizlik va zidlik mazmunini D. Shart va sabab mazmuini
17. Gap bo`laklarining odatdagi tartibi qanday bo`ladi?
1) kesim odatda gapning oxirida keladi; 2) hol kesimdan oldin turadi; 3) hol egadan oldin turadi;
4) to‘ldiruvchi kesimdan oldin turadi; 5) aniqlovchi aniqlanmishdan keyin keladi.
A) 1, 2, 4, 5 B) 1, 2, 4 C) 1, 3, 4, 5 D) 1, 3, 4
18. Azob, aziyat, jabr, jafo, ozor, zahmat, alam, iztirob, uqubat, sitam.
Berilgan sinonimlardan qaysi biri keng tushunchaga ega, u «ruhiy va jismoniy qiynoq» ma’nosida ham, «o‘zga tomonidan bo‘ladigan, shuningdek, biror narsadan bo‘ladigan qiynoq» ma’nosida ham qo‘llanaveradi?
A) azob B) aziyat C) jabr D) zahmat
19. Jilmaymoq so`zining qaysi sinonimida salbiy baho kuchli?
A) tirjaymoq B) irshaymoq C) irjaymoq D) ishshaymoq
20. Qaysi so`roq gapda hayrat va taajjub ma’nosi ifodalangan?
A) Shunaqayam bo‘ladimi?! B) Men g`olib bo`ldimmi?
C)Vaqtida yetib bora olarmikanmiz? D)Bu kishi kimingiz bo‘ladir, bek aka?
21. Zupta so`zining sinonimi qaysi javobda berilgan?
A) chaqqon B) kichik C) pishiq D) asil
22. O‘tmish tajribamdan bilaman // bunaqa xat olgan birorta qiz-juvon rad etgan emas! Ushbu gapda qo`shma gap qismlari orasida qaysi tinish belgisi qo`llanadi?
A) vergul B) tire C) ikki nuqta D) nuqtali vergul
23. Qaysi gaplarda qatnashgan undalmalarning emotsionallik bo`yog`i ortiqroq? 1. Qani, To‘xta xola, gapiring! 2. Ko‘p bema’ni ish qilibsiz-da, o‘g‘lim! 3. Uydagilar yaxshi o‘tirishibdimi, Xolida? – dedim uning qadamiga qarab ohista borarkanman. 4. Hurmatli o‘rtoq Saidova, «Yoshlik» kompleks binosining jyuri a’zolari sizning loyihangiz bilan tanishib chiqdi. Jyuri sizga shu loyiha uchun birinchi mukofot berilishini loyiq topdi...
A) 1, 2, 3, 4 B) 2, 3 C) 2, 3, 4 D) 1, 2, 3
24. Qaysi gapda o’zgargan tartib ta’sirchanlikni yuzaga keltirgan?
A.Gavhar undi ona tuproqdan ,Qutlug’ bo’ldi muazzam bu yer
B.Mutolaa inson hayotida muhim o’rin tutadi.
C.Kitob o’qimagan talaba darslarni tushunmaydi, quruq yodlashga moyil boladi.
D.O’zbek tilshunosligining amaliy bo’limlaridan biri orfoepiyadir.
25. Kulliyot so’zining ma’nosi qaysi qatorda berilgan?
A.Bir adabiy turga mansub asarlar majmuyi, she’riy to’plam
B.O’quv yurtlari C.Me’moriy bezak, san’at asari D.Turli inshootlar
26. Oddiy so‘zlashuv uslubida gap bo‘laklari tartibi erkin bo‘ladi. Ushbu ta’rifga mos keladigan gaplarni aniqlang.
1. Qani, shichoy sovimasin. Patirni qaynoqligida to‘g‘ranglar, mazasi boshqacha bo‘ladi. 2. Voy, men o‘lay seni tanimay! 3. Yo‘q, yo‘q, ko‘taring! Tez kasalxonaga oborish kerak buni!- dedi ikkinchisi. 4. Hoy, menga qara, o‘zini ko‘rdingmi?- qichqirdi oshga sabzi bosayotgan Hojar buvi. 5. Ukangmi bu hali?
A. 2,5 B. 2,4,5 C. 1,2,3,4,5 D. 2,3,5
27.Qaysi qatorda iboraning sinonimi notog‘ri berilgan?
A. Miridan-sirigacha - batafsil B. “San-man” ga bormoq – urishib qolmoq.
C. Ko‘zini yog‘ bosgan – mag‘rur D. Joni halqumiga keldi – qo‘rqdi
28. Men ertaga ketyapman, Farhod. Ushbu gapda qo‘llangan zamon qo‘shimchasi va u ifodalagan ma’no haqidagi to‘g‘ri fikrni toping?
A. Hozirgi zamon qo‘shimchasi orqali o‘tgan zamon ma’nosi ifodalangan.
B. Hozirgi zamon qo‘shimchasi orqali hozirgi zamon ma’nosi ifodalangan.
C. Hozirgi zamon qo‘shimchasi orqali kelasi zamon ma’nosi ifodalangan.
D. Kelasi zamon qo‘shimchasi orqali hozirgi zamon ma’nosi ifodalangan.
29. Qaysi matnda iqtiboslarning qayerdan olinganligi, kimga tegishli, manbasi aniq ko‘rsatilmasa, bu holat qonunan plagiat, ya’ni o‘g‘irlik hisoblanadi, ayni paytda odob qoidalariga ham ziddir?
A. So‘zlashuv matni B. Badiiy matn
B. Ilmiy matn D. Publisistik matn
30. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da qaysi so‘z
1.Iqtisodiyotning mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish (talab va iste’mol, mahsulotga narx belgilash, ularni targ‘ib qilish, sotilayotgan tovarlar hajmini ko‘paytirish vositalari kabi) muammolari bilan shug‘ullanuvchi soha.
2.Bozor ehtiyoji talablaridan kelib chiqqan holda korxonaning yangi mahsulotlar ishlanmalarini tayyorlash, tovarlar ishlab chiqarish va sotish yoki turli xil xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatini boshqarish va tashkil etish tizimi deb izohlangan?
A. Marketing B. Menejment C. Menejer D. Birja
31. Nutq uslublari bilan bog‘liq to‘g‘ri hukmlarni ajrating.
1.Ish qog‘ozlaridagi rasmiy uslub faqat og‘zaki shaklda bo‘ladi; 2.ilmiy uslubning asosiy ko‘rinishlari bo‘lgan monografiya, dissertatsiya, darslik, maqola va shu kabilar, albatta, yozma shaklda yaratiladi; 3.ilmiy ma’ruzalar og‘zaki shaklda o‘qiladi; 4.Qaror qilindi, belgilansin so‘zlari rasmiy uslubga xoslangan; 5.kelishik shakllari, nurning sinishi birikmalari uslubiy betaraf so‘zlardir.
A. 2,3,4 B. 1,2,4,5 C. 2,3,4,5 D. 1,2,3,4
32. Tushum kelishigi belgili qo‘llanganda qanday ma’noni ifodalaydi?
A. Uslubiy farqni ifodalaydi B. Ta’kidlash ma’nosini ifodalaydi
C. Ta’kid yo‘qoladi D. Obyektning bir qismini bildiradi
33. Nutq ulubining qaysi turida qisqalikka, ba’zan nutqiy ortiqchalikka yo‘l qo‘yiladi?
A. Adabiy so‘zlashuv uslubida B. Badiiy uslubda
C.Rasmiy uslubda D. Oddiy so‘zlashuv uslubida
34. So‘zlarning odatdagi tartibining o‘zgartirilishi….
A. Inversiya C. Emotsionallik
B. Subyektiv ma’no D. Uslubiy bo‘yoqdorlik
35.Qaysi uslubda buyruq gaplar emotsionalliksiz qo‘llanadi?
A. Ilmiy va rasmiy uslubda B. Faqat rasmiy uslubda
C. Badiiy va ilmiy uslubda D. Publitsistik va badiiy uslub
36. “Kechirim, uzr, afv. Kechirish iltimosi , o‘tinish iltimosi. Kechirim, uzr so‘zlari” biror gunoh-aybni kechirish iltimosi” ma’nosida ham, shuningdek, umuman, “kechirish” ma’nosida ham qo‘llanadi. Afv so‘zi, asosan, “gunoh-aybni kechirish iltimosi” ma’nosida qo‘llanadi, shu ma’noda ham juda kam qo‘llanadi ”. Mazkur izoh qaysi lug‘atdan olingan?
A. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” dan
B. “O‘zbek tilidagi faol so‘zlarning izohli lug‘ati” dan
C. “O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati” dan
D. “O‘zbek tilining qomusiy lug‘ati”dan
37. 1.MA'DAN 2.IMON 3. GUHAR 4. SAMAR a) Xudoga bo'lgan ishonch, e'tiqod; ko'ngilda ishonish va tilda iqror qilish.
2 Umuman, ishonch b) 1. Mineral. 2. Metall. 3 .Ruda.
g) Gavhar (qimmatbaho tosh, marvarid, qimmatbaho toshlarning umumiy nomi). d)Natija, hosila, foyda. Berilgan so’zlarning ma’nolari to’g’ri berilgan qatorni toping.
A.1b,2a,3d,4g. B. 1b,2a,3g,4d. C. 1a,2b,3g,4d. D. 1b,2d,3g,4a.
38.A. Hojiyevning «O'zbek tili sinonimlarining izohli lug'ati»dan olin­gan kechirim so'zi sinonimlaridan qaysi biri asosan, «gunoh-aybni kechirish iltimosi» ma'nosida qo'llanadi, shu ma'noda ham juda kam qo'llanadi.
A.Kechirim. B .Uzr C .Afv. D.Iltimos
39.So’zlardagi ma’no nozikliklar nimalarda o’z aksini topadi?
A.Sinonimlarda.B.Antonimlarda. C.Paronimlarda.D.Omonimlarda.
40.Hovliqma odamlarga nisbatan qaysi ibora ishlatiladi?
A. Podadan oldin chang chiqarmoq . B. «Hashpash» deguncha.
C. Bir shingil. D. Miridan sirigacha
41. Qaysi javobda shakldoshiga ega ibora qatnashgan?
A) ko’nglidan o’tkazmoq B) almisoqdan qolgan
C) boshiga ko’tarmoq D) ko’zini yog’ bosgan
42. Qaysi bo’lak gapning, xususan, matnning umumiy mazmuniga aloqador bo’lsa-da, gapdagi biror bo’lak bilan hokim-tobelik aloqasiga kirmaydi, shuning uchun ular gapdagi boshqa bo’laklardan yozuvda vergul, tire, ba’zan qavslar bilan, talaffuzda esa kichik to’xtamlar bilan ajratiladi?
A) kiritmaB) ajratilgan bo’lak C) murakkab bo’lak D) undalma
43.Quyidagi qaysi so`z «odam va boshqa jonivorlar, hatto o‘simliklar qabul qiladigan ovqat» ma’nosini ham bildiradi.
A) yemish B) xo`rak C) oziq D) taom
44. Quyidagi sinonim so`zlarning qaysi biri “tayyor” ma’nosini kuchli bo`yoq bilan ifodalaydi?
A. muhayyo B. hozir C. shay D. taxt
45.Undalmalar gapning qaysi o`rnida kelsa, emotsionallik bo`yog`i ortiqroq bo`ladi?
A. boshida kelsa B. o`rtasida kelsa
C. oxirida kelsa D. ichida yoki oxirida kelsa
46.Mohiyatan subyektiv ma’noni ifodalashga xoslangani uchun rasmiy uslubda deyarli qo`llanmaydigan birliklar?
A. undalmalar B. kirishlar C. atov gaplar D. A va B
47. Dudoq so`zining hozirgi varianti qanday?
A. Og`iz B. Lab C. Ko`z D. Peshona
48.Rayonga aziz mehmonlar keladigan bo`lsa, Xorunboy Ermatov, albatta, ovga olib chiqadi. Ajratib ko`rsatilgan so`z haqidagi to`g`ri hukmni belgilang.
A.tarixiy so`z B.shevaga xos so`z C.o`zlashma so`z D. arxaik so`z
49.Nutqni to`g`ri tuzishda, nutqiy uslublarni maqsadga to`la muvofiq shakllantirishda alohida o`rin tutadigan birlikni aniqlang.
A. termin B. ma’nodoshlik C. uslubiy bo`yoq D. adabiy til
50. Rasmiy uslubda qo'llanadigan fe’llar berilgan qatorni belgilang.
A. Ming‘irlamoq, g'azablanmoq, xushnud bo‘lmoq
B. Ozod etilmoq, qaror qabul qilmoq, tasdiqladi
C. Izhor qildi, g‘imirlamoq, nishonladi
D. Inkor qilmoq, jilvalanmoq, mahliyo etmoq
51.Undov so‘zlarning qo'llanish darajasi qaysi uslubda cheklangan?
1. so'zlashuv; 2. badiiy; 3. publitsistik; 4. rasmiy; 5. ilmiy.
A. 3, 4, 5 В. 1, 2, 3, 5 C. 4, 5 D. 1, 3, 4
52.Undalmalar qaysi uslublarda qo'llanganda, badiiy va publitsistik uslublarda, asosan, emotsional-ekspressivlik bo‘yog‘iga ega bo‘ladi?
A. so'zlashuv B. badiiy va publitsistik, ilmiy
C. rasmiy, badiiy va publitsistik D. so‘zlashuv badiiy va publitsistik
53.Bir so‘zi ma’noni kuchaytirish uchun ishlatilgan javobni aniqlang.
1. bir gurunglashaylik; 2. bir odam sizni kutib o‘tiribdi; 3. bir qo'rqdim; 4. Tiling bilan ko‘nglingni bir tut; 5. Qonun oldida hamma bir; 6. o'tirganlardan bir-bir so‘rab chiqdi; 7. bir kulib, bir yig‘lardi.
A. 1, 3, 4, 5 B. 2, 6, 7 С. 1, 3 D. 4, 5, 6, 7
54.Quyidagi ma’nodosh so`zlarning eskirga hamda kitobiy uslubga xoslarini aniqlang.
1) bet , bashara ; 2) aft, turq ;3) chehra, jamol 4) oraz, uzor, 5)ruxsor, xat;
A) 1,2 B) 3,4 C) 4,5 D) 3,5
55. Qittak,jindak,juda oz so’zlari o’rnida qaysi iborani ishlatish mumkin?
A. Podadan oldin chang chiqarmoq.B. «Hashpash» deguncha.
C. Bir shingil. D. Miridan sirigacha
56. Berilgan gaplarning qaysi birida zamonlar almashinuvi sodir bo‘lgan?
A)Eshikni ochsam: birov kitob o‘qigan, birov rasm chizgan, kimdir qo‘shiq aytayapti.
B)Shoir xiyoboy ichida xayol surib ketib borardi.
C)Tomoshabin diqqat bilan qarab turibdi.
D)Men dunyoni aylanib kelmoqchiman.
57.Javoblarning qaysi birida fe’l mayllarining o‘zaro almashinuvi yuz bergan?
A)Hamma tashqariga chiqsin!
B)Men ham kinoga boray.
C)Yomg‘ir tinsin, keyin yo‘lga chiqamiz.
D)Millatning yuksalishiga hissa qo‘shaylik
58.Berilgan gaplarning qaysi birida ma’nodosh so‘zlar berilmagan?
A)Ovoz, un, tovush, sazo B)Kasal, bemor, nimjon, betob
C) Ulkan, buyuk, katta, ulug‘ D)Samo, osmon, ko‘k, falak
59.Berilgan javoblarning qaysi birida uslubiy g‘alizlik mavjud?
A)Paxtalar ham gulladi. B)Hamma keldi.
C)G‘am ketti. D)10 ta odam keldi.
60. Qaysi qo`shimchali fe`llarda bo`lishsizlik shakl hosil qilib bo`lmaydi?
A) sof fe`l orqali B) sifatdosh shaklari orqali
C) -moq, -moqda, -moqchili fe`lalr orqali D) ravishdosh qo`shimchalari oqrali
61.Qaysi so`roq gapda shubha-gumon ma`nosi ifodalangan?
A) Shunaqayam bo‘ladimi?!, B) Do‘stim g‘olib bo‘ldimi?
C) Vaqtida yetib bora olarmikanmiz D) Tez-tez yurmaysanmi
62. Quyidagi qaysi gap ritorik so`oq gap hisoblanmaydi?
A) Hozir erta turmasa bo‘ladimi?! B) Xalqini sevgan qaysi farzand vatanini ozod ko‘rishni xohlamaydi
C) Oliy adolat degani mana shu emasmi?! D) Vaqtida yetib bora olarmikanmiz
63. Undalmalar so`zlaovchining tinglovchiga bo`lgan qanday munosabatlarini ham ifodalashga xizmat qiladi? 1-xolis 2-ijobiy3- salbiy, 4- tantanavor 5- rasmiy
A) barcahsi B) 1,2,3 C) 2,3,4 D) 1,5
64. Iqtiboslar tog`risida nechta ma`lumot otg`ri? . 1-Iqtiboslar ilmiy matnda alohida o‘ringa ega. 2- Badiiy matnda iqtiboslarning manbalari, ko‘pincha ataylab yashiriladi 3- Badiiy matnlarda turli ishoralar bilan ifodalanadi, bunda o‘quvchining bilimlari, umumiy badiiy-ma’rifiy tasavvurlari, badiiy-estetik idrokini harakatga keltirish na zarda tutiladi. 4- Badiiy matnga iqtiboslarning kiritilishi badiiy tasvir usulidir.
A) barcahsi tog`ri B) 1,3,4 C) 2,3 D) faqat 1
65. Arizaning zaruriy qismlari necha banddan iborat?
A) 4ta B) 5ta C) 7ta D) 9ta
66. Plagiat sozining ma`nosi nima?
A) ko`p tilni bilish B) o`girlik C) tarafkashlik D) mattni buzib ko`rsatish
67.So`roq gaplar so`roq ma`nolaridan tashqari yana qanday ma`nolarni bildiradi? 1-hayrat 2- taajjub 3-shubha-gumon 4-buyruq 5-sevinch 6-hayajon
A) 1,2,3 B) 1,3,5,6 C) 1,2,5,6 D) barchasini
68. Ayyor sinonimik qatordagi qaysi sozlar zlari «ish ko‘rgan ayyor» ma’nosida qo‘llanadi
A) Dog‘uli, mo‘ltoni, qilvir(i) B)Shayton, tulki, tullak, qirriq, xirpa
C)Ayyor, quv, mug‘ombir D)Mug‘ombir ,quv
69. Balo sinonimik qatordagi qaysi so`z(lar) «tez va oson bajarish mahoratiga egalik»ni bildiradi?
A)Ustamon B)Uddaburon
C) Chechan, chaqqon D) Bilag‘on, bilarmon
70. kallampo so`zining sinonimini toping.
A) o`jar B) boshliq C) chaqqon D) hiylagar
71. kasal sinonimik qatordagi notog`ri ma`lumotni toping.
A) Kasal keng tushunchaga ega. U odamga, hayvon yoki jonivorlarga, hatto jonsiz narsalarga nisbatan ham qo‘llanaveradi.
B) Betob, notob, bemor, xasta odamga nisbatangina qo‘llanadi.
C) Bemor so‘zida salbiy munosabat ifodalanadi.
D) Nosog‘ juda kam qo‘llanadi.
72. Jilmaymoq so`zining sinonimik qatoridagi eng salbiy ma`nosi kuchli bo`lganini toping.
A) irshaymoq B) irjaymoq C)tirjaymoq D) ishshaymoq
73. Asil sinonimik qatoriga mansub bo`lmagan so`zlar miqdorini toping.
sara, sarxil, xil, mumtoz, zupta, poshshaxon, kallampo, damdama
A) 2taB) 3ta C) 4ta D) 5ta
74. Qo‘shma gaplarning qaysi turlari uslubiy jihatdan o`zaro farqlanadi?
A) ergashgan va bog`langan B) bog`langan va bog`lovchisiz
C) bog`lovchisiz va ergashgan D) qo`shma gaplar uslubiy jihatdan farqlanmaydi
75. Quyidagi undalma ishtirok etgan qaysi gapda emossionallik nisbatan kamroq?
A) Endi sen chorlasang, toki tanda jon, Labbay deyajakman, Va tan – onajon. (A. Oripov)
B)Oq yo‘l bo‘lsin sizlarga, yosh do‘stlarim. (E. Vohi dov)
C)Biz eskichasiga Hanifa deyaveraylik, o‘g‘lim, qishloqchilik emasmi, bilgan undoq deydi, bilmagan mundoq deydi. (Said Ahmad)
D) Bo‘tam, orqaga qayt. Manavilarni uyga tashlab, keyin boramiz. (Said Ahmad)
76. Bo`lishsizlik ma`nosini hosil qilish tog`risidagi nechta ma`lumot xato?
A)fe’lning bo‘lishsizlik shaklini yasovchi -ma qo‘shim chasi so‘zlashuv, badiiy va publitsistik uslublarda tasdiqni, tasdiqning kuchli ta’kidini ifodalashi mumkin.
B)Ritorik so‘roq gaplar tarkibida bu qo‘shimcha ko‘proq uchraydi va tasdiqni kuchaytirib ko‘rsatadi.
C)Bo‘lishsizlik ifodalovchi -ma qo‘shimchasi fe’l tarkibida -moq, -moqda, -moqchi kabi qo‘shimchalar mavjud bo‘lganda, fe’lga qo‘shila olmaydi.
D) Inkor ma’nosi ba’zan rasmiy uslubida, demakki, badiiy uslubda ham ohang (intonatsiya) yordamida ifodalanishi mumkin.
77. Qaysi gapda qat’iy tasdiq ma’nosi ifodalangan:
А) Dushmanni yengmay qo‘ymaymiz.
B) Bir kuni egarga o‘ngarib, opqochaman-ketaman, – dedi o‘tni tizzasiga bosib. – Topib bo‘ptilar keyin!
C) Rahimov g‘animga tashlangan chog‘da Alpomish shiddatin payqamagan kim?!
D) Bir ahmoq xodimining qilig‘i uchun mansabdan ayrilishni kim ham istar edi?
78. Inkor ma’nosi ohang (intonatsiya) yordamida ifodalangan gapni toping.
A) Lekin bizni kim ham ishga olardi, Bo‘ri polvon.
B) Na Karimdan gap chiqdi, na Mohbibidan.
C) Yaxshilab o‘rnashgandan keyin hammasini qaytadan boshlaydi,
Mahmudalining boshiga yetmay qo‘ymaydi.
D) Dadang seni qidirib ketib, mana, haliyam qaytgani yo‘q.
79. Qaysi qatorda iqtibos haqida to‘g‘ri ma’lumot berilgan?
A. Matn mazmunini ochib beruvchi maqol, matal, hikmatli so‘z.
B. Bir matndan boshqasiga kiritilgan parcha.
C. Matn haqidagi qisqa xulosa.
D. Matnga mos mavzu.

Download 254.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling