boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi.
Imtihon materiallarini ko‘paytirib tarqatish ta’qiqlanadi.
3
4-sinf
ONA TILI
2013–2014 o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim maktablari 4-sinf o‘quvchilari
bosqichli imtihonda ona tili fanidan grammatik topshiriqli diktant yozadilar.
O‘quvchilarning imlo va ishoraga oid savodxonligini aniqlashda diktantning o‘rni
muhim bo‘lib, ta’lim samaradorligi mavzu va uning mazmuni,
maqsadining aniqligi
hamda metodning izchilligiga ko‘ra belgilanadi.
Bosqichli nazorat imtihon diktanti matni o‘qituvchi tomonidan tanlanadi va
maktab metodbirlashmasi hamda maktab rahbariyati tomonidan tasdiqlanadi.
O‘qituvchi tomonidan tanlangan nazorat diktanti matni Vatan, mustaqillik, milliy
g‘oyalari, do‘stlik, odob-axloq, ahillik, hurmat, kamtarlik, e’tiborlilik kabi fazilatlar,
tabiat bilan bog‘liq bo‘lgan mavzularga oid bo‘lib, o‘quvchilarning savodxonligini
oshirish bilan birga, bilim doirasini kengaytirishga xizmat qilishi lozim. Nazorat
materiallari variantlar ko‘rinishida oldindan ko‘paytirilib, 7 ta konvertga solinadi
va maktab rahbariga joriy yilning 15-apreligacha topshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: