4-sinf
JISMONIY TARBIYA
Tushuntirish xati
Jismoniy tarbiya fanidan IV sinf o‘quvchilari amaliy va nazariy qismlaridan
bosqichli nazorat imtihonlarini topshiradi.
Bosqichli nazorat imtihonini o‘tkazishdan asosiy maqsad, DTS va o‘quv
dasturida bеrilgan mеzon talablari asosida o‘quvchilarning olgan bilim, ko‘nikma
va malakalarini baholashdir.
Bosqichli nazorat imtihonlarini talab darajasida o‘tkazish maqsadida 10 kun
oldin maktab sport maydoni (zali) va sport anjomlari, imtihon materiallari tayyorlab
qo‘yilishi kerak.
Maktab dirеktorining buyrug‘i bilan imtihonni qabul qilish kuni, hay’at a’zolari,
qo‘shimcha maslahat darslari va amaliy mashg‘ulotlar jadvali tashkil qilinadi.
Bosqichli nazorat imtihoni bo‘yicha hay’at a’zolari tarkibi jami 3 kishidan iborat
bo‘lib, unga imtihon raisi (maktab direktori), imtihon qabul qiluvchi (jismoniy
tarbiya fani o‘qituvchisi), assistent (yordamchi, jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi)
kiradi. Shu bilan birga bosqichli nazorat imtihonning amaliy qismida tibbiy xodim
bo‘lishi shart.
Umumiy o‘rta ta’lim maktabining sharoiti va mavjud sport anjomlaridan
kelib chiqqan holda bosqichli nazorat imtihonining amaliy mashg‘ulot
biletlariga 25 % gacha o‘zgartirish kiritishlari mumkin. Shu bilan birga tibbiyot
muassasalari tomonidan jismoniy tarbiya mashg‘ulotlaridan ozod etish to‘g‘risidagi
ma’lumotnomaga ega bo‘lgan o‘quvchilar bosqichli nazorat imtihonidan ozod
etiladi. Ushbu o‘quvchilarning yakuniy ballari o‘quv yilida (choraklar davomida)
olgan baholaridan kelib chiqqan holda qo‘yiladi. Mazkur masalalar maktabning
pеdagogik kеngashida ko‘rib chiqilib, muhokama etilgan bo‘lishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |